Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi nazariyalar


Kurs ishi mavzusini o‘rganilganlik darajasi


Download 81.16 Kb.
bet2/7
Sana21.04.2023
Hajmi81.16 Kb.
#1376552
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to\'g\'risidagi nazariyalar

Kurs ishi mavzusini o‘rganilganlik darajasi:
Kurs ishi maqsadi.
Kurs ishi vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
Kurs ishining predmeti:
Kurs ishining obyekti:
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Kurs ishining tuzilishi:


I- bob.
1.1.Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi nazariyalarning ahamiyati
Hokimiyat boshqalar irodasini bo`ysundirishga asoslanadi. Muayyan bir ijtimoiy birlik a`zolarini bo`ysundirmasdan turib hokimiyat egasi ushbu ijtimoiy birlikda bajarilishi muqarrar bo`lgan qarorlar qabul qila olmaydi. Hokimiyat egasining qabul qilgan qarorlari uning hokimiyati ostidagilar tomonidan bajarilmasligi muqarrar bo`lsa, bo`ysundirish qobiliyati ham, hokimiyatning o`zi ham ahamiyatini yo`qotgan hisoblanadi. Hokimiyatning turli ko`rinishlarida bo`ysundirish turli vositalar bilan amalga oshiriladi. Masalan, hurmatga tayanib bo`ysundirish, ishontirish, rag`batlantirish hamda majburlash orqali bo`ysundirish va boshqalar.
2. Hokimiyat masalasidagi munosabatlar, ya`ni hokimiyat munosabatlari irodaviy xarakterga ega hamda o`zining tuzilishiga ko`ra hukmronlik yoki rahbarlik qiluvchi va uning irodasiga bo`ysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlardan iborat. Hukmronlik yoki rahbarlik qiluvchi hokimiyat munosabatlarining sub`ekti hokimiyat ostidagilar esa ob`ekti bo`lib hisoblanadi. Hukmron irodaga hokimiyat ob`ektlari zo`ravonlik yo`li bilan bo`ysundirilsa, rahbar irodaga ixtiyoriy, o`zi xohlab bo`ysunadi. Shuning uchun hukmronlikka asoslangan hokimiyatni irodaga bo`ysundirishning nodemokratik usuli, rahbarlikka asoslangan hokimiyatni demokratik usuli deb qarash mumkin.

Shunday qilib, hokimiyat deganda - muayyan bir ijtimoiy birlikda ma`lum bir shaxs, shaxslar guruhi, toifa, tashkilot yoki idoralarning ushbu birlik a`zolari bo`lgan shaxslar, guruhlar, birlashmalar irodasini o`ziga bo`ysundira olish qobiliyatini tushunish lozim.


Ijtimoiy hokimiyatning boshqa turlaridan farq qilib, davlat hokimiyati davlat majburlovi imkoniyatiga ega bo`ladi. Davlatchilikda hokimiyat munosabatlarining mohiyati shundan iboratki, bunda bir tomon hokimiyat egasi o`zining irodasini hokimiyat ostidagilarga majburlash kuchini qo`llash imkoniyati bilan ta`minlangan huquqiy normalar vositasida o`tkazadi, ularning xulq-atvorini huquqiy qoidalar bilan yo`lga soladi. Buning uchun maxsus majburlashga ixtisoslashgan apparat mavjud bo`ladi, hukmronlikda bunday apparat zo`rlik ishlatish funksiyalarini, rahbarlikda huquq tartibotni ta`minlash funksiyalarini bajaradi.
Davlat hokimiyatining sub`ekti hukmronlikda ma`lum bir toifa (zodagonlar, boylar, mulkdorlar, qashshoqlar va h.), rahbarlikda butun xalq, millat, ob`ekti esa xalq, jamiyat hisoblanadi. Agar hokimiyat sub`ekti va ob`ektining manfaat hamda irodasi bir-biriga mos kelsa, hokimiyat majburlash imkoniyatini ishga solmasdan amalga oshiriladi, agar aksincha zid kelsa bunda davlatning majburlash imkoniyatidan foydalaniladi. Demokratik jamiyatda hokimiyat sub`ekti va ob`ektining irodasi bir-biriga mos keladi. Chunki bunda jamiyatning har bir a`zosi davlatni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlaridan foydalana oladi va davlat hokimiyatining manbai sanaladi. U amalda davlatning oliy idoralarini saylashda ishtirok etadi, referendumlarda qatnashadi, davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga nisbatan o`zining munosabatlarini omaviy axborot vositalari orqali qo`rqmasdan bildira oladi, jamoat nazorati vositasida davlat idoralari faoliyatini nazorat qila oladi va boshqalar. Natijada u hokimiyatning faqat ob`ekti emas, balki faol sub`ektiga (ishtirokchisiga) aylanadi. Davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etgan har bir fuqaro davlat hokimiyatining har bir harakati uchun o`zining mas`uliyatini his qiladi va ijtimoiy faol bo`ladi.
Davlat hokimiyati davlat boshqaruvi orqali, ya`ni davlat idoralarining qonunlar asosida jamiyatga ta`sir o`tkazishi orqali amalga oshiriladi. Davlat jamiyat oldida turgan vazifalarni ro`yobga chiqarish maqsadida uni boshqaradi. Har qanday hokimiyat muayyan darajadagi obro`ga tayanadi, ya`ni hokimiyat aholi manfaatlarini qanchalik chuqur ifodalasa, uning obro`yi aholi orasida shunchalik baland bo`ladi. Lekin davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun aholi orasida obro`ga ega bo`lish etarli emas, u jamiyatni tashkil etuvchi kuch - majburlash imkoniyatiga ega apparatdan: maxsus tayyorlangan davlat xizmatchilaridan iborat davlat apparatidan ham foydalanadi. Majburlash kuchini qo`llash imkoniyati davlat hokimiyati qarorlarining jamiyatda amalga oshirilishini kafolatlaydi. Biroq agar davlat hokimiyati jamiyatni tartibga solishda faqat majburlash kuchidan foydalanadigan bo`lsa, bu uning mo`rtligi va barqaror emasligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, davlat apparati tashqi dushmandan jamiyatni himoya qilish va jinoyatchilikning oldini olishda o`z kuchi va imkoniyatlarini to`laqonli namoyon qilishi talab etiladi.

Shunday qilib, davlat hokimiyati – ijtimoiy hokimiyatning shunday turiki, u davlat irodasi, kuchi va qudrati yig`indisi bo`lib, davlat nomidan davlat idoralari tomonidan, hokimiyat vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati irodasiga davlat hududidagi hamda davlatga mansub barcha tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, fuqarolar bo`ysunadi. U jamiyatda barqarorlik va tartibni ta`minlaydi, fuqarolarni tashqi va ichki tajovuzdan himoya qiladi.





Download 81.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling