Davlatning mohiyati


е) Texnokratik davlat nazariyasi


Download 73.19 Kb.
bet6/8
Sana26.10.2023
Hajmi73.19 Kb.
#1723256
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning mohiyati

е) Texnokratik davlat nazariyasi. Davlat faoliyati nazariyalari va vositalari qatoriga «texnokratik davlat» nazariyasini ham kiritish kerak. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vujudga kelib, 60-70-yillarda ancha keng tarqalgan. Ushbu nazariya tarafdorlari orasida T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. bell kabi olimlar bor. Uning paydo bulishi aksariyat mamlakatlarning texnika vositalari shu jumladan, radioelektronikani o‘zlashtirish va ulardan foydalanishdagi yirik muvaffakiyatlar bilan bog‘liq. Mazkur nazariyaga ko‘ra, texnikaning bundan keyingi taraqqiyoti davlat boshqaruvining ko‘pgina masalalarini boshqacha xal etish imkonini beradi. Masalan, radiotelevizion texnikadan foydalangan xolda fuqarolardan sotsiologik surovlar va hatto ovoz berish (referendum)
utkazish mumkin. Kompyuterlar alohida shaxslar irodasiga bog‘liq bulmagan adolatli va eng maqbul yechimlarni topish imkoniyatini beradi.
j) Konvergensiya nazariyasi.
Davlatning istiqboldagi rivojini bashorat qiluvchi nazariyalardan biri - konvergensiya nazariyasi XX asrning 50-60-yillarida paydo bulgan (D.Gelbreyt, R.Aron, P.Sorokin asarlari). Uning mohiyati shundan iboratki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ikki tizim: Rarbda - AQSH, Angliya va boshkdlar bilan sobik Sovet Ittifoki va sotsialistik lagerning boshqa mamlakatlarining bir-birlariga o‘zaro ta’siri ruy beradi. Natijada yuqoridagi mamlakatlarning har bir guruhi eng yaxshi tomonlarni o‘zlashtiradi va shu tarika o‘z mohiyati, tashkiliy uyushishi, faoliyat shakllari va shu kabilar bo‘yicha davlatlarning yakinlashuvi sodir bo‘ladi.
Nazariya mualliflarining fikricha, bu shunday holatga olib kelishi kerakki, unga ko‘ra ma’lum vaktdan keyin o‘zaro farqlar yo‘qola borib, yagona tipdagi «postxindutrial davlatlar» - «umumiy farovonlik» davlatlari yuzaga keladi.
Mazkur nazariya mualliflarining oldindan ko‘ra bilish zakovatlariga tan berish kerak. Zero, ushbu nazariya g‘oyalarining hammasi bulmasa-da, ko‘pchiligi hozirgi hayotimizda o‘z tasdigini topmokda.

Download 73.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling