Davlat va huquq
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi
takomillashtirishning qat’iy belgilangan tartibidir. Huquqiy tartibga
solish har qanday ijtimoiy jarayon singari o‘z boshlanish va nihoyalanish nuqtalariga ega. Bu jarayon davlat tomonidan huquqiy normalar yaratishdan boshlanadi. Huquqiy norma xalqning davlat idorasini o‘zida ifodalovchi vosita sifatida vujudga keladi va amal qiladi. Huquqiy tartibga solish jarayonini uch asosiy bosqichga ajratish mumkin: 1. Ijtimoiy munosabatlarni me’yorga soluvchi yuridik normaning yaratilish bosqichi. 2. Huquqiy normaning amal qilish bosqichi. 3. Yuridik normada nazarda tutilgan holatlar, huquq va majburiyatlar vujudga kelganda subyektiv huquq va burchlarning amalga oshirilish bosqichi. Ko‘rsatilgan uch bosqichdan tashqari yana bir bog‘lovchi qo‘shimcha (fakultativ) bosqich haqida gapirish lozim. Bu fakultativ bosqich huquqni qo‘llashdir. Huquqiy tartibga solish jarayonining uch bosqichiga uchta muhim element (huquqiy hodisa) muvofiq keladi: a) huquqiy normalar; b) huquqiy munosabatlar; d) subyektiv huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari. Yuqorida zikr etilgan qo‘shimcha bosqichga muvofiq tarzda huquqiy tartibga solish mexanizmida qo‘shimcha (fakultativ) element – huquqni qo‘llash hujjatlari maydonga chiqadi. Huquqiy tartibga solish mexanizmining har bir elementi, o‘z navbatida, o‘ziga xos kichik tizimni tashkil etadi. Chunonchi: – yuridik normalarning yaratilish bosqichiga muvofiq keladigan 294 tizimga – huquqiy ong, huquq ijodkorligi hujjatlari, normativ yuridik hujjatlar, huquqiy normalar, me’yorlar, hujjatlarni tizimlashtirish, yuridik texnika va boshqalar kiradi; – yuridik normalarning amal qilish bosqichidagi huquqiy munosabatlar tizimiga – huquq subyekti, yuridik faktlar, umumiy va konkret huquqiy munosabatlar kiradi; – huquq va majburiyatlarni amalga oshirish tizimiga – huquqiy munosabat qatnashchilarining muayyan xatti-harakatlari, huquqni qo‘llash hujjatlari kiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan tizimlarni huquqiy tartibga solish jarayonining bo‘g‘inlari deb atash mumkin. Ushbu jarayonda amal qiladigan elementlarning bir butunligi huquqiy tartibga solish mexanizmini tashkil etadi. Huquqiy tartibga solish mexanizmi – ijtimoiy munosabatlarga jamiyat va davlat oldida turgan maqsad hamda vazifalarga mos ravishda samarali huquqiy ta’sir etishni ta’minlovchi yuridik vositalarning bir butun tizimidir. Huquqiy tartibga solish jarayonidagi barcha huquqiy vositalarning «mexanizm» iborasi bilan izohlanishi bejiz emas. «Mexanizm» – bir qancha mustaqil hodisalar, qismlarning o‘zaro aloqadorlik asosida, bir butun agregat sifatida harakat qilishidir. Bunda har bir element uyg‘un va barqaror birlashib, biri ikkinchisini harakatlantiradi. Mexanizmga aniq, qat’iy va bir maromda ishlash xosdir. Huquqiy tartibga solish jarayonida namoyon bo‘luvchi qismlar yagona bir butun mexanizmni tashkil etadi. «Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi yordamida har bir huquqiy institut (voqelik)ning huquqiy tartibga solish tizimidagi o‘rni va rolini aniqlab olish mumkin. Shuningdek, ta’kidlash joizki, mexanizm tarkibiga kiruvchi huquqiy institut butunning tarkibiy qismi sifatida yangi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Huquqiy tartibga solish mexanizmining dastlabki elementini – huquqiy normalar tashkil etadi. Huquqiy normalarda davlat- hokimiyat irodasi bayon etiladi, ushbu norma orqali o‘rnatilayotgan huquqiy talab tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabat ishtirokchilariga yetkaziladi. Huquqiy normada huquqiy munosabat subyektlarining huquq va burchlari, vakolatlari doirasi, shuningdek, ularni amalga oshirish vositalari ko‘rsatiladi. Huquqiy normaning maxsus funksiyasi shundaki, u normativ 295 tarzda huquqiy munosabat chegaralarini o‘rnatadi. Unda xulq-atvor va yurish-turishning andozasi (modeli) belgilanadi. Aynan ana shu yurish-turish qoidalari huquqiy tartibga solish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37- moddasida fuqarolarning mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqi mustahkamlangan. Bu umumiy konstitutsiyaviy – huquqiy qoida. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 57, 72-moddalarida ishga joylashish va qabul qilish bilan bog‘liq mehnat-huquqiy munosabatlar nazarda tutilgan. Ishga qabul qilish yozma tarzda tuziladigan mehnat shartnomasi orqali amalga oshiriladi. Bu yerda yuqoridagi konstitutsiyaviy qoida aniqlashtirilayotganini ko‘ramiz. Biroq u hali hayotga tatbiq etilayotgani yo‘q. Mehnat kodeksining yuqoridagi moddalari ishga joylashish va qabul qilish bilan bog‘liq mehnat-huquqiy munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutadi. Mazkur normaning mavjudligi hali yuqoridagi mehnat-huquqiy munosabatlar hal etilganligini anglatmaydi, albatta. Bu masalaning huquqiy yechimiga erishish uchun muayyan fuqaroni ishga qabul qilish to‘g‘risida ish beruvchining (korxona ma’muriyatining) aniq individual hujjati (buyrug‘i, farmoyishi) chiqarilishi lozim (MKning 82-moddasi). Ushbu misolimizda MK 57 va 72-moddalaridagi huquqiy normalar tegishli mehnat-huquqiy munosabatlarini tartibga solish uchun asos vazifasini o‘taydi. Huquqiy tartibga solish mexanizmining ikkinchi elementi – huquqiy munosabatlardir. Huquq normasi aynan huquqiy munosabat orqali hayotga joriy etiladi, subyektiv huquq va burchlarga rioya etiladi, ulardan foydalaniladi va tegishli talablar bajariladi. Muayyan subyektiv huquq va burchlarning xususiyatlari huquqiy normaning tartibga solishdagi ta’sir etish xarakteriga bog‘liq. Huquqiy normalarning vakolat beruvchi, majbur etuvchi va man qiluvchi turlariga mos ravishda tartibga soluvchi va qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar turlari namoyon bo‘ladi. Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar majbur etuvchi, vakolat beruvchi va man etuvchi munosabatlarga bo‘linadi. Huquqiy tartibga solish mexanizmining uchinchi elementi – subyektiv huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari (harakatlari)dir. Bu yerda so‘z huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq normalariga rioya etish, bajarish va foydalanish shaklidagi real amaliy xatti-harakatlari, xulq-atvori haqida bormoqda. Mazkur harakatlar sodir etilishi bilan qonun 296 chiqaruvchi idora rejalashtirgan maqsad amalga oshadi hamda huquqiy tartibga solish mexanizmi faoliyati yakun topadi. Huquqni qo‘llash hujjatlari – vakolatli davlat idorasining, mansabdor shaxsning davlat-hokimiyat xarakteridagi hujjatidir. Bu hujjatlar huquqiy norma talablarini huquqiy munosabat orqali bevosita hayotga joriy etadi. Lozim bo‘lgan hollarda huquqni qo‘llash hujjatlarining bajarilishi davlatning majburlash kuchi bilan ta’minlanadi. Huquqni qo‘llash hujjatlari – qaror, farmoyish, buyruq, hukm va boshqa shakllardan iborat. Bu hujjatlarda huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari aniq ko‘rsatib beriladi. 3-§. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish Huquqiy tartibga solishning eng oliy shakli – konstitutsiyaviy tartibga solishdir. Zero, Konstitutsiya mamlakatning Asosiy qonuni bo‘lib, yuksak maqomli, o‘ta nufuzli siyosiy-yuridik hujjat sanaladi. U mo‘tabar ijtimoiy-huquqiy qadriyat sifatida jamiyat va davlat hayotining bosh mezoni, ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtiruvchi, ravon tartibga soluvchi ta’sirchan vositadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «...biz mamlakatimizda huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini eng oliy va ustuvor qadriyat sifatida qaror toptirish borasida o‘tgan davr mobaynida qonunchilik sohasida va amaliy siyosatimizda qanday natija va yutuqlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsak, ularning barchasi Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan talab va tamoyillar bilan uzviy bog‘liqdir» 1 . Huquqiy tartibga solish mexanizmida Konstitutsiyaning ustuvorligini ta’minlash nihoyatda muhim ahamiyatga molik masaladir. Konstitutsiya – mamlakat huquqiy tizimining o‘zagi, uning mustahkam poydevori. Konstitutsiya normalari birlamchi, ta’sis etuvchi xarakterga ega bo‘lib, ular bevosita amal qiladi. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda, 2- qism). 1 Êàðèìîâ È.À. Èíñîí ìàíôààòëàðèíè òàúìèíëàø, èæòèìîèé µèìîÿ òèçè- ìèíè òàêîìèëëàøòèðèø – óñòóâîð âàçèôàìèçäèð // Õàë³ ñ´çè. 2006. 8 äåêàáðü. 297 Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida mamlakat normativ-huquqiy hujjatlar tizimida ustuvorlik qiladi, «hukmron» mavqeni egallaydi. Uning normalari boshqa qonunlarning qoidalaridan ham yuqoriroq yuridik kuchga ega. Qolgan barcha qonunlar va boshqa normativ- huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq tarzda va uning ijrosi uchun chiqariladi. Basharti, qonunlar Konstitutsiyaga zid kelib qolsa, yoki unda belgilangan tartiblarni buzib ishlab chiqilgan va qabul qilingan bo‘lsa, ular o‘z kuchini yo‘qotishi shart. Konstitutsiya butun huquqiy tizimning uyushtiruvchi, hamjihatlashtiruvchi markazi, «tizim» hosil qiluvchi o‘zagi bo‘lib, barcha huquq tarmoqlari va qonunchilik sohalarini shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi yuridik asosdir. Qonunchilikning hamma sohalari bevosita Konstitutsiya qoidalari va prinsiplariga tayanadi. Binobarin, Konstitutsiya qonunchilik tarmoqlari vujudga kelishi va amal qilishi uchun sarchashma – manba bo‘lib hisoblanadi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, konstitutsiyaviy normalar siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotning eng muhim tomonlarini huquqiy tartibga soladi. Ana shu ma’noda konstitutsiyaviy tartibga solish huquqiy tartibga solishning boshqa turlaridan farq qiladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish murakkab ichki tuzilish (struktura)ga va ijtimoiy hayotning alohida sohalariga ta’sir etishning o‘ziga xos xususiyatlariga ega. U huquqiy tartibga solish yagona tizimining maxsus qismi sifatida bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi, ya’ni: – mamlakat miqyosida yagona konstitutsiyaviy tartibga solishning muayyan tizimini tashkil etadi; – u umumiy-majburiy, normativ xarakterga ega; – huquqiy tartibga solishning umumiy siyosiy yo‘nalishini, ustuvor prinsiplarini belgilaydi; – ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish davlat tomonidan eng yuksak darajada kafolatlanadi va ta’minlanadi. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativlik darajasi hamda siyosiy-yuridik ahamiyati konstitutsiyaviy qonunchilikni o‘rnatish xarakteri va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustahkamlangan prinsiplarning hammasi normativ tabiatga ega bo‘lib, ular mavjud huquqiy tizim uchun, davlat idoralarining huquq ijodkorlik va huquqni qo‘llash faoliyati uchun, fuqarolar, mansabdor shaxslar 298 va jamoat birlashmalari faoliyati uchun ustuvor, rahbariy ahamiyatga egadir. Konstitutsiyaviy tartibga solishning umumiy-majburiy tabiatiga kelganda shuni aytish kerakki, u eng oliy darajadagi majburiylikka ega va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning barcha subyektlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan qat’iy talabdir. Mamlakatimizda Konstitutsiyaga amal qilish majburiyati konstitutsiyaviy qonunchilik darajasida mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar (Konstitutsiyaning 15-moddasi). Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishi iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va yuridik kafolatlar tizimi bilan ta’minlanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan ishlab chiqarish rivoj topgani hamda xususiy mulkchilik munosabatlari qaror topgani sayin konstitutsiyaviy normalar amal qilishining iqtisodiy zaminlari, kafolatlari mustahkamlana boradi. Shuningdek, mamlakatimizning siyosiy tizimi demokratik tarzda takomillashib borgani sayin konstitutsiyaviy tartibga solishning siyosiy kafolatlari kuchayib boradi. Jamiyatning g‘oyaviy asoslari va ma’rifiy-ma’naviy kamoloti ta’minlanib, tobora yuksalib borgani sayin konstitutsiyaviy tartibotning g‘oyaviy-ma’naviy kafolatlari rivoj topadi. Konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik mexanizmi esa Konstitutsiya amal qilishining barcha huquqiy vositalari hamda usullari yig‘indisini qamrab oladi. Konstitutsiya normalari qonuniylik prinsipiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya ustuvorligini ta’minlashning, unga rioya qilishning alohida muhofaza mexanizmi vujudga keltirilgan. Bunday mexanizmning asosiy va markaziy bo‘g‘inini Konstitutsiyaviy sud tashkil etadi. U qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar hujjatlarining konstitutsiyaviyligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib hal etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida»gi (1995-yil 30-avgust) qonuniga muvofiq Konstitutsiyaviy sud mamlakatimizda konstitutsiyaviy nazoratning oliy sudlov organi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud barcha davlat organlari tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjatlarning, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari va boshqa majburiyatlarining Konstitutsiyaga to‘la mos bo‘lishini kuzatib turadi; Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi, qonunlari va huquqiy 299 hujjatlarning O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat’iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas (Konstitutsiyaning 109-moddasi). Konstitutsiyaviy tartibga solish jamiyatda yetakchi hamda nufuzli o‘rinni egallaydi. U oliy darajadagi huquqiy tartibga solishdir. Konstitutsiya normalari o‘z yuridik kuchi jihatidan boshqa oddiy huquqiy normalardan so‘zsiz ustuvor bo‘lganligi uchun konstitutsiyaviy tartibga solish yuksak yuridik maqomga, shuningdek, muhim ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega. Xo‘sh, konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish qanday ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi? Bunday tartibga solishning predmetini jamiyat va davlat hayot faoliyatining eng muhim jihatlari, shunga oid asosiy ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Bu ijtimoiy munosabatlar – jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, sotsial va madaniy rivojlanishini, O‘zbekiston davlat ichki va tashqi siyosati asoslarini, respublikada inson (fuqaro) huquqlari va erkinliklarini ustuvor ta’minlashni aks ettiruvchi, xususiy mulkchilikka asoslangan barqaror bozor iqtisodiyotining qaror topishi bilan bog‘liq munosabatlardir. Ushbu munosabatlar jamiyat va davlatimizning mohiyatini hamda asosiy xususiyatlarini ifoda etadi. Konstitutsiyaviy-huquqiy tarzda tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarni bir necha yirik majmualarga ajratish mumkin: – jamiyatning iqtisodiy tizimi, xususiy va boshqa shakldagi mulkchilik hamda tadbirkorlik asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar; – O‘zbekiston siyosiy tizimi va davlat tuzumi asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar; – shaxsning huquqiy maqomi asoslarini belgilovchi inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash tizimiga oid ijtimoiy munosabatlar; – mamlakatimizning davlat tuzilishi shakli, ma’muriy-hududiy tuzilishi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqiy maqomi asoslarini belgilashga oid ijtimoiy munosabatlar; – saylov tizimi, parlament, Prezident, Hukumat, sud hokimiyati, mahalliy davlat vakillik va ijroiya idoralarining huquqiy maqomi, vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar va hokazo. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmini (avvalgi 300 paragrafda ta’kidlanganidek) uch element: konstitutsiyaviy normalar; konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar; konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari tashkil etadi. Ushbu mexanizmning normativ asosini tashkil etuvchi yuridik normalar o‘zining eng oliy siyosiy-yuridik kuchi, yuksak barqarorligi va jamiyat hamda davlat tomonidan qat’iy ta’minlanishi bilan ajralib turadi. Konstitutsiyaviy normalar asosida tarkib topgan huquqiy munosabatlar umumiy mazmun kasb etadi va tarmoq huquqiy munosabatlari (ya’ni, konkret munosabatlar) uchun asos vazifasini o‘taydi. Ular o‘zining doimiy barqarorligi, uzoq muddatga mo‘ljallanganligi va subyektlarning yuqori umumiy huquqiy holatini ifodalashi bilan tavsiflanadi. Bunday munosabatlarning subyektlari: davlat, xalq, millatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, davlat idoralari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar va fuqarolar hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarini amalga oshirish har qanday huquqiy normalarni amalga oshirish singari rioya qilish, bajarish, foydalanish va qo‘llash shaklida bo‘lishi mumkin. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmining xususiyatlaridan biri Konstitutsiya normalarining joriy qonunlar tomonidan konkretlashtirilishi hamda bevosita amalga oshirilishidir. Qonun normalari, o‘z navbatida, Prezident Farmoni, Hukumat qarori, davlat boshqaruv idoralari va huquqni qo‘llovchi organlar hujjatlari orqali hayotga joriy etiladi. Shunday qilib, jamiyat va davlat hayotini konstitutsiyaviy- huquqiy tartibga solish, uning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash mamlakatimizning yanada ildam qadamlar bilan mustaqillik yo‘lidan olg‘a qarab rivojlanishining ishonchli garovidir. 301 XXI BOB. QONUNIYLIK, HUQUQIY TARTIBOT VA INTIZOM 1-§. Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillarida jamiyatning iqtisodiy negizini mustahkamlash mamlakatda iqtisodiy sohadagi tub islohotlarni amalga oshirish, turli xil mulk shakllarini yaratishni, asosan, xususiy mulkchilikni rivojlantirish, shu jumladan, davlat mulkini xususiylashtirishni taqozo etdi. Mamlakatning iqtisodiy negizini shakllantirish, o‘z navbatida, mulkchilik munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish ehtiyojini keltirib chiqardi. Jamiyatning ushbu manfaatlarini qondirish maqsadida davlat turli sohalarga oid qonunchilik tizimini yaratadi. Bozor munosabatlariga mos keladigan huquqiy asosni shakllantirish – uzoq davom etadigan huquq ijodkorlik jarayonidir. Hozirgi vaqtda davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga taalluqli islohotlarning huquqiy asoslarini belgilovchi bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar hayot, amaliyot bilan bog‘liq bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabtlarni tartibga solib, ularda qonunga bo‘ysunish bozor munosabatlariga o‘tishning barcha amal qiladigan qoidalaridan biri etib belgilangan. Zero, qonuniylikni ta’minlamasdan turib, mamlakat o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan huquqiy davlatni qurishga erisha olmaydi. Demokratik davlat qonunning yuksak va mustahkam nufuzisiz biror ma’no kasb etmaydi. Mazkur haqiqatni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mamlakatdagi yangilanish va taraqqiyot siyosatining negiziga kiritdi. «Qonunning ustuvorligi – huquqiy davlat faoliyat ko‘rsatishining zaruriy shartidir» 1 . Haqiqatan ham qonun ustuvorligisiz bunyodkorlik yo‘liga kirgan shaxsiy va iqtisodiy erkinlikka asoslangan jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida, jamiyatda qonunchilikni ta’minlashning barqarorligiga davlat mexanizmi ko‘proq umidvorlik tug‘dirmoqda. Oddiy kishilarning 1 Êàðèìîâ È.À. ¤çáåêèñòîí: áîçîð ìóíîñàáàòëàðèãà ´òèøíèíã ´ç é´ëè. T., «¤çáåêèñòîí», 1993, 63-b. 302 qonunlar qudratiga ishonishlariga kafolat ham ana shunda. Bobomiz Amir Temur o‘zining mashhur «Tuzuklari»da – davlatni boshqarish qoidalari majmuida bunday bashorat qilgan edi: «Zaruriy tartibot va qonunlarga rioya qilish taqdirim va muvaffaqiyatlarimning negizi bo‘ldi» 1 . Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, ijtimoiy va davlat tuzumini mustahkamlash va rivojlantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qo‘riqlash qonuniylikning eng muhim vazifasidir. Jamiyatda qonuniylik turli xil shakllarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, Konstitutsiya va qonunlarni o‘tmish va hozirgi davrning ilg‘or g‘oyalari bilan sug‘orilganligi, inson huquq va erkinliklarining ustuvorligini ta’minlanganligi, qonunlarning adolatliligi va xalq manfaatiga xizmat qilishiga asoslanganligida; ikkinchidan, qonunning ustuvorligi, ya’ni qonunlarning konstitutsiyaga, qonun osti hujjatlarining qonunlarga mos kelishida; uchinchidan, davlat organlari, mansabdor shaxslar va oddiy fuqarolarning konstitutsiyaga, qonunlarga va qonun osti hujjatlariga og‘ishmay, so‘zsiz rioya qilishida. Qonuniylik – barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor va yuridik shaxslarning hamda fuqarolar tomonidan amaldagi qonunlarga aniq va og‘ishmay rioya qilishidir. Biroq bu yerda qonuniylik tushunchasi torroq, bir taraflama faqat qonunlarning amalga oshirilishi ma’nosida talqin qilinmoqda. Qonuniylikni kengroq ma’noda olib qaralganda, unga davlatning qonuniylik faoliyatining mavjud qonunlar va huquqiy hujjatlar tizimini ham qo‘shish lozim. Qonun normalarining yuqori saviyada ijod etish ishini tashkil etmasdan, qonunlarni jamiyat taraqqiyoti darajasiga moslashtirib borishga yo‘naltirilgan faoliyatni yo‘lga qo‘ymasdan ijobiy natijaga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun hayot talablariga javob beradigan yangi qonunlarni qabul qilish, yangi shart-sharoitga va talablarga javob berolmaydigan eski qonunlarni bekor qilish zaruriyati ham tug‘iladi. Qonun ijodkorligini takomillashtirish qonuniylikni mustahkamlashdagi eng muhim shartlardandir. Yuridik adabiyotlarda qonuniylik tushunchasi turli xil yondashuvlar asosida talqin qilinadi: birinchidan, qonuniylik deb 1 Àìèð Òåìóð. Òåìóð òóçóêëàðè. T., Ôàí., 1992, 9-b. 303 dastlab davlat organlari va fuqarolarning huquqqa rioya qilishi deb tushunmoq lozim; ikkinchidan, qonuniylikni faqatgina o‘rnatilgan qonun va qonun osti hujjatlarga rioya qilishi bilan tushunibgina qolmasdan, balki mavjud qonunlarning xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga mosligi ham deb tushunmoq lozim. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling