Davlatning narx siyosatini iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug’iga ko’ra tahlil qilish. Reja


Daromad va xarajatlarni diskontirlash


Download 209.18 Kb.
bet2/23
Sana27.12.2022
Hajmi209.18 Kb.
#1069082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Davlatning narx siyosati

Daromad va xarajatlarni diskontirlash

1. Daromad va foyda.
2. Rentabellik tushunchasi va turlari, hisoblanishi.
3. Qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini aniqlash va foydani maksimallashtirish.

1. Daromad va foyda.

Firma yaratgan tovar va xizmatlar sotilgach, u daromadga ega bo’ladi.


Firma daromadi tovar va xizmatlari sotilishi tufayli uning ixtiyoriga kelgan pul tushumidir. Firma daromadi ikki narsaga bog’liq: birinchisi, tovar va xizmatlarning miqdori, ikkinchisi, ularning bozor narxi. Tovar va xizmatlar miqdori qanchalik ko’p bo’lsa va ularning bozorda sotilish narxi qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik daromad ko’p bo’ladi. Daromadni aniqlash uchun tovarlar miqdori ularning narxiga ko’paytiriladi. D=Q*P xosil bo’ladi.
Daromadlar yalpi daromad, o’rtacha daromad va chegaralangan daromadga bo’linadi.
YAlpi daromad muayyan vaqtda firmaning topgan jami daromadi bo’ladi, bu barcha tovarlar va xizmatlarni sotishdan kelgan pul tushumidan iborat.Masalan, muzlatgich zavodi yiliga 100 ming dona muzlatgich chiqarib, uning xar birini 120 ming so’mdan sotadi. Bunda uning yalpi daromadi 12 mlrd. so’m bo’ladi.
Firmaning yalpi daromadini qancha tovar bilan taqqoslaganda o’rtacha daromad kelib chiqadi.
O’rtacha daromad - bu tovar birligini sotishdant kelgan pul tushumidir.Uni aniqlash uchun yalpi daromad sotilgan tovarlar miqdoriga bo’linadi. Oldingi misolga qaytsak, zavodning yalpi daromadi 12 mlrd. so’m bo’lib, sotgan muzlatgichlari 100 ming dona edi.Bunda
Dor=Dya/Q= 12 mln/100 ming =120 ming
O’rtacha daromad amalda sotilgan tovarning bozor narxiga teng bo’ladi, ya’ni D=P kelib chiqadi.
Iqtisodiyotda chegaralangan daromad tushunchasi ham qo’llaniladi. Marginal daromad qo’shimcha tovar birligini sotishdan kelgan qo’shimcha daromaddir.

CHekli daromad ( ) - bu qo’shimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning o’sgan qismi , ya’ni:
. (4)
Demak, raqaobatlashgan bozorda talab chizig’i o’rtacha va chekli daromadlar chizig’i bilan ifodalanadi.
Agar abtsissa o’qi bo’yicha mahsulot miqdori ni va ordinat o’qi bo’yicha tovar narxini joylashtirsak, ular o’rtasidagi bog’liqlik gorizontal o’qga nisabatan parallel chiziq bilan ifodalanadi va bu chiziq raqobatlashgan bozorda harakat qiluvchi firma mahsulotiga bo’lgan talab chizig’ini beradi (7.1-rasm).




Download 209.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling