Davlatning monopoliyaga qarshi faoliyati


Download 137 Kb.
bet4/5
Sana28.01.2023
Hajmi137 Kb.
#1135084
1   2   3   4   5
Bog'liq
Monopoliya

Ta’lim: Ta’limga qilinadigan xarajatlar ishchi kuchini yaratish uchun zarur bo’lgan xarajatlarning bir qismi hisoblanadi. Ta’lim berishdan maqsad shxsning har tomonlama kamoloti va undagi bunyodkorlik qobilyatlarini to’la namoyon qilishdan iborat. Respublikaning milliy ta’lim tizimi davlat hamda nodavlat ta’lim va tarbiya muassasalaridan tashkil topadi. Ularga : maktabgacha tarbiya, umumiy o’rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim va tarbiya, kasb hunar ta’limi, o’rta maxsus ta’lim, ilmiy v ailmiy pedagogic kadrlar tayyorlash, fuqarolarni mustaqil ta’lim olishi kiradi. O’zbekiston Respublikasi o’quv yurtlarining moddiy bazasini tekin foydalanishga berilgan yer, binolar, inshoatlar, uskuna va jihozlar, materiallar tashkil qiladi. Moddiy bazani yangilash va rivojlantirish uchun moddiy va noliyaviy resursalar ajratiladi, davlat buyurtmasi ko’rinishida capital qo’yilamalar nazarda tutiladi.Ta’limga qilinadigan xarajatlar joriy xarajatlar( ish xaqi, ish xaqiga ustamalar, stipendiyalar, ovqatlanish xarajatlari yumshoq inventarlarni sotib olish va boshqa xarajatlar kiradi), uskuna jihozlar va capital ta’lim xarajatlari, capital qo’yilmalari kabi turlardan iboratdir. Byudjet xarajatlarini detallashtirish ularni maqsadli sarflanishi ustidan moliya organlarining nazoratini kuchaytirish zaruriyati bilan bog’liq. Bunga ta’lim muassasasiga smeta moliyaga asoslanishi yoki xarajatlar smetasi asosida moddalar bo’yicha byudjet mablag’larini ajratish prinsipi ham mos keladi.
Iqtisodiy moddalar bo’yicha byudjetdan kiritiladigan mablag’lar xajmini belgilash va o’z mazmuniga ko’ra xilma-xil bo’lgan xarajatlarni ta’lim bo’yicha davlat boshqaruvi organi calendar moliya yiliga byudjetdan ajratilgan mablag’lar doirasida amalga oshiriladi.
Mablag’larni ajratishda smeta tartibi eng muhim deb e’tirof etiladi. Dastlab ta’sischi har bir muassasa uchun xarajatlar smetasini shakllantirishda hisobga olinadigan ishlab chiqarish faoliyati ko’rsatkichlarini (binolar, nazorat raqamalari, davlat buyurtmasi) belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiyalanuvchilar va guruhlar soni, maktablar uchun o’quvchilar va sinflar soni, kasb0hunar maktablari bo’yicha grant qabulidagi talabalar soni va boshqalar ishlab chiqarish ko’rsatgichlari hisoblanadi. Moliyaviy rejalashtirishda moliya yili boshi va oxiridagi ko’rsatgichlar bilan birga komplektlash qabul muddatlari, o’qish jarayonida o’qishdan chiqib ketish bilan bog’liq o’rtacha yillik ko’rsatgichlar ham hisobga olinadi.
Muassasalar bo’yicha hisob-kitob qilingan byudjetdan zaruriy moliyalashtirish hajmlari maxsus xujjat- xarajatlar smetasi bilan rasmiylashtiriladi.
Madaniyat va san’atni moliyalash: Madaniyat insonlarni barkamollik va insonparvarlik, iqtisodiy salohiyatini rivojlantiruvchi sohadir. Byudjet tasnifiga ko’ra madaniyat xarajatlari Madaniyat va OAV” bo’limida keltiriladi va TV, radio, nashriyot va davriy ma’lumotlarni qamraydi.
Kelgusi xarajatlarni baholashda va byudjetdan moliyalashning zarur xajmini aniqlashda muzeylar katta qiyinchilik tug’diradi. Byudjetdan moliyalashtiriladigan ma’rifat markazlariga kutubxonalar ham kiradi.
Sog’liqni saqlsh: Sog’liqni saqlashga qilinadigan xzarajatlar 3 asosiy guruhdan iborat:

  • Davolashning profilaktika markazlari va tadbirlari uchun xarajatlar;

  • Sanitariya muassasalari va tadbirlari;

  • Boshqa muassasalar va tadbirlar.

Kasalxonalarni o’rtacha saqlash xarajatlarini hisoblashda o’rinlarning o’rtacha yillik soni asos qilib olinadi. Bu miqdor yangi o’rinlar ochilishi muddatlariga qarab quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ko’r=Kb+(Ko-Kb)*P
Bu yerda:
Ko’r-o’rtacha yillik o’rin soni;
Kb-yil boshidagi o’rin soni;
Ko-yil oxiridagi o’rin soni;
P-yangidan ochilgan tashkil etilgan o’rin ishlagan oylar soni.
Aholini sog’ligini saqlash xarajatlari tarkibiga shifokorlarning ish xaqi ham kiradi. Ish xaqi xarajatlarining hisobidagi asosiy ko’rsatgich quyidagilar:

  • Har bir toifa bo’yicha xodimlar lavozimi soni;

  • Har bir xodim toifasi uchun o’rtacha ish stavkasi.


Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling