Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi nazariyalar


Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati


Download 81.16 Kb.
bet6/7
Sana21.04.2023
Hajmi81.16 Kb.
#1376552
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to\'g\'risidagi nazariyalar

2.2.Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati
Parlamentlik monarxiya mamlakatlari (hozirgi Angliya, Belgiya, Norvegiya, Shvetsiya)da qirol shoxlik vazifasini o‘tasada, mamlakatni to‘la ma’noda boshqarolmaydi. Hukumat parlament tomonidan saylovlarda ko‘p ovoz olgan muayyan partiyalar vakillaridan iborat qilib shakllantiriladi. Eng ko‘p deputatlik mandatlariga ega bo‘lgan partiya rahbari hukumat boshlig‘i bo‘ladi. Qonun hujjatlari parlament tomonidan qabul qilinib, rasman monarx imzolaydi. SHunday qilib, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud sohalarida monarx hokimiyati ramziy ma’noga ega. Lekin yuqorida zikr etilganlardan monarx faqat sof ramziy shaxsga aylanib qoladi, degan ma’no kelib chiqmaydi. Bu sho‘ro davriga oid xato bo‘lib, u vaqtda monarxiya umri tugab bo‘lgan bir narsa sifatida ro‘yxatdan chiqarib yuborilgandi. Agar shunday bo‘lsa - ming yillab yashab kelgan boshqaruvning bu shakli hozirgacha ba’zilarning e’tiborini tortib kelayotganini qanday izohlash mumkin? CHunonchi, 1975 yili Ispaniya xalqi plebissit (referendum)da monarxiyani qaror toptirishga ovoz berdi. SSSR barham topishi bilan ko‘pchilik respublikalar (Rossiya, Ukraina)da monarxiyaning qayta tiklanishi ehtimoli haqida gaplar bo‘ldi. Albatta, buni izohlashning qiyin joyi yo‘q. Mashaqqatli damlarda, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotda hukm surayotgan beqarorlik sharoitlarida aksariyat odamlar hokimiyat tepasiga monarxning - «millat otasi»ning, «millatlar yakdilligi ramzi»ning kelishiga umid boglay boshlaydilar. Biroq, bunda faylasuf I.A.Ilinning haqqoniy ta’kidiga ko‘ra, monarxiya diniy ildizlarga asoslangan boshqaruvning «jonli» shakli bo‘ladi, shuning uchun ham maxsus ijtimoiy-ruhiy muhitni taqozo etadi. Uni dekret bilan joriy etish, yana ham muhimrog‘i tasodifiy bir shaxsni monarx deb e’lon qilish mumkin emas.

Respublika (lotincha Respublisa - xalq ishi) - davlat hokimiyati aholi muayyan muddatga saylab qo‘yadigan organlar tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv shaklidir. Respublika ham monarxiya singari muayyan tarixiy xususiyatga ega.


Boshqaruv respublika shaklining bir qancha turlari mavjudligi tarixdan ma’lum. Ular quldorlik sharoitlaridayoq namoyon bo‘la boshlagan edi.


Demokratik respublika Afina davlatida (eramizgacha V-IV asrlar) mavjud bo‘lgan. Buni jamiyatning ijtimoiy tarkibi, quldorlikning shu erga xos xususiyati, ya’ni ozod afinaliklarni qulga aylantirishning istisno etilganligi, quldor jamoalar bo‘lganligi, davlat boshqaruvining samarali tizimi mavjudligi bilan izohlash mumkin edi.Sparta (eramizgacha V-IV asrlar) va Rim davlati (eramizgacha V-II asrlar) aristokratik respublikalar hisoblanadi. Davlat sifatida ular ko‘proq aholining aristokratik qismi manfaatlarini ifodalardi. Kapitalizm davri parlamentar (parlament) respublikasi hamda prezidentlik respublikalarni vujudga keyatirdi.


Parlamentar respublikalarning boshqalardan farq qiluvchi xususiyati hokimiyat pog‘onalarida kelishmovchiliklarning bo‘lmasligidir. Zero, ijroiya hokimiyati boshlig‘i (bosh vazir) va uning mahkamasi parlament, to‘g‘rirogi, parlament a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan tayinlanadi va nazorat qilinadi. Xukumat qonun chiqaruvchilar ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlab turgan muddatlardagana o‘z vazifalarini bajara oladi. Bunday ko‘pchilikdan mahrum bo‘lganda esa, mazkur hukumat iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Odatda, parlament respublikalarida prezident katta rol o‘ynamaydi: ijroiya hokimiyati go‘yo qonun chiqaruvi hokimiyatning davomi sifatida ish olib borishi tufayli hokimiyat tarmoklari o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ixtiloflarning oldi olinadi.


Biroq, parlament respublikasi ham kamchiliklardan xoli emas. Partiya tizimining o‘ta mayda bo‘laklarga bo‘linib ketganligi shunday kamchiliklardan biridir. Mazkur hol parlament koalitsiyalarining ham maydalashuviga, bu esa, o‘z navbatida hukumatning beqarorligaga olib keladi. Muayyan sharoitlarda, hatto ozchilikni tashkil etuvchi ekstremistik partiyalar ham, parlament ko‘pchiligi koalitsiyasining bir qismi bo‘lib qolishi mumkin. Bu esa, mamlakatga ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlardan kam bo‘lmagan jiddiy salbiy oqibatlar keltirishi mumkin.


Boz ustiga, parlament respublikasvda shu parlament oddiy ko‘pchiligi kuchi bilan mustabidlikni yaratish ehtimoli istisno etilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv parlament shaklining samaradorligi va barqarorligi parlamentdagi o‘rinlar uchun kurash olib boruvchi siyosiy partiya-lar tabiatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.


Prezidentlik respublikasi boshqaruv shakli sifatida birinchi navbatda saylab qo‘yilgan davlat boishigi bir vaqtning o‘zida hukumat rahbari ham bo‘lishi bilan farq qiladi. Prezidentning o‘zi parlament roziligi bilan shu hukumatni tuzadi va zarurat tug‘ilganda uni tarqatib yuborish huquqiga ega bo‘ladi. Butun xalq tomonidan saylangan prezident umummilliy manfaatlar ifodachisi, millat ramzi bo‘lishi (har qalay shunday bo‘lishi kerak ham) boshqaruv prezidentlik shaklining ijobiy tomonidir. Mazkur shakl butun vakolatni bir shaxsga beradi va u favqulodda holatlarda mas’uliyat va rahbarlikni o‘z qo‘liga oladi. Boshqaruvning prezidentlik shakli, odatda, parlament shakliga nisbatan yuqoriroq darajadagi siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi. Zero, prezident konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan qat’iy muddatga saylanadi. Prezidentlik boshqaruv shaklining zaif joylari ham mavjud. Boshqaruvning parlament shaklidan farkdi o‘laroq, u hokimiyatning ijroiya va qonun chiqaruvchi tarmoklari o‘rtasidagi ziddiyat va mojarolarni, shuningdek, konstitutsiyaviy inqiroz ehtimolini istisno etmaydi. Bunday vaziyat, chunonchi, prezident bilan parlament ko‘pchiligi boshqa-boshqa partiyalar, siyosiy oqimlarga mansub bo‘lgan vaqtlarda yuzaga kelishi mumkin.


Shunday qilib, boshqaruvning parlament va prezidentlik shakllaridan birini tanlash yagona, ammo beqaror rah-bariyat (parlament boshqaruvi) bilan barqaror, lekin ikki hokimiyat o‘rtasidagi ixtiloflarni istisno etmaydigan rahbariyatdan birini tanlash degan ma’noni anglatadi.


Bundan tashqari, prezidentni saylashning eng matlub uslubi o‘zi bormikan? Ularning har biri o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Shu munosabat bilan prezidentlik saylovlarining ahamiyati oshib boradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar eng sodda va demokratik saylovlardir. Bundan tashqari, prezidentlik hokimiyati qonunchilik hokimiyatiga juda katta qaram bo‘lib qolishi ham mumkin (masalan, favqulodda holat sharoitlarida prezidentni ikkinchi muddatga qayta saylash tartibini olib ko‘ring).


Davlat boshqaruv tizimi qotib qolgan emas, balki tarixiy taraqqiyot jarayonida muqarrar ravishda o‘zgarib, yangilanib turadi.


Dunyodagi davlatlar boshqaruv shakllari ko‘p ming yillik tarixga ega bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti asosida takomillashib, mazmun jihatidan mukammallashib borgan. Buni O‘zbekiston davlat boshqaruvi misolida ko‘rish mumkin. Konstitutsiyamizga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri xalq hokimiyatchiligidir. Respublikada xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Xalq davlatni boshqaruvni bevosita yoki saylab qo‘yilgan o‘z vakillari orqali amalga oshiradi.




2Mustaqillik tufali O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllantirila boshlaqdi. «Prezidentlik boshqaruv usuli - shu tizimning o‘zagidir»Davlat boshqaruvining prezidentlik shakli O‘zbekistonda tasodifiy ravishda yuzaga kelmadi. Davlat boshqaruvining bu zamonaviy va samarali shaklini yuzaga keltirishda xalqimizning davlatchilik sohalaridagi ko‘p ming yillik tarixiy tajribalari, diyorimizning muayyan shart-sharoitlari, xalqning an’analari va mentaliteti, o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi zamon ilg‘or davlatlarining tajriba va yutuqlari zaruriy ravishda nazarda tutilgan.

Jahon tarixiy tajribasi prezidentlik usuli davlat boshqaruvining eng maqbul, xalq manfaatlari ehtiyojlariga javob beradigan qulay tizimlaridan ekanligini ko‘rsatib turibdi.


«1995 yilga ma’lumotga ko‘ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 186 davlatdan 140 tasida Prezident lavozimi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir. Bular AQSH, Fransiya, Argentina, Braziliya, Meksika, Rossiya Federatsiyasi, Gonduras, Gambiya, Urug‘vay va boshqalardir».
O‘zbekistonda joriy etilgan davlat boshqaruvi prezidentlik usulining mazmun-mohiyati, asosiy tamoyillari, o‘ziga xos xususiyatlari, Prezidentning huquqiy maqomi, vakolatlari Respublika Konstitutsiyasi - Asosiy Qonunda, Oliy Kengashning sakkizinchi sessiyasida 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunda bayon etilgan.
Asosiy Qonunning 90-moddasida belgalab qo‘yilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidentini bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidenti saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi».


Xulosa.
Xulosa qilib aytganda davlat tuzilish shakli har bir davlatning siyosiy va ma’muriy hududiy tuzilishini birlashtiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining hududida yashovchi barcha xalqning tarixiy va milliy xususiyatlari hisobga olingan uning ma’muriy hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar va Qoraqalpogiston Respublikasidan iborat.
Quyidagilardan kelib chiqqan holda boshqaruv shaklining quyidagi ta’rifini taklif etamiz: Boshqaruv shakli - konkret davlatda davlat hokimiyatini tashkil etish usullarining majmuidir. Agar ushbu ta’rifni yanada aniqroq ifodalaydigan bo‘lsak, u oliy hokimiyatni, boz ustiga uning oliy va markaziy organlarini, tarkibi, vakolatini, shu organlarni tashkil etish tartibini, shuningdek, unda oddiy xalq ishtiroki darajasi, bu organlar vakolati muddatlarini ko‘zda tutishini aytishimiz kerak bo‘ladi.

Download 81.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling