Davlatning mohiyati


Davlatning mohiyati tushunchasi


Download 73.19 Kb.
bet2/8
Sana26.10.2023
Hajmi73.19 Kb.
#1723256
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning mohiyati

Davlatning mohiyati tushunchasi
Davlat — siyosiy hokimiyat tashkiloti bulib, muyyyan xududda turli sinfiy, umuminsoniy, diniy, milliy va boshqa manfaatlarni amalga oshirishga kumaklashadi. "Davlat nima?" degan savol davlat va huquq nazaryasining eng asosiy masalalaridan biridir. Huquqiy adabiyetlarda bu savolga javob berishda yagona nuqtai nazar yo‘q. Chunonchi, sobiq sovet huquqshunosligida davlatning mohiyati sinfiy nuqtai-nazardan cheklanmagan hokimiyat, hukmron sinf diktaturasi ma’nosida talqin qilinar edi1.
G‘arbiy huquqiy nazariyalarda esy, davlat butun jamiyat manfaatlarini ifoda etadigan sinfiy, ijTimoiy ziddiyatlarni murosaga keltiradigan sinflar ustidagi to‘zilma, qurol deb ta’riflanadi. Albatta, davlat tushunchasyga u yoki bu yondashuvnn dabdurustdai inkor etshi to‘g‘ri emas. Davlatga berilgats har qanday ta’rifni diqqat bilan urganish kerak. Bunda asosiy E’tYborIy daVla-GNINg mohiyati nimadan iboratligiga qaratish lozim. Shu bois, moxiyat mazkur hodisadagi bosh, belgilovchi asosiy jihatdyr, YA’Yy bu xodisani tashkil tadigan ichki o‘ziga xos xususiyatlari yig‘indisy bulib, ularsiz har qanday xodisa o‘ziga xoslikdan mahrum bo‘lady, Davlat mohiyatining asosiy jihati hokimiyat va uning kimga tegishliligy masalasidir.
Davlatning mohiyati uning faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Davlatni uning faoliyati bilan aralashtirmaslik kerak. Davlat faoliyati uning muayyan vokelik sifatida namoyon bulishidir. Har bir davlat u yoki bu jamiyatda tutgan o‘rniga qarab o‘z mohyyatiga ega bo‘ladi. Davlatning mohiyatini aniqlashda shakl mazmun jihatiga e’tnbor berish zarur: birinchidan, har qanday davlat — siyosiy hokimyat tashkiloti. Bu masalaning shakliy tomoni;
ikkinchidan, davlat kimning manfaatlariga xizmat qiladi. Bu masalaning mazmun jihatidir.
Davlat haqidagi fan tarixi murakkab, serkirra jarayondir. Ushbu fan doirasida davlatchilik tabiati, tuzilishi va funksiyalari haqidagi, davlatning paydo bulishi va evolyutsiyasi to‘g‘risidagi bilimlar tuplanib, boyib boradi. Davlat tushunchasi va mohiyatini kurib chiqishga kirishishdan oldin, ularning talkini turlicha bulib kelganiga e’tiborni qaratish joiz. Davlat mohiyatini urganishga turlicha metodologik yondashuvlarning mavjudligi buning asosiy sababidir. Chunonchi, sho‘rolar davridagi adabiyotlarda davlat yagona sinfiy nuqtai nazardan tushuntirilgan, ya’ni unga hukmron sinfning cheklanmagan hokimiyati, diktatura quroli sifatida qaralgan.
Davlat mohiyatini ta’riflashga aynan shunday yondashuv Aflotun va Arastudan tortib, to ularning G‘arbiy Ovrupadagi bugungi izdoshlarigacha bulgan nomarksistik ta’limotlarni asossiz ravishda idealistik, noilmiy qarash sifatida rad etib keldi. O‘zaro farqlariga qaramay, ularning aksariyati davlatni ijtimoiy murosa va umumiy ezgulik yutugi sifatida tushunishlari bunga sabab bulgan1. Davlatchilik tarixida uni kanday tushunish lozimligini aniqlashni Aflotun va Arastudan boshlash maqsadga muvofikdir. Ular tasavvuriga ko‘ra, davlat siyosiy aloqalar vositasida muayyan bir tarzda birlashgan va o‘zaro bog‘liq, odamlar jamoasidir. Davlat umumiy kiyofasini yagona fukarolik jamoasi, siyosiy uyushma sifatida tushunish Ovrupa huquqshunoslik fanida o‘zok vak,t mustaxkam urin egallab keldi. Umuman, bu borada Aflotun va Arastu izdoshlari ko‘pchilikni tashkil etadi.
Albatta, davlatni hamisha va hamma aynan shunday tushungan ekan, deb uylash mumkin emas. Jumladan, kadimgi hind siyosiy ongida davlat (podsholik) tushunchasi davlatpanoxning, hukmdorning «jismi»ni bildirgan. XU1-XUP asrlardagi G‘arbiy Ovrupoga qaytadigan bulsak, bu yerda davlatchilikni tushunish keskin ravishda o‘zgargan. Davlat deganda tobora ko‘prok, hukmdor va uning yakinlari, xalk hokimiyati organlari, amaldorlar, mansabdor shaxslar qatlamlari va shu kabilar birgalikda tushuniladigan bo‘ldi.
Davlat mohiyatini tushunishdagi bunday o‘zgarishlarning, albatta, o‘z sababi, o‘z targibotchilari bor edi. Ular orasida J.Boden o‘zinish «Davlat to‘g‘risida olti kitob» asarida davlatni «suveren hokimiyat vositasida ko‘plab oilalar va ularga tegishli narsalar»6 ustidan adolatli hukmronlik sifatida tushunishni taklif etgandi.
Atoqli fransuz davlatshunosi, Arastu singari, davlat deganda odamlarning muayyan birligini qayd etsa-da, bu birlik endi davlatning asosiy, tizimlar tashkil etuvchi qismi sifatida maydonga chiqmaydi. U faqat davlat tomonidan harakat obyekti sifatidagina namoyon bo‘ladi. Davlat esa, uning ta’kidlashicha, suveren hokimiyatning odamlar jamoasi ustidan amalga oshiradigan raxbarligidir. J.Bodengacha xech kim davlatni shunday tushunmaganini qayd etish joiz.
«Suverenitet», «suveren hokimiyat» uning nazariyasidagi muhim so‘zlardir. Uning fikricha, suverenitet «davlatning doimiy va mutlaq hokimiyatidir». Ayni paytda uning bu nazariyasining o‘ziga xos tomoni shundaki, odamlarning butun jamoasi suveren hokimiyatning eng yakin va bevosita amalga oshiruvchisi bulolmaydi, bu vazifani hammaning ustidan hukmron bulgan davlatpanoh (yoki oliy organ) bajarishi mumkin. Shu tarifa u xalq suverenitetini keyingi o‘ringa surib, uni davlatpanoh suverenitetiga almashtiradi.
J.Boden davlatning shubxasiz muhim belgisini alohida ajratib, munosib baholay olganligini ta’kidlash kerak. Lekin mazkur tamoyil, muallifning bunday talqini ba’zi e’tirozlarga sabab bulmasligi mumkin emas. Zero, bu suverenitet egasini ijtimoiy yaxlitlikni tashkil etuvchi odamlar jamoasidan keskin ajratib kuyish degan gap edi. Chunki davlatning o‘zi ham, unga suverenlik huquqini baxsh etuvchi ham ana shu yaxlitlikning qismlaridir. Shu nuqtai nazarni T.Gobbs ham kullab-kuvvatlab rivojlantiradi. Darvoqe, buning uchun u birmuncha boshqacha dalillardan foydalanadi.
Odamlarni qo‘rquvda ushlab, ular harakatini ezgulikka yunaltirishga, deydi T.Gobbs, fakdt barcha alohida imtiyoz va kuchlarni bir odam kulida yoki bir k,ancha kishilik jamoat qo‘lida jamlash orqaligina erishish mumkin. Agar shu tariqa ko‘pchilik odamlarning birlashuvi ruy bersa, bu davlat deb ataladi. Monarx (ya’ni, podsho) davlat timsolida namoyon bo‘ladi. Davlat mohiyati faqat ana shu odamda (yoki tegishli shaxslar yig‘inida)gina mujassamlashgan bo‘ladi, deb xisoblaydi T.Gobbs. Suverenitet soxibi aynan shu davlatning o‘zidir, uning zimmasiga «kul ostidagilarga tinchlik-osoyishtalikni baxsh etish, ular xavfsizligini ta’minlash yuklatiladi».
Bunday qarashlar dunyo miqyosida ancha keng tarqalgan. Anarxistlar ham, sotsialistlar ham, liberallar ham ularni qo‘llab-quvvatlashgan. Chunonchi, misol uchun rus anarxisti M.Bakunin, davlatni jamiyatga xech qanday aloqasi bulmagan tashkilot deb xisoblaydi. Uning fikricha, davlat «uch yaramas narsaga - byurokratiya, politsiya va armiyaga tayanadi.
Shunday qilib, biz davlat mohiyatining marksizm asoschilari tomonidan talkini masalasiga yetib keldik. Uni alohida izoxlamoqchimiz. Zero, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotida ular alohida salbiy ahamiyat kasb etgan.
K.Marks va F.Engels uchun davlat, birinchi navbatda, «bir sinfning ikkinchi sinf tomonidan bostirilish mashinasidan boshqa narsa emas». Marks va Engels, burjua jamiyatidagi davlat «faqat butun burjuaziya sinfi umumiy ishlarini boshqaruvchi qo‘mitadir, holos», deb uktirishgan («Kommunistik partiya manifesti»). Lenin ham davlat timsolida «bir sinfning boshkdsi ustidan hukmronligini saklab turuvchi» mashinani kurgan. «Davlat - muayyan sinfning hukmronlik organidir, - deydi u. - U o‘z muholiflari bilan (o‘ziga qarama-qarshi sinf bilan) murosaga kelishi mumkin emas».
Bunday yondashuv davlat to‘g‘risidagi tasavvurlarni qashshoqlashtirar va hatto bo‘zib kursatardi, uning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini jun va bir tomonlama tushunishga olib kelar, mazkur xodisaning majburlovchi, zuravonlik tomonlari ustuvorligini tan olishga da’vat etardi.
Birok, shuni ham ogoxlantirish joizki, har qanday yondashuvni, shu jumladan, sinfiy yondashuvni ham bir yo‘la rad etib bulmaydi. Davlat rivojida shunday paytlar bo‘ladiki, unda mazkur yondashuv ham (barcha nuksonlariga qaramay) ish berishi mumkin. Masalaning mohiyatini oydinlashtirishga harakat qilamiz.
Ma’lumki, iqtisodiyotning rivojlanishi muayyan darajaga yetib,
ijtimoiy ne’matlarni teng taksimlashning avvalgi tizimi yashay olmay kolgan hamda jamiyatning bundan keyingi rivoji uchun Sharq, jamiyatida bulganidek, siyosiy sohada yoxud Ovrupodagidek siyosiy va iqtisodiy sohada boshqaruv bilan shugullanadigan elitar katlamni ajratish zaruratga aylanganda davlat dunyoga keladi. Bu jamiyatni tabaqalanishga olib keldi va shunda dastlab (ibtidoiy jamoa tuzumida) jamiyatning barcha a’zolariga tegishli bulgan hokimiyat siyosiy mazmun kasb etdi, ya’ni u eng avvalo imtiyozli ijtimoiy guruhlar, sinflar manfaatiga xizmat qila boshladi. Binobarin, davlatning paydo bulishi hamisha ommaviy hokimiyatning mazmuni o‘zgarib, siyosiy hokimiyatga aylanishi bilan bog‘liq. Bu nimani anglatadi? Ibtidoiy jamoa tuzumi hokimiyatidan farkli o‘laroq, bu hokimiyat eng avvalo jamiyatning, sinfning imtiyozli qismi manfaatlarini uylab amalga oshiriladi. Ushbu holatda sinfiy yondashuv bunday hokimiyatni tavsiflash, bunday davlat mohiyatini ochib berishda keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Biroq davlat hokimiyatining mazmuni hamisha bir xil bulavermaydi. Chunonchi, Qadimgi Afina va Rimda sinfiylik yakqol ko‘zga tashlanib turadi va shubxaga urin qoldirmaydi. U yerlarda hokimiyat quldorlar kulida bulib, ular asosiy ishlab chiqarish vositalari (yer)ga ham, ishlab chiqaruvchilar -qullarning o‘ziga ham egalik qilardilar. Qullar davlat hokimiyatini amalga oshirish u yokda tursin, umuman har qanday huquqdardan maxrum etilgandi.
Yirik yer egaligiga asoslangan feodal jamiyatda ham axvol shunday edi. Hokimiyat feodallar - yirik yer egalari qo‘lida bulgan. Dexkonlar hokimiyat ishiga aralasha olmas, feodallarning tula yoki qisman mulki xisoblanib, barcha yuridik huquqlardan kariyb maxrum edi. Shunday qilib, kuldorlik jamiyatida ham, feodal jamiyatda ham biz oshkora ijtimoiy tengsizlikka, davlat hokimiyatining sinfiy (tabaqaviy) mazmun - harakteriga duch kelamiz.
Biroq, burjua jamiyatida davlat hokimiyati harakterini baholashga birdek yondashib bulmaydi. Zero, bunday jamiyatda konun oldida rasman hamma teng, bir xil huquqqa ega va bular odatda, deklaratsiya va konstituiiyalarda yuridik jihatdan mustaxkamlab Qo‘yilgan. Lekin ilk burjua jamiyatida konun tomonidan belgilab qo‘yiladigan mulkiy, ma’lumotga oid va boshqa kamsitishlar aholi kambag‘al katlamlarining" saylov huquqlarinn ham cheklashi hammaga ma’lum. Shu yo‘l bilan hokimiyatning iqtisodiy hukmron sinf - burjuaziyaga mansubligi ta’minlanadi.
Endi hokimiyat byurokratik amaldorlar mahkamasi (to‘g‘rirog‘i uning raxbariyati) qo‘lida bo‘lgan Sharq mamlakatlariga murojaat qilamiz. Shu o‘rinda amaldorlarning sinfiyligi haqida gapirish mumkinmi degan savol tugilishi mumkin.Buning ustiga mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarish vositalari (yer)ga mulk egaligi yo‘q bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar esa, rasman ozod edilar. Lekin bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, ushbu mamlakatlarda hokimiyat ko‘proq butun jamiyatning emas, balki hokimiyat tepasida turgan muayyan ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalardi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, bu ijtimoiy guruhlar ijtimoiy ne’matlarni taksimlash tizimidagi alohida o‘rinlari hamda uiing aichagina qismini o‘zlashtirib olishlari bilan ishlab chiqarish vositalariga alohida munosabatlari bilan, ya’ni amalda ularning egalariga aylanib, ishlab chiqaruvchilarning o‘zlarini ham asoratga solib, «kullar jamoasi» darajasiga tushirib qo‘yishlari bilan ajralib turadilar va amalda sinflarga aylanadilar.
Umuman olganda, davlat (ba’zan esa, davlat- partiya) mahkamasining bundai cheklanmagan hukmronligi ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik hukm surgan jamiyatda ham vujudga kelnshn mumkin. Davlat mahkamasi favkulodda mustaqilikka ega bulib, jamiyatga qariyb bo‘ysunmay qo‘ygan vaziyatda bunday holat yuzaga keladi. Jumladan, sinflarni bir-biriga teng qo‘yish ularni bir-birlariga gij-gijlash yo‘li bilan bunga erishish mumkin. Bonapartistlik hukmronligi davrida Fransiyada xuddi shunday holat yuz bergandi. Har qanday o‘zgacha fikrlashni, hukmron doiralar ra’yiga qarshi har qanday harakatlarni ayovsiz bostirish yo‘li bilan ham shunday holatga erishish mumkin. Olmoniya va Italiyadagi fashistik rejimlar, Lotin Amerikasidagi totalitar yoki avtoritar rejimlar sharoitida shunday vaziyatlar ko‘zatilgan.
Shunday qilib, keltirilgan misollardan kurinib turibdiki, sinfiy yondashuv davlatning muhim xususiyatlarini aniqlash, undagi mavjud ijtimoiy ziddiyatlarni ilg‘ab olish imkonini beradi. Bundan tashqari, ma’lumki, barcha tarixiy bosqichlarda jamiyat eziluvchi sinflari va qatlamlarining davlat hokimiyatini egallab olgan ezuvchilarga karshi chiqishlari ko‘zatilgan. Bularga Rimdagi qullar qo‘zg‘olonini Angliya, Fransiya, Olmoniya, Xitoydagi dehqonlar isyonlari va urushlarini, ishchilarnnng ish tashlarini hamda inqilobiy chiqishlari va shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Shunga qaramay, yana bir bor ta’kidlashni istar edikki, davlat hokimiyatining sinfiy, «tabaqaviy» xususiyatini aniqlash bilangina lavlat mohiyatini to‘la namoyon etib bulmaydi. Mazkur muammoni fakat sinfiy yondashuv yordamida o‘rganish davlat va siyosiy hokimiyatni ilmiy bilish imkoniyatlarini ancha cheklab qo‘yadi.
Birinchidan, hokimiyat davlatdan anchayin kichiq ijtimoiy guruhlar qo‘lida bo‘lib, bu guruhlar u yoki bu sinf manfaatlarini to‘la ifoda etmasligi, balki o‘zlarining tor guruhiy manfaatlari yo‘lida (bonapartizm, totalitar byurokratik rejimlardagidek) harakat qilishlari mumkin.
Ikkinchidan, mustamlakachilik qaramligidan ozod bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda ko‘pincha biron-bir sinf hokimiyatini kulga olish uchun yetarli kuch va uyushkoklnkka ega bulmagan holatlar yuzaga keladi. Basharti, bu mamlakatda umummilliy manfaatlar (mustaqilikka erishish, milliy iqtisodiyot va madaniyatni rnvojlantirish) ko‘ndalang bo‘lgan taqdirda turli sinflar va sinf bo‘lmagan ijtimoiy guruhlar bloki tashkil topib, kshp hollarda ular tarkibiga milliy burjuaziya, ishchilar sinfi, dehqonlar, ziyolilar, hunarmandlar, mayda savdogarlar ham kiradilar.
Uchinchidan, muayyan sharoitlarda butun xalqqa tegishli bo‘lgan davlat yuzaga kelishi mumkin. Bunda umumxalk manfaatlari sinfiy yoki guruhiy manfaatlardan kelib chiqadi.
To‘rtinchidan, (bu juda muhim), ijtimoiy ziddiyatlarning mavjudligiga qaramay, jamiyat hamisha bir butun yaxlitdir. Zero, qullarsiz quldorlarning, dehqonlarsiz yirik yer egalarining, ishchilarsiz kapitalistlarning bo‘lishi mumkin emas. Sharq mamlakatida jamoa mehnati amaldorlar mahkamasi mavjudligining zarur shartidir. Shu bois hokimiyat tepasida turgan sinf yoki ijtimoiy guruh hamisha (hatto o‘z manfaatini o‘ylab ham) eziluvchi sinf haqida bir qadar g‘amxo‘rlik kqlishga majbur.
Shuning uchun ham har qanday davlat umumijtimoiy funksiyani bajarishi, butun jamiyat manfaatlari yo‘lida harakat qilishi shart bo‘ladi. Shu jihatdan olib qaralganida har kaiday davlat faqat bostirish kuroli bulibgina qolmay (kadim ajdodlarimiz aytib ketganlaridek), birlashtirish vositasi, integratsiyalash (yaxlit holatga keltirish) yusini sifatida jamiyat timsoli hamdir.
Shunday qilib, davlatning umumijtimoiy funksiyasi uning muhim xususiyati bo‘lib, sinfiylik xususiyati bilan bir qatorda davlat umumiy mohiyatining eng ahamiyatli jihatini tashkil etadi. Shuni yodda tutish kerakki, davlatda xukmron doiralarning tor sinfiy yoxud guruhiy manfaatlari hamisha butun jamiyat manfaatlari bilan qo‘shilib ketadi. Lekii davlat mohiyatining yuqorida tilga olingan jihatlari turli davrlarda va turli tarixiy sharoitlarda birdek bo‘lmagan va bir tomonning kuchayishi ikkinchi tomonning zaiflashuviga olib keladi. Buni inobatga olish juda muhim.
Chunonchi, quldorlik jamiyatida davlatning sinfiylik jihati eng ko‘p darajada ustuvor bo‘ladi. Butun hokimiyat, yuridik huquqlar, o‘z manfaatlarini amalga oshirish imkoniyatlari to‘liq hukmron sinf qo‘lida bo‘ladi. Shunga qaramay, bu jamiyat to‘g‘risidagi bilimlarimizning hammasini ham to‘g‘ri deb bulmaydi. Butunlay haq-huquqsiz zot sifatida qullar to‘g‘risidagi tasavvurimizda birmuncha mubolag‘a ham bor. Birgina mamlakatdagi kullar soni ozod fuqarolar sonidan ancha ko‘p bulganligidan kelib chiqan taqdirda ham kullarga xech narsa bog‘liq bo‘lmagan, deya olmaymiz. Masalan, Rimda ozod kishilar umumiy aholining atigi uch foizini tashkil etgan. Shuning uchun kullar bilan hisoblashmaslikning iloji ham yo‘q, xavfli ham edi. Har qanday biron himmatga ega bo‘lgan mulk qatori qullar ham ma’lum darajada yuridik jihatdan himoyalangan. Bularning hammasi kuldorlik davlatining umumijtimoiy roli biz uylaganimizdan ancha kattaroq ekanligidan dalolat beradi.
Jamiyatning quldorlik tuzumidan feodalizmga, feodalizmdan kapitalizmga tomon harakati davomida davlat faoliyati umumijtimoiy jihatining ahamiyati ham oshib borgan. Xususan, uning hozirgi G‘arb jamiyatidagi makomi katta. Tadbirkorlar foydasidan undiriladigan katta soliqlar, mehnat sharoitlarining davlat tomonidan muvofiqlashtirib borilishi, turli xildagi ijtimoiy dasturlarning keng rivoj topganligi va boshqa tadbirlar shunga olib keldiki, natijada mavjud ijtimoiy ziddiyatlar salmoqli tarzda yumshab bormoqda, sinfiy raqiblar tobora kamayib borayotganligi tufayli ularni bostirish choralariga zarurat ham kamaymokda, jamiyatning siyosiy barkarorligi oshmokda. Shunday qilib, davlat faoliyatidagi ijtimoiy jihatlarning o‘sib borishi bilan bir vaqtda uning sinfiylik mazmunini belgilovchi ulushi ham kamayib boryapti.
Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, davlat tushunchasi va mohiyatini har taraflama to‘liq, hamda obyektiv bilish uchun faqat sinfiy yondashuvning o‘zi mutlako kifoya qilmaydi. Binobarin, bu o‘rinda davlat to‘g‘risidagi boshqa nazariyalar - elitar, texnokratik, plyuralistik demokratiya, «umumiy farovonlik» davlati va boshqa nazariyalar qoidalaridan foydalanish kerak bo‘ladi.

Download 73.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling