Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi nazariyalar


II-bob. 2.1.Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi nazariyalarning joriy vaziyatdagi holati va tahlili


Download 81.16 Kb.
bet5/7
Sana21.04.2023
Hajmi81.16 Kb.
#1376552
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to\'g\'risidagi nazariyalar

II-bob.
2.1.Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi nazariyalarning joriy vaziyatdagi holati va tahlili
Davlat shakli birinchi navbatda davlat hokimiyatining mahalliy va oliy hokimiyat organlarining tuzilishidir. Davlatning boshqaruv shakli bu davlat hokimiyatining tarmoqqa bo‘linishidir. 1) Qonun chiqaruvchi hokimiyat (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi). 2) Ijro etuvchi qokimiyat (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasi). 3) Sud hokimiyati (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi). Davlat shaklini ikkinchi tarkibiy qismi bu davlatning tuzilish shaklidir. Bu jamiyatning milliy, iqtisodiy va madaniy xususiyatlariga bog‘liqdir. Tuzilish shakli bo‘yicha davlatlar unitar, ya’ni oddiy davlat tuzilishiga, federativ murakkab davlat tuzilishiga va konfederativ davlat tuzilish shakliga bo‘linadi. Davlat tuzilish shakli har bir davlatning siyosiy va ma’muriy hududiy -tuzilishini birlashtiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining hududida yashovchi barcha xalqning tarixiy va milliy xususiyatlari hisobga olingan uning ma’muriy hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar va Qoraqalpogiston Respublikasidan iborat.

Davlat shaklini uchinchi tarkibiy qism bu davlat hokimiyatining amalga oshirish usullaridir. Bu nuqtai nazardan jahondagi davlatlar ikki usulga demokratik siyosiy tartib va g‘ayridemokratik siyosiy tartibga bo‘linadi.Demak, ko‘ramizki, davlat shakllari uch qismdan davlatning boshqarish, davlat tuzilishi va davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari siyosiy tartibdan iboratdir.


Avval - boshdanoq, davlatni nazariy jihatdan tushunib etishda boshqaruv shakli alohida o‘rin tutishini ta’kidlashni istardik. Qonuniyat shuni taqozo etadi. Davlatga uyushgan jamiyatda davlat hokimiyatini kim va qanday amalga oshirishini aynan shu shakl belgalab beradi. Bu masala insoniyatni juda qadimdan to‘lqinlantirib keladi. Arastuning o‘zi, undan keyin Aflotun ham qadimgi dunyoda davlat hokimiyatini tashkil etish va uni boshqarishning xilma-xil shakllarini o‘rganar ekanlar, bu davlatlarni kim va qanday boshqarishi, ya’ni boshqaruv shakli mezoni bo‘yicha davlatlar tasnifini ishlab chiqishga urinishgan.


To‘la asos bilan aytish mumkinki, ko‘p asrlar davomida nazariy siyosiy-huquqiy tafakkur ko‘plab, ba’zan bir-biriga sira o‘xshamaydigan davlatlarni zo‘r berib o‘rganishni davom ettirib keldi. Olimlar o‘z izlanishlarida davlat shakllaridagi eng muhim jihatni ajratib olib, ularni tasvirlab berish, tahlil etish, baholashga va iloji bo‘lganda bu shakllarni rivojlantirish istiqbollarini oldindan aytib berishga urinardilar. Avgustin, Forobiy, Gobbs, Monteske, Lokk, Russo, Radishchev va boshqalarning asarlarida davlat shakllari haqidagi bilimlarni umumlashtirish va tizimlash, ularning vujudga kelish va rivojlanishining tub ildizlariga etib borishga ko‘p urinib ko‘rilgan.


Aynan shuning uchun, agar Arastu va Aflotun davrlarida nazariy siyosiy-huquqiy tafakkur boshqaruvning u yoki bu shaklini belgilab beruvchi sabablarni aniqlashga urinib, asosan boshqaruv xilma-xil shakllarini tasvirlash yo‘lidan borgan bo‘lsalar, XX asrda esa, siyosiy-huquqiy tafakkur marksistik nazariya doirasida boshqaruv shaklini (formatsiyadan kelib chiqqan holda) davlat xili bilan, jamiyatning sinfiy tarkibi, iqtisodiy bazasi kabilar bilan bog‘lab tushuntirishga intiladi. Boshqaruv shaklini (biz yuqorida aytib o‘tgan davlat shakli uch qismidan birini) aniqlashda marksistik nazariya davlat hokimiyati u yoki bu tuzilishini tavsiflovchi ijtimoiy-sinfiy belgisini asosiy belgi sifatida ajratib ko‘rsatardi.


U boshqaruv shaklini mazkur davlatning ijtimoiy-sinfiy mohiyatining, siyosiy mazmunining, sinfiy kuchlar amaldagi nisbatining tashqi ifodasi sifatida ta’riflardi. Bu chizmaga ko‘ra respublika sinfiy kuchlarning bir xil nisbatida paydo bo‘lsa, monarxiya boshqa nisbatida vujudga keladi.


Albatta, jamiyatning sinfiy tuzilishi, sinfiy manfaatlarning to‘qnashuvi, sinfiy kuchlar nisbatini hech kim inkor etmaydi, ular hayotda mavjud bo‘lib, davlat tuzilishiga, eng avvalo, hokimiyat tizimi qanday shakllarda tashkil topgani va amal qilishiga, davlatni kim boshqarishiga ta’sir etadi. Biroq, ayni paytda davlat sinfiy belgisi ahamiyatini oshirib yuborishga o‘rin yo‘q. Biz yuqorida bunday yondashuv uslubiy jihatdan noto‘g‘ri bo‘lib, aksariyat hollarda ko‘pgina narsalarni tushuntirib bera olmasligiga misollar keltirgandik. Yana bir bor shu masalaga to‘xtalamiz. Bunday yondashuvda boshqa bir qancha omillar: tarixiy an’analar, milliy ruhiyat, diniy ong, madaniy muhit, jamiyatni o‘ta g‘oyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi, ekologiya va ko‘pchilik boshqa omillar masalani o‘rganish doirasidan tashqarida qolib ketadi.


Hozirgi vaqtda fanimiz, shu jumladan, davlat va huquq nazariyasi jamiyat rivojining marksistik ta’limoti umumiy inqirozi bilan bog‘liq uslubiy inqirozdan asta-sekin xalos bo‘lib bormokda. Bu - davlat tuzilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida boshqaruv shaklini. Yanada chuqurroq va asosliroq tushunish, ushbu shakllarning chuqur o‘ylangan tasnifini takdim etish, ular rivojining real istiqbollarini oldindan aytib berish imkonini beradi.


Yuqoridagalardan kelib chiqqan holda boshqaruv shaklining quyidagi ta’rifini taklif etamiz: Boshqaruv shakli - konkret davlatda davlat hokimiyatini tashkil etish usullarining majmuidir. Agar ushbu ta’rifni yanada aniqroq ifodalaydigan bo‘lsak, u oliy hokimiyatni, boz ustiga uning oliy va markaziy organlarini, tarkibi, vakolatini, shu organlarni tashkil etish tartibini, shuningdek, unda oddiy xalq ishtiroki darajasi, bu organlar vakolati muddatlarini ko‘zda tutishini aytishimiz kerak bo‘ladi.


Boshqaruvning qadim-qadimdan insoniyatga ma’lum bo‘lgan shakllari monarxiya va respublikadir. Shu munosabat bilan Arastu o‘z vaqtida boshqaruv shakllarini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyaga, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokratiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga bo‘lganligini eslash o‘rinlidir.


Qadimgi yunon faylasufining shu qadar uzoqni ko‘ra bilish qobiliyatiga tan berish kerak! Zero, hozirgacha boshqaruv shakli oliy hokimiyat bir kishi tomonidan amalga oshirilishi (monarxiya) yoki u saylab qo‘yiladigan vakolatli kollegial organ (respublika)ga taalluqliligiga qarab bo‘linadi.


«Monarxiya» atamasi («monos» - bir, «arxe» - hokimiyat) yunoncha so‘z bo‘lib, «yakkahokimlik», «yagona hukmdor» ma’nolarini bildiradi. Monarxiya boshqaruv shakli sifatida o‘zining aniq yuridik belgilariga ega. Monarx davlatning jonli timsoli bo‘lib, tashqi va ichki siyosat bobida davlat boshligi sifatida, xalq vakili, millat «otasi» sifatida, fuqarolarni jipslashtiruvchi, ularni davlat tevaragiga birlashtiruvchi shaxs sifatida maydonga chiqadi. Monarxlar - masalan, Fransiya qirollaridan biri: «Davlat - mening o‘zimman», deb bejiz aytmagan. Biroq, bu aksariyat hollarda masalaning faqat Yuridik tomonini anglatar, amaldagi ahvolni ifodalay olmasdi.


Monarxiya tanxo hukmronlik qiladi. Albatta, bu davlatning barcha ishlarini uning bir o‘zi hal etarkan, degan ma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko‘p sonli maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlarini boshqarishardi. Ayni paytda, eng muhim, prinsipial davlat ishlari bo‘yicha monarxning o‘zi hukm chiqarishiga to‘g‘ri kelardi. U butun hokimiyatning to‘la sohibidir. Monarx hokimiyati oliy hokimiyat bo‘lib, mustaqildir. U - davlatdagi oliy hokimiyatdir. Odatda, uning hokimiyati muqaddas deb e’lon qilinar, din og‘ushiga o‘ralar edi. Albatta, shularning barchasiga qaramay, monarxning xalqaro, siyosiy va milliy kuchlar ta’sirini his etmasligi mumkin emas.


Lekin ba’zan monarx hukmi tasodifiy, sub’ektiv omillarga bog‘liq bo‘lib qoladigan hollar ham uchraydi (buni ham tushunsa bo‘ladi - axir monarx ham odam, insonlarga xos narsalarning hammasi unga ham begona emas).


Monarxiya hokimiyati vorislik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Hokimiyatning bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tishiga xalqning hech qanday aloqasi bo‘lmaydi. Monarx muddatsiz va umrbod hokimiyat egasidir. Lekin bundan monarxni faqat tabiiy o‘limgina hokimiyatidan ajratar ekanda, deb xulosa chiqarish xato bo‘lurdi. Monarxlar ag‘darib tashlangani, o‘ldirilgani, boshqa kishilar bilan almashtirilganiga tarixda misollar ko‘p.


Monarx mas’uliyatdan ozod kishi hisoblanadi, ya’ni u o‘z boshqaruvi natijalari uchun aniq yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Darvoqe, tarixda xalq monarxni javobgarlikka tortgan holatlar haqida ko‘pdan-ko‘p misollar mavjud (inqiloblarni eslaylik).


Monarxiyaning eng gullab-yashnagan davri yangi davr arafasiga to‘g‘ri kelib, bu vaqtda uning boshqaruvning respublika shaklidan farklari ko‘zga tashlana boshlagan, mutlaq (cheklanmagan) va cheklangan monarxiya ko‘rinishlari o‘rtasidagi farklar aniq bilinib qolayotgandi.


Mutlaq monarxiya shaklidagi boshqaruvning asosiy belgisi - monarxning to‘la hokimiyatini cheklaydigan biron-bir davlat organining yo‘qligidir- Monarxiyaning yuridik xususiyatlari to‘g‘risidagi S.A.Komarov nuqtai nazari biz uchun ham matlub bo‘lib, ular:


- hokimiyatdan muddatsiz, ya’ni umrbod foydalanish;
- taxtni meros sifatida yoki qarindoshlik huquqi bo‘yicha egallash;
- tashqi aloqalarda kafolat (mandat) asosida emas, o‘z shaxsiy huquqi bo‘yicha vakillikni amalga oshirish;
- davlat boshlig‘i javobgarligining yo‘qligi (faqat xudo oldida mas’ullik)dir.

Bunday sharoitlarda (zarurat yo‘qpigi tufayli) tabaqaviy, vakillik muassasalari yo‘qolib ketadi yoki to‘la tanazzulga yuz tutadi, xalqning siyosiy va ijtimoiy huquqsizligi odatiy holga aylanadi. Cheklangan monarxiya turli tarixiy davrda turli ko‘ri-nishga ega bo‘ladi. Qizigi shundaki, Arastu ruhiy asoslar-dan kelib chiqib, monarxiyalarni «to‘g‘ri» boshqaruv shakliga ega bo‘lgan monarxiya va mabodo monarx barchaning manfaatlari o‘rniga o‘zining g‘arazli, shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab, boshqarishda zulmni qo‘llaydigan bo‘lsa - «noto‘g‘ri» (zolimlik va istibdod) shaklga ega monarxiyalarni ajratib ko‘rsatgandi. Hozirgi zamon olimlari yuridik asoslarnigina hisobga olishadi. Ularga ko‘ra, cheklangan monarxiya (feodalizm davrida) tabaqaviy-vakillik hamda konstitutsiyaviy monarxiyaga bo‘linadi. Konstitutsiyaviy monarxiya o‘z navbatida dualistik va parlamentlik monarxiya (kapitalizm davrida) ko‘rinishlariga egadir.


Konstitutsiyaviy monarxiya burjuaziya jamiyatining shakllanish davrida paydo bo‘lgan. U shunday boshqaruv shak-lidan iboratki, bunda monarx hokimiyati vakillik organi tomonidan cheklangan bo‘ladi. Bu esa, parlament tasdikdaydigan konstitutsiyada mustahkamlanadi. Uni o‘zgartirishga monarxning haqi yo‘q. Shu asosda dualistik hokimiyat ikki taraflama xususiyatga ega bo‘lishini tushunib olishimiz mumkin (mazkur so‘zning tarjimasi ham shundan guvohlik berib turibdi).


Amaldagi mavjud va yuridik hokimiyat monarx shakllantiradigan hukumat bilan qonunchilik organi sifatida maydonga chiquvchi parlament o‘rtasida bo‘linadi. Mamlakatni boshqarish monarx ixtiyorida bo‘lib, vazirlar unga hisob berib turadilar. Hukumat parlamentning partiyaviy tarkibiga bog‘lanmagan holda shakllantiriladi. Boshqaruv dualizmi (ikki taraflamaliliga) shundan iboratki, misol uchun monarx feodallar manfaatlarini, parlament esa, burjuaziya va boshqa tabaqalar manfaatlarini ifodalaydi. Bunday boshqaruvga Prussiya, Italiya, Ruminiya (o‘tmishdagi) davlatlari misol bo‘la oladi.


.

Download 81.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling