Davlatning byudjet siyosati
Ozbekistonda 2013 yilda fiskal siyosat korsatkichlari
Download 81 Kb.
|
Davlatning byudjet siyosati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjeti daromadlari, mlrd. som Davlat byudjeti kamomadi, YaIM ga nisbatan %
Ozbekistonda 2013 yilda fiskal siyosat korsatkichlari
Aksincha, bazi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan koproq boladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan boshqa hollar teng bolgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bolishi mumkin: iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning zarurligi; Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bolish qabul qilingan: ichki manbalar; tashqi manbalar. Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni korsatish mumkin: mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar; mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qogozlarni chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari; davlat mulkiga tegishli bolgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar; davlat zaxiralari va rezervlar boyicha daromadlaming xarajatlardan osgan qismi summasi; byudjet mablaglarini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi mablaglar qoldigining ozgarishi; va boshqalar. Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi: mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qogozlarni chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari. Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subektlari oldidagi (davlat kafolatlari boyicha majburiyatlarni qoshgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan toliq va hech qanday shartsiz taminlanishi kerak. Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish boyicha barcha vakolatlardan foydalanadilar. Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bolishi mumkin: qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari; mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qogozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari; mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish togrisidagi shartnomalar; otgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini ozgartirish togrisidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar; va boshqalar. Mamlakatning qarziy majburiyatlari ozining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), orta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bolishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, tolov muddatlari, foiz tolovlarining miqdori, muomala muddatlarini ozgartirmasdan) qaytarilishi kerak. Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bolishi mumkin: hukumatning davlatni qimmatbaho qogozlari boyicha qarzining asosiy nominal summasi; hukumatga taqdim etilgan kreditlar boyicha asosiy qarzning hajmi; mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar boyicha majburiyatlar hajmi; va boshqalar. Oz navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari boyicha majburiyatlar hajmi; xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar boyicha asosiy qarz hajmidan iborat boladi. Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati sharoitida byudjet xarajatlarini manzilli va maqsadlik darajasini oshirish, jon boshiga moliyalashtirish tizimini joriy etish, byudjet ijrosining gaznachilik tizimini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir. Respublikamizda chuqur tarkibiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bogliq keng kolamli islhotlar olib borilishiga qarmasdan, davlat tashqi qarzlarining YaIMga nisbatan xajmi 13 foizdan ortmaydi. Bu ham amalga oshirilayotgan oqilona qarz siyosatining natijasidir. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling