Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi


Download 32.55 Kb.
bet6/8
Sana15.06.2023
Hajmi32.55 Kb.
#1482049
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujjat (1).jon

Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet harajatlaridan ham foydalanadi.

Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo`ladi.

IDTTSda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari aloxida rol o`ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg`arish va iktisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni rag`batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy sikli va bandlikka ta’sir ko`rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.

Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo`yilmalari muhim rol o`ynaydi. Jumladan, bozor kon’yukturasi yomonlashgan, turg`unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo`yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o`sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o`sishiga qarshi turishga harakat qiladi.

Davlat kapital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi o`zgarishlarda ham sezilarli o`ringa ega bo`ladi, masalan, davlat xususiy kapitalining oqib kelishi etarli bo`lmagan mintaqalar, tarmoqlar yoki faoliyat sohalarida yangi ob’ektlar qurish va eskilarini qayta qurollantirish orqali iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta’sir ko`rsatadi. Bulardan tashqari davlat kapital quyilmalari ilmiy – tadqiqot ishlarida, kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga kapital chiqarishda ham katta rol o`ynaydi.

IDTTS ning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat.

Iqtisodiy dasturlar o`rta muddatli, favqulodli va maqsadli bo`lishi mumkin. O`rta muddatli umum iqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favqulodli dasturlar tig`iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xarakterga ega bo`ladi. Bunday maqsadli dasturlarning ob’ekti tarmoqlar mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yo`nalishlari bo`lishi mumkin.

IDTTS tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo`jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko`rsatiladi.

Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan – texnika yutuqlari eksportini rag`batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to`lovlarini o`zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo`yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iktisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.

Shunday qilib, IDTTSning qarab chikilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iktisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o`z ta’sirini ko`rsatadi.

Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko`rsatkichlari.

Aholi daromadlari deyilganda ularning ma’lum vaqt oralig`ida (masalan, bir yilda) pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori tushuniladi.

Aholi iste’mol darajasi to`g`ridan-to`g`ri ularning daromadlari darajasiga bog`liq bo`ladiki, bu daromadlarning aholi turmush darajasidagi rolini belgilab beradi.

Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, devidend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi.


Download 32.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling