Davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot davlat tilida e’lon qilinadi va tarqatiladi. Davlat
xaridlari to‘g‘risidagi axborot davlat tili bilan bir vaqtda boshqa tillarda ham e’lon
qilinishi va
tarqatilishi mumkin. Boshqa tillarda e’lon qilinayotgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotning
mazmuni davlat tilida e’lon qilingan axborotga muvofiq bo‘lishi kerak.
36-modda. Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar
Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda
boshqa resurslarning
mavjudligi;
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan
qarzdorlikning mavjud emasligi;
o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
37-modda. Ishtirokchilarga qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan davlat xaridi
Davlat buyurtmachisi zarur bo‘lganda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) o‘ziga xos
xossalaridan yoki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishtirokchilarga qo‘shimcha
talablar
belgilashga haqli.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar davlat xaridlarining asosiy prinsiplarga
zid bo‘lmasligi kerak.
Davlat xaridi to‘g‘risidagi axborotda ishtirokchilarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar
ushbu axborot e’lon qilingan paytda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ishtirokchilarga qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan davlat xaridida
ishtirok etish uchun
ishtirokchilar dastlabki malaka tanlovidan o‘tadi.
38-modda. Birgalikdagi davlat xaridlari
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) birgalikdagi davlat xaridlarini shakllantirish ikki va
undan ortiq davlat buyurtmachisining davlat xaridlari reja-jadvallariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) birgalikdagi davlat xaridlarini
shakllantirish bir
davlat dasturida yoki loyihalar portfelida ishtirok etayotgan davlat buyurtmachilarida amalga
oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: