Davlat va huquq nazariyasi va tarixi kurs ishini tayyorlash bo’yicha


Kurs ishi yozishning nazariy asoslari


Download 233.76 Kb.
bet5/11
Sana20.06.2023
Hajmi233.76 Kb.
#1637116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlat va huquq tarixiUslubiy

Kurs ishi yozishning nazariy asoslari
Oliy ta`lim tizimida kurs ishi o`quv rejasiga kiritilgan va bajarilishi shart bo`lgan vazifalardan biri hisoblanadi. Kurs ishi referat yozishdan ma`lum darajada farq qiladi. Kurs ishi yozdirishdan maqsad oliy o`quv yurtida yil davomida talabaning u yoki bu fandan to`plagan bilim va ko`nikmalarini mustahkamlash, talabaning mustaqil ilmiy izlanish darajasi hamda tegishli kursdagi umumiy va maxsus bilimlarini o`zlashtirish to`g`risida tushuncha beradi. Shuningdek, mustaqil ravishda yangi bilimlarni o`zlashtirish darajasi barcha fanlardan olgan bilimlarini mustaqil mustahkamlashdan dalolat beradi.
Kurs ishi referat yozishga nisbatan qamrovi, ilmiy tadqiqot yo`nali­shi­dagi o`rni, talabada mustaqil ravishda o`quv dasturlarini o`zlashtirish hamda ilmiy mushohadani shakllantirish va ko`nikmalar hosil qilishidagi roli bi­lan ajralib turadi. Kurs ishi talabalarda nazariy bilimlarni kengay­ti­rish va amaliy bilimlarni chuqur egallashga undaydi. Kurs ishini yozish jarayoni asosan quyidagi yo`nalishlarni o`z ichiga oladi:
1. Kurs ishi mavzusini tanlash.
2. Mavzuga oid adabiyot va manbalarni to`plash va qayta ishlash.
3. Mavzuni yoritish bo`yicha reja va ish reja tuzish.
4. Kurs ishini yozish.
5. Kurs ishini talab darajasida rasmiylashtirish.
Kurs ishini yozish ham referat singari mavzu tanlashdan boshlanadi. Kurs ishi o`quv rejasida belgilangan bo`lib, mavzular tegishli fanlar o`qitiladigan kafedralarda ishlab chiqiladi va bunda kamida uch yillik hajmdagi “Mavzular jamg`armasi”dan kelib chiqilishi lozim bo`ladi. Kurs ishi mavzusi o`z xohishiga ko`ra va kafedra professor-o`qituvchilari, xususan ilmiy rahbari bilan maslahatlashgan holda ham tanlanishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, har qanday ilmiy tadqiqot zamirida muvaffaqiyatli tanlangan mavzu, tadqiqotning o`z vaqtida, qiziqish bilan va sifatli bajarishga zamin yaratadi.
Tanlanadigan kurs ishi mavzusi qanday bo`lishi maqsadga muvofiq? Mumkin qadar keng xronologik davrni o`z ichiga olmagan, aniq bir davr, tarixiy voqea va shaxsni qamrab olgan mavzularni tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. O`z navbatida mavhum, aniqrog`i, u yoki bu mavzu bo`yicha adabiyot va manbalar boridan ko`ra, yo`qligi aniqrog`ini tanlamagan ma`qul. Kurs ishi orqali talaba mavzusi bo`yicha kengroq ma`lumotlarga tegishli adabiyotlar va manbalarni o`rganish orqali erishadi. Ayni paytda kurs ishi bo`yicha tanlangan mavzu birinchi navbatda talabaning o`zida ma`lum bir qiziqish uyg`otishi kerak. Bu qiziqish talabaning o`qish davomida olgan nazariy bilimlari va shuningdek, tegishli fan bo`yicha ma`ruza, amaliy mashg`ulotlar olib borgan professor-o`qituvchi va kurs ishi bo`yicha ilmiy rahbari etib tayinlangan ustozining maslahatidan ham kelib chiqadi. Albatta, talaba tomonidan tanlangan kurs ishi mavzusi tegishli kafedra bilan kelishgan holda amalga oshirilib, keyin tasdiqlanadi. Talaba tanlagan kurs ishi mavzusini o`zgartirishi mumkinmi? Buning uchun talaba, birinchidan, mavzuni nega o`zgartirayotganini asoslay olishi (masalan, adabiyotlar, manbalar etarli emasligi – muallif), ikkinchidan, bu haqda ilmiy rahbari va tegishli kafedra roziligi, uchinchidan, kurs ishi mavzusi tanlanganidan keyin dastlabki kunlardayoq shu xulosaga kelishi kerak. Demak, talaba o`zboshimchalik bilan kurs ishi mavzusini o`zgartirishi mumkin emas. Shuning uchun har bir talaba dastlabki kurs ishi mavzusini tanlashda har tomonlama o`ylab, sinchkovlik bilan o`rganib, ilmiy rahbari maslahatini olibgina masalaga yondashish zarur. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, kurs ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun darslik , o`quv qo`llanma va bir – ikkita risolaning bo`lishigina yetarli emas. Kurs ishi o`z qamroviga ko`ra keng miqyosdagi adabiyotlar, tarixiy manbalarni qamrab olishi lozim.

Download 233.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling