Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi


Download 32.55 Kb.
bet1/8
Sana15.06.2023
Hajmi32.55 Kb.
#1482049
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujjat (1).jon




14-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHDA DAVLATNING IQTISODIYOTDAGI ROLI. AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI
Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi
Nazariya va qarashlar
Iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va
Vazifalari
Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari
Aholining daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko`rsatkichlari
Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Davlatning ijtimoiy siyosati. O`zbekistonda ijtimoiy siyosatning
Asosiy yo`nalishlari
Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) – qonunchilik, ijro va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
IDTTS maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o`zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishga qaratiladi.
Davlatning iqtisodiy vazifalari – iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o`sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo`ladi.
IDTTS usullari – tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Bevosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi ma’muriy vositalari.
Bilvosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.
Aholi daromadlari – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori.
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
Ixtiyorida bo`lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg`arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo`lgan daromad.
Real daromad – narx darajasi o`zgarishini hisobga olib aholining hayot kechirishi uchun zarur bo`lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojlarining bu ne’matlar bilan qondirilish darajasidir.
Lorents egri chizig`i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni xarakterlaydi.
Ijtimoiy to`lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko`rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo`naltirilgan siyosat.
Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi
Roli hakidagi nazariya va qarashlar.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko`p omilli ko`rsatkich bo`lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko`p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog`liq bo`lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo`li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg`unlashtirish orqali erilishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko`proq uchinchi yo`l xarakterli xisoblanadi.
Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko`rib chiqilgan. Uning “Xalqlar boyligining tabiati va sababalarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o`z-o`zini tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o`tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoaratidan to`liq ozod bo`lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chikarishni tashkil qilish imkoniga ega bo`ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat kilishga majbur kiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb xisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib -qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to`lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo`lgan milliy iste’molchilar yutqazadi.
A.Smitning “Tinch qo`yish” nazariyasi, 1923 – 33 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqazo qildi.
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Djon M.Keynsning “Ish bilan bandlilik, protsent va pulning umumiy nazariyalari” nomli kitobida o`z aksini topdi (1936). Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag`batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.
Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda krizisga qarshi siyosat o`tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat siklining o`zgarishini yo`qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal

Download 32.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling