Davlat va nodavlat moliyaviy tashkilotlarining turlari, vazifalari
Davlat va nodavlat moliyaviy nazoratining mazmuni
Download 42 Kb.
|
moliya javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy nazoratning mazmuni va amalga oshirishdan maqsad
Davlat va nodavlat moliyaviy nazoratining mazmuni
Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (ko’rinishlari, turlari) nazoratni amalga oshirish metodlarining o’xshashligiga qaramasdan, o’zlarining pirovard maqsadlari bo’yicha bir-biridan tubdan farq qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo’lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratining (ayniqsa, firma ichidagi moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasiga ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o’zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qo’yilganO‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati davlat mablag‘larini sarflash bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, me’yorlarga, stpndartlarga va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘yicha harakatlar va operatsiyalar yig‘indisini bildiradi. Davlat budjetini-shakllantirish va sarflanishidagi rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik tamoyillaridan chetga og‘ish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi. Nazoratning maqsadi - tuzatish choralarini ko‘rish, aybdorlarni javobgarlikga tortish va buzilishlarning oldini olishdan iborat. Moliyaviy nazoratning mazmuni va amalga oshirishdan maqsad Moliyaviy nazorat - butun nazorat tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, uning yo‘nalishi davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga shirish, tarmoqlar iqtisodiyotidagi barcha soha va bo‘g‘inlarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va samarali foydalanishga qaratilgan bo‘ladi. Bozor munosabatlari rivojlangan taqdirda ham moliyaviy nazoratning salohiyati pasaymasdan, balki oshib boradi. Moliyaviy nazorat - moliyaning nazorat funksiyasini amalga oshirish ko‘rinishida namoyon bo‘lib, u moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishini belgilab beradi. Shunday bo‘lsada, moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishi jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining o‘zgarishidan kelib chiqqan holda o‘zgarib turadi. Masalan, korxonalarning xo‘jalik yuritish huquqlarining kengayishi, ularning moliyaviy faoliyatini olib borishdagi mustaqilligi, tadbirkorlikning rang-barang ko‘rinishdagi mulk shakllarining vujudga kelishi moliyaviy nazoratning mazmunini boyitishga olib keladi. Moliyaviy nazorat bu maxsus shakl va uslublarni qo‘llash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig‘indisidir. Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling