Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi nazariyalar


Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi nazariyalarning asoslari


Download 81.16 Kb.
bet4/7
Sana21.04.2023
Hajmi81.16 Kb.
#1376552
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to\'g\'risidagi nazariyalar

1.2.Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi nazariyalarning asoslari
Davlat shakli tushunchasi davlatshunoslikning eng muhim, sermazmun xususiyatlaridan biridir. Huquqshunos Ivan Ilin shu munosabat bilan quyidagilarni ta’kidlagandi: «Bu murakkab va g‘oyat mas’uliyatli masalani ehtiyotkorlik va mutlaqo xolis fikr bilan o‘rtaga qo‘yish zarur.

Eng avvalo, davlat shakli xalqlar hayotiga befarq qaraydigan «mavhum tushuncha» ham, «siyosiy chizgi» ham emas, balki hayot tarzi va xalqning jonli tashkilotidir. Xalq o‘z hayot tarzini tushunishi, aynan «shunday» tashkillanishini uddalashi; shu tuzum qonunlarini hurmat qilishi hamda shu tashkilotga ixtiyoriy hissasini qo‘shishi zarur. Boshqacha aytganda, aynan xalqning jonli xuquqiy ongi davlat shaklini ro‘yobga chiqaradi, unga hayot, kuch baxshida etadi; binobarin, davlat shakli eng avvalo xalq xuquqiy ongi darajasiga, xalq tomonidan to‘plangan tarixiy siyosiy tajribaga, uning iroda kuchi va milliy xarakteriga bog‘liq».


I.Ilvinning bu fikriga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q. Haqiqatan ham mabodo biron kishi o‘yin qoidalarini bilmasa, o‘yin rejasini taqdim eta olmasa va umuman o‘ynashni xoxlamasa, bunday odamni shaxmat o‘ynashga majbur qilish hech kimning hayoliga ham kelmaydi-ku.


Bir jamoada birga o‘ynamagan o‘yinchilardan tuzilgan futbol komandasi o‘yinni boy berishi turgan gap.


Tarixchilarning shohidlik berishicha, buyuk sarkarda Amir Temur bo‘lajak jang qanday borishi kerakligi, uning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirar, shuning uchun hech qachon mag‘lubiyat alamini totmagan ekan.


Siyosiy hayotda ham shunday: jonli odamlar tomonidan ularning vatanparvarlik muhabbati bilan, ularning davlat tushunchasi bilan, ularning burchga sadoqati, tashkiliy ko‘nikmalari bilan, ularning qonunga xurmatlari bilan yaratiladi. Bularning hammasini insonda tarbiyalash kerak. Binobarin, davlat shakli haqida faqat xalq huquqiy ongi darajasini va olingan ko‘nikmani hisobga olgan holdagina gapirish zarur.


Davlat va huquq nazariyasi tushunchalari tizimida «davlat shakli» kategoriyasi bilan «davlat moxiyati» kategoriyasi bevosita bog‘likdir.


Oldingi bo‘limlarda davlatning mohiyatini ochib bergandik. Ya’ni uning ijtimoiy vazifalari, jamiyatning davlat paydo bo‘lguniga qadar bo‘lgan tashkiliy tuzilishi aniqlab berilgan, davlatning asosiy belgilari ajratib ko‘rsatilib, asosiy ta’riflar berilgandi. Endi davlat shanday tuzilganini qarab chiqish payti keldi. Boshqacha aytganda, jamiyatning bu aloxida siyosiy, tarkibiy, xududiy tashkiloti qanaqangi shakllarda mavjud bo‘ladi va amal qiladi. Davlatning shunday shakli, ya’ni tuzilishini o‘rganib chiqqandan so‘nggina biz shunday murakkab hisoblangan davlatni tushunib etish sari bir qadam olg‘a siljidik, deya olamiz.


Ayni paytda ushbu mavzuning yaqin o‘tmishdagi nazariy va amaliy ishlanmalari mazkur toifa ma’lum ma’noda munosib baholanmaganidan dalolat beradi. Biroq, bu erda so‘z faqat munosib baholay olinmaganidagina emas, «davlat shakli»ni batafsil o‘rganishning ahamiyati haqida ham bormokda. Zero, E.I.Temnovning haqqoniy ta’kidlashicha, «davlat-huquq mohiyatidan kelib chiquvchi davlat shaklining (huquq shakli singari) qat’iyligi va aniqdigi e’lon qilingan siyosiy yo‘lni amalga oshirishda sub’ektivizm va zo‘ravonlikni jiddiy cheklashi mumkin edi».


Shu boisdan biron maqsadni ko‘zlabmi yoki beixtiyor ravishdami bilmadik, biroq sovet davri mualliflari aksariyatining asarlarida, odatda davlat «mazmuni»ning ahamiyatini ta’kidlab, uning sinfiyligiga urg‘u berilardi. Holbuki, shaklsiz mazmunning ham yashay olmasligi allaqachonlardan ma’lum edi. Shunga qaramay, davlat haqidagi ijobiy gaplarning qammasi beistisno uning mazmuniga nisbatan aytilardi. Bunday nuqtai nazarning asossizligini ko‘rsatib va isbotlab berish uchun ushbu kategoriyani batafsil qarab chiqish kerak bo‘ladi.


Gapni «davlat shakli» tushunchasiga oid turli nuqtai nazarlar mavjudligidan boshlash o ‘rinli, deb o‘ylaymiz. Jumladan, bir xil muagshiflar uni faqat tor ma’noda izohlaydilar. Ularning fikriga ko‘ra, bu - faqat boshqaruv shakli xolos. Boshqa birovlar bu tushunchani keng ma’noda talqin etadi. Zero, ular mazkur tushunchaga boshqaruv shakllari bilan davlat tuzilishi shaklini kiritadilar.


Biroq nuqtai nazarlar farqi shu yondashuvlar bilangina cheklanmaydi. Davlatning ichki va tashqi shakllarini farklovchi mualliflar ham bor. Ichki shakl deganda, demokratiya, tashqi shakl deyilganda esa, siyosiy hokimiyatning aniq tashkiloti tushuniladi (I.A.Karimov). Ushbu nuqtai nazar nimalarga asoslanganligini quyidagicha izohlash mumkin: modomiki, demokratiya siyosiy tartibning bir ko‘rinishi ekan, uni davlatning ichki shakli sifatida tushunish zarur,boshqaruv va davlat tuzilishi shakllari majmui esa, tashqi shaklni tashkil etadi. Ayrim davlatshunoslar davlatga harakatdagi dinamik va tashkiliy statik tizim sifatida qarashni taklif etadilar. Shu taklifdan kelib chiqqan holda ular dinamik jihatdan siyosiy (davlat) tartibni, static jihatdan esa, boshqaruv shakli va davlat tuzilish shakllarini davlat shakli deb hisoblaydilar.


Yuqoridagilarning hammasi yuridik adabiyotlarda davlat shakli bo‘yicha yagona tushunchaning yo‘kligidan dalolat beradi. Ayni paytda, ushbu tushunchaning an’anaviy hisoblangan ta’rifi mavjud bo‘lib, uni aksariyat olimlar ma’qullashadi, biz ham uni asos qilib olishni tavsiya etamiz.


Shunday qilib, davlat shakli deganda, uch tarkibiy qismi (yoki tomoni) - boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli birlikda olingan siyosiy hokimiyat tashkiloti tushuniladi (S.A.Komarov).


Ushbu ta’rifga e’tiroz bildirmagan holda, biz, e’ti-boringizni «siyosiy hokimiyat» hamda «siyosiy idora usuli» degan iboralarga jalb etishni istardik. Bu iboralar bizga tanish mazkur yo‘nalishda tez-tez qo‘llanadi.


Fikrimizcha, bu zaruriy shart emas. Shuning uchun ham ba’zi mualliflar diqqatni chalg‘itmaslik uchun bu iboralarni shunday qo‘llashadi: siyosiy (davlat) hokimiyat, davlat (siyosiy) idora usuli.


Yana bir jihatni ta’kidlashni istardik. Biz yuqorida davlat shakli uning mazmuni bilan uzviy bog‘likligini aytib o‘tgandik. Shu fikrni batafsilroq tushuntiramiz. Mazmun davlat hokimiyatining kimga tegishliligini, uning sub’ektini egasini aniqlash imkonini beradi, shuningdek, uni kim amalga oshiradi, degan savolga javob beradi. Zikr etilganlar asosida, davlat shaklining uch jihati mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.


Bular:
# boshqaruv shakli, ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish va tashkil etishning muayyan tartibi;


# davlat tuzilishi shakli, ya’ni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlarning o‘zaro munosabatlari muayyan tartibi;
# siyosiy (davlat) idora usuli, ya’ni siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirish usul va uslublaridir.

Lekin shuni ta’kidlash joizki, bular hozircha davlat shaklini tushunishga umumiy yondashuv, eng ilk tanishuvdir. Uni batafsilroq tushunish uchun davlat shaklini tashkil etuvchi uchchala jihatni diqqat bilan o‘rganish, ularning o‘zaro bog‘liqligi, o‘zaro ta’sirini kuzatish hamda nazariy, siyosiy-huquqiy ta’fakkur yuz yilliklar davomida davlatni o‘rganar ekan, davlat shaklining aynan shunday mazmunini nega alohida ajratib ko‘rsatganligini tushunishga harakat qilish kerak.


Davlat shaklini bunday tushunish dabdurustdan tarkib topmaganligi va hozir ham unga qo‘shilmasliklarini qayd etib o‘tish joiz deb o‘ylaymiz. Uzoq vaqt davomida davlat shakli boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklidan (biz keltirgan tarkibda dastlabki ikkitasidan) iborat deb hisoblab kelingandi.


Keyinchalik unga siyosiy idora usuli qo‘shildi. «Davlat shakli» va «siyosiy idora usuli» o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yuvchilar ham bo‘lgandi. Bunga asos ham bor edi. Biroq, buni keyinroq «siyosiy (davlat) idora usuli» tushunchasini batafsil ko‘rib chiqish vaqtida yaxshiroq tushunib olamiz. Shunga qaramay, hozirgi kunda davlat hokimiyati tashkiloti uch qism - boshqaruv, davlat (siyosiy) tuzilishi hamda davlat (siyosiy) idora usuli - birligidan tashkil topadi, degan konsepsiya keng tarqalgan.


Davlat shakllari tushunchasi. Bu boshqarish uchun davlat hokimiyatini tashkil etish, davlat tuzilish va siyosiy tartibni amalga oshirish usullaridir.





Download 81.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling