shuningdek davlat buyurtmachisining g‘olib aniqlanguniga qadar ishtirokchilar
bilan muzokaralar
olib borishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
41-modda. Xarid qilish hujjatlari va xarid qilish tartib-taomillari yuzasidan
tushuntirishlar
Ishtirokchilar xarid qilish hujjatlari va qo‘llanilayotgan xarid qilish
tartib-taomili yuzasidan
tushuntirishlar olish uchun davlat buyurtmachisiga yoki u tomonidan jalb etilgan ixtisoslashgan
tashkilotga murojaat qilishi mumkin.
Davlat buyurtmachisi yoki u tomonidan jalb etilgan ixtisoslashgan
tashkilot xarid qilish
hujjatlari va qo‘llanilayotgan xarid qilish tartib-taomili yuzasidan tushuntirish berish to‘g‘risida
so‘rov olganidan keyin so‘ralgan tushuntirishlarni ikki ish kuni ichida taqdim etadi.
Xarid qilish hujjatlari va xarid qilish tartib-taomili xususida tushuntirishlar xarid qilish
hujjatlari va qo‘llanilayotgan xarid qilish tartib-taomili yuzasidan tushuntirish berish to‘g‘risidagi
so‘rovi bilan bir xil shaklda taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: