Davlatning antiinflyatsiya siyosatini amalga oshirish usullari


O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflatsiya jarayonlari va antiinflatsiya siyosati xususiyatlari


Download 27.53 Kb.
bet4/4
Sana25.02.2023
Hajmi27.53 Kb.
#1231258
1   2   3   4
Bog'liq
Davlatning antiinflyatsiya siyosatini amalga oshirish usullari

4. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflatsiya jarayonlari va antiinflatsiya siyosati xususiyatlari

Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflatsiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to`plangan. Inflatsiyani butunlay yo`qotish imkoniyati yo`q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo`lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to`liq yo`qotish mumkin emas. shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflatsiyaning butunlay yo`qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi.


Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflatsiyaga qarshi turli antiinflatsiya siyosatini ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar.
Antiinflatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflatsion keskinlikni yumshatishga yo`naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Antiinflatsiya siyosati inflatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko`rinishda bo`lishi mumkin.
Antiinflatsiya siyosati o`z ichiga quyidagilarni oladi: -yalpi talabni tartibga solish; -yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo`nalish tarafdorlari bo`lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko`tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatnin bu tadbirlar iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
Ammo bunday antiinflatsiya siyosati davlat budjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo`shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug`diradi. Keyns davlat budjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.
―Antiinflatsiya siyosatining monetaristik yo`nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilarning inflatsiyaga qarshi kurash bo`yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o`tkazish hisobiga cheklash va budjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi‖ .
Monetaristlar inflatsiya aynan pul bilan bog`liq hodisa bo`lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining o`sish sur‘atlarini keskin qisqartiradi va inflatsiya sur‘atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko`rinishlaridan biri bo`lib daromadlarning va baholarning nominal darajalarini o`zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli,u qisqa muddatda samara berishi zarur.
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan antiinflatsiya siyosatining yana bir ko`rinishi - inflatsiya sur‘atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish ( graduallash ) usulidir. Bu usulda inflatsiya sur‘atlari pul massasini ko`p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o`sish sur‘atini pasaytirishni ko`zda tutadi. Graduallash usuli inflatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo`llash pul massasi va baholar darajasining yillik o`sish sur‘ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo`ladi, deb hisoblanadi.
Antiinflatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo`lgan variantlaridan biri baholar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o`sishi va baholarning o`sishi ni muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) ko`zda tutadi.
Daromadlar va baholarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat tomonidan baholar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo`yish, pul ko`rinishidagi ish haqining o`sishini o`rtacha mehnat unumdorligining o`sishiga bog`lab qo`yish orqali amalga oshiriladi.
―Soliqlar tarkibini o`zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to`g`ridan-to`g`ri soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko`paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning rag`batlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat budjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi‖ .
Antiinflatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflatsiya jarayonlarining xususiyatiga bog`liq.
Inflatsiyaning yuqori sur‘atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta‘minlashi kerak:
-samarali soliq tizimini va davlat xarajatlarining baaqarorligini; -pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o`sish sur‘atlarini; -―inflatsiyani import qilish‖ ga yo`l qo`ymaslik.
Download 27.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling