Davlatning monopoliyaga qarshi faoliyati


Download 137 Kb.
bet2/5
Sana28.01.2023
Hajmi137 Kb.
#1135084
1   2   3   4   5
Bog'liq
Monopoliya

MONOPOLIYA- tarmoqda asosan bitta firma hukumonlik qilishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukumronlik shakllanadi.
Monopoliyalar o’zlarining takliflari umumiy xajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib, mahsulot xajmini sun’iy cheklash orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu orqali barqror foyda olishi mumkin. Bozor munosabatlari tizimida monopoliyalar ustidan ikki usulda nazorat o’rnatiladi.
Birinchi usulda , texnologiya va iqtisodiy sharoitlar “ raqobatli bozor mavjud bo’lish imkoniyatini yo’qqa chiqaruvchi tabiiy monopoliyalar deb nom oladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko’rsatilgan xizmatlar andozalari o’rnatiladi. Transport, aloqa, elektr quvvati, ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum darajada shunday tartibga solinadi.
Elektr energiyasi uchun 2002-2006 yillar mobaynidagi 1 kvt uchun o’rtacha narxlari.

Yillar

2002

2003

2004

2005

2006

1 kvt narxi, so’m

8,0



16,8



25



34,5



38,0


Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko’pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta’minlash sababli davlat raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyaga qarshi qonunlar qabul qilishdan iboratdir.
Aynan mana shu ikki usulni o’zida mujassamlashtirgan davlat tashkiloti 2005 yil 30 apreldagi O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 3602-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Bu tashkilotning nomi “ O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’lab quvvatlash Davlat Qo’mitasi”dir.
Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasida eski ma`muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta`minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to`laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo`lidagi mavjud g`ov-to`siqlarni bartaraf etish zarurligiga alohida e`tibor qaratdi.
Bu vazifalar O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi zimmasiga ham katta mas`uliyat yuklaydi. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil yakunlariga bag`ishlangan yig`ilishida mazkur qo`mita va uning hududiy organlari tomonidan raqobatni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari yo`lida paydo bo`layotgan to`siqlarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar talab darajasida emasligi ko`rsatib o`tilgan edi.
Hozir qo`mita tomonidan bu boradagi ishlarni takomillashtirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Asosiy e`tibor avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini qo`mita faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga yo`naltirilmoqda.
Poytaxtimizning Yunusobod tumanida qo`mitaning Toshkent shahar boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda uyushtirgan tadbirda ayni shu masala xususida so`z bordi. Unda tumanda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlar ishtirok etdi.
Sog`lom raqobatning barqarorligi tadbirkorlik rivojini ta`minlaydi. Bozorda yakka hukmron - monopolistlarning paydo bo`lishi esa bu erkinlikka putur etkazibgina qolmay, kichik biznes ravnaqiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Buning oldini olish uchun mamlakatimizda 1996 yilda "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida"gi qonun qabul qilingan.
Ushbu qonun sog`lom raqobat muhiti yaratish va uning rivojini rag`batlantirish, qo`llab-quvvatlashda muhim omil bo`lib xizmat qilmoqda. Qonunning beshinchi moddasida ustun mavqeni egallab turgan xo`jalik yurituvchi sub`ektning raqobatni cheklaydigan va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning manfaatlarini kamsitadigan yoxud kamsitish mumkin bo`lgan hamda xo`jalik yurituvchi sub`ektni teng bo`lmagan vaziyatga solib qo`yishga oid harakatlari taqiqlanadi.
Masalan, "Toshkent qishloq xo`jalik mahsulotlari ulgurji bozori" ochiq aktsiyadorlik jamiyati tomonidan do`konlarni ijaraga berishda shartnomaga tadbirkorni qiyin vaziyatga solib qo`yadigan qoida kiritilgan. Tadbirkor tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasa, shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishi, joydan foydalangan davr uchun to`lovdan ozod etilmasligi, oldindan to`langan mablag` qaytarilmasligi kabi javobgarlik masalasi aniq qayd etilgan. Ammo shartnomada jamiyat zimmasidagi majburiyatini bajarmaganda, unga nisbatan hech qanday javobgarlik belgilanmagan.
"O`zbekqishloqmash" ochiq aktsiyadorlik jamiyati xo`jalik yurituvchi sub`ektlar bilan tuzgan shartnomalarda ham asosan o`z manfaatlarini ko`zlagan. O`zi mahsulotni vaqtida etkazib bermasa, 0,5 foiz miqdorida penya to`lashi, xaridor vaqtida pulini to`lamaganida esa 15 foiz miqdorida jarima solinishi, shuningdek, kechiktirilgan har bir kun uchun 0,4 foiz penya to`lashi belgilangan. Bu ham nomi zikr etilgan qonunga ziddir.
Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi aralashuvi bilan qonunga xilof ravishda tuzilgan bunday shartnomalar bekor qilindi. Aytish joizki, bu qonunbuzarlik boshqarma tomonidan o`tkazilgan tekshiruvlar paytidagina aniqlangan.
Nohaqlikka duch kelgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning o`zi esa bu haqda monopoliyaga qarshi kurashuvchi organlarga vaqtida murojaat qilmagan.
Ko`pchilik tadbirkorlar o`z huquqlarini yaxshi bilmasligi ularning bunday vaziyatlarga tushib qolishiga sabab bo`layotir. Shu bois yunusobodlik tadbirkorlar bilan jonli muloqot tarzida o`tgan uchrashuv ularga bu borada katta yordam bo`ldi.
Bunday uchrashuvlarni poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham o`tkazish rejalashtirilgan


Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling