Davlat va huquq nazariyasi va tarixi kurs ishini tayyorlash bo’yicha


Download 233.76 Kb.
bet3/11
Sana20.06.2023
Hajmi233.76 Kb.
#1637116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlat va huquq tarixiUslubiy

Kurs ishining maqsadi
Kurs ishini bajarishdan maqsad- o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan muayyan fan bo‘yicha ma'ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda olingan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarini ijtimoiy xayot soxasidagi masalalarni mustaqil hal etishda qo‘llashdir.
Kurs ishilari tizimi orqali talaba murakkabroq masalani, malakaviy bitiruv ishini bajarishga tayyorlanadi. Shu bilan bir qatorda kurs ishi talabada davlat standartlari, soha muammolari, yo‘riqnomalar va muqaddam egallangan tajribalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantiradi. Shuningdek, kurs ishi talabalarda tadqiqotchilik ishlarini bajarish, fanga oid masalalarni amaliy tahlil qila olish, kurs ishini rasmiylashtirish ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim.
Kurs ishining asosiy vazifalari:
-talabalarning ma'ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda, mustaqil faoliyatda olingan nazariy va amaliy ko‘nikmalarni amaliy ishlarni bajarishda qo‘llay olishini namoyish etish;
-talabalarda me'yoriy va boshqa adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;
-mustaqil fikrlash va eng maqbul yechimlarni qabul qilishga
o‘rgatish;
-axborot texnologiyalar vositasida o‘z ishini takdimot (himoya)ni o‘tkazish, unda kurs ishini bajarish jarayonida egallangan natijalarni ishonchli dalillar bilan asoslash, o‘zini dadil tuta olish, turli texnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish qobilyatini ko‘rsatish;
-o‘quv jarayonida shakllangan kommunikativ ko‘nikmalarini namoyish
etish, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, muloqotga qo‘shilish, ishi bo‘yicha savollarga asoslangan javob berish, etika qoidalariga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish imkoniyatini namoyish etish;
-mustaqil ijodiy ishlash, ma'lumotlarni izlash, yig‘ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalana olish, ishlash jarayonini to‘la nixoyasiga yetkazish mas'uliyatni xis etishga o‘rgatish.
Kurs ishida quyidagi masalalar yechimi ko‘rsatilishi lozim:
-bajarilayotgan ishining maqsadi va vazifalarini aniq ifoda etish;
-ishning ob'ekti va uslubini aniqlash;
-ishning metodologik asosini aniqlash;
-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va tegishli xulosa tayyorlash;

Download 233.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling