Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi


Download 32.55 Kb.
bet5/8
Sana15.06.2023
Hajmi32.55 Kb.
#1482049
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujjat (1).jon

Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari

Va vositalari.

Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruxlash mumkin:


Bevosita ta’sir qilish usullari;

Bilvosita ta’sir qilish usullari;

Tashqi iqtisodiy usullar.

Markazdan boshqarish tartibi ustun bo`lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo`lsa, bozor iqtiodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog`langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat xilma – xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar beradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalaniladi. Ma’muriy vositalar davlat xokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakterdagi tadbirlarni o`z ichiga oladi.

Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to`g`ridan-to`g`ri tartibga solish ko`zda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo`lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko`rsatish mumkin:

Iqtisodiyotning ayrim bo`g`inlari – transport, aloqa, atom va elektr – energetika, kommunal xizmat va boshkalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o`ziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma’lum doirada amal qilib, ko`pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo`lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o`sish uchun zarur bo`lsa, ikkinchi tomondan vaqt o`tishi bilan samarasiz bo`lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob’ektiga aylantiriladi.

Narxlar va ish haqini qotirib qo`yish siyosati:


Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyatsion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma’lum doira bilan cheklanadi. Antiinflyatsion tadbirlar orqali inflyatsiya darajasini pasayishi investitsiyalarga rag`bat beradi.

v) ish bilan bandlilik xizmati faoliyati (mehnat birjalari) ni tashkil qilish.

Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko`radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko`rsatadi.

g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko`zda tutuvchi qonuniy aktlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, sohibkorlik to`g`risidagi, bank sohalari, qimmatli qog`ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko`zda tutuvchi qonunlar).

Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo`li bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga yo`l berilmaydi va erkin raqobatga sharoit yaratiladi.

Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul – kredit va byudjet siyosatida o`z ifodasini topadi.

Pul – kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo`ladi:

Hisob stavkasini tartibga solish;

Moliya kredit muassasalalarining markaziy bankdagi ehtiyotlari minimal hajmini o`rnatish va o`zgartirish;

Davlat muassasalarining qimmatli qog`ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to`lash).

Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan yo`nalishda o`zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan pul miqdorini o`zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat kreditga bo`lgan talab va taklifni markaziy bank orqali quyidagi yo`llar bilan o`zgartiradi.
Birinchidan, davlat markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag`larining qarzga beriladigan va extiyot (rezerv)da turadigan qismlari ulushini o`zgartiradi. Natijada qarzga beriladigan pul miqdori o`zgaradi, ya’ni uning taklifi oshsa foiz kamayadi, aksincha u kamaysa foiz oshadi. Foizning kamayishi kredit olishga intilishni kuchaytiradi va bu investitsiya faolligi orqali iqtisodiy o`sishni rag`batlantiradi.

Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o`sishiga ta’sir qilishini ta’minlaydi.

Uchinchidan, davlat markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o`z obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog`ozlarini sotib oladi. Natijada taklif etilgan pul mikdori o`zgarib, bu foizga ta’sir etadi. Davlatning pulga bo`lgan talab va taklifini o`zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.

Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o`zgartirishga qaratiladi. Davlat harajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag`larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo`jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta’sir ko`rsatishda xam keng foydalaniladi.

Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to`lashda berilgan imtiyozlarga bog`liq bo`ladi.


Download 32.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling