Davlatning byudjet siyosati
Byudjet defitsiti va uni moliyalashtirish
Download 81 Kb.
|
Davlatning byudjet siyosati
3. Byudjet defitsiti va uni moliyalashtirishIqtisodiyotning ornatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bogliq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir. Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi. Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik kopayishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo boladi. Davlat xarajatlari ozgarmas bolgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bolishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» bogliq. Soliq funktsiyasi T ning egilish burchagi miqdori chegaraviy soliq stavkasiga t ga bogliq. t qancha yuqori bolsa, T chizigi shuncha tikroq, γ qancha pastda bo’lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo’ladi. Bu esa iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasini oshiradi. Ammo iqtisodiy o’sishning ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo’lishini taqozo etadi. chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligiOrnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini, uning potentsial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini toliq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bolishi mumkin. Toliq bandlikni taminlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), yani toliq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) ortasidagi farq yuzaga keladi. Davriy taqchillik kopincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi. Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning soglom (normal) faoliyat korsatishi unga tegishli bolgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo eadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ea bolishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bolmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi. Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan kop bolishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi. jadval Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling