Davlatning tashqi funksiyalari bajardi: Mamadiyev a qabul qildi: Kunisheva n angren 2023


Download 198.5 Kb.
bet7/13
Sana18.06.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1594235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
DAVLATNING TASHQI FUNKSIYALARI

Davlatlarning siyosiy sohadagi hamkorligi eng avvalo urush va tinchlik masalalarida ko‘zga tashlanayotir. Davlatlar jahon hamjamiyatining zamonaviy rivojlanish darajasi global qurolli to‘qnashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. Davlatlar o‘rtasida siyosiy hamkorlik davlat hokimiyatining barcha pog‘onalarida: parlamentlararo, hukumatlararo miqyosda hamda mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlari miqyosida amalga oshiriladi.
Yevropa hamjamiyati umumiy davlatlararo qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘lib, ularning vakolatlari birlashgan davlatlarning o‘zaro manfaatlari bilan chegaralangan. Bunday davlatlararo tuzilmalar konfederativ va qisman federativ belgilarga ega, chunki ularning qonun chiqaruvchi va boshqaruvchi organlari umumiydir.
1991 yili vujudga kelgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) asosan iqtisodiy hamkorlik tamoyillari asosiga qurilgan. Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqining sobiq subyektlari ko‘p yillik iqtisodiy aloqalar bilan uzviy bog‘langani sababli, ularning bu hamdo‘stlik doirasidan tashqarida faoliyat ko‘rsatishi katta qiyinchilik tug‘diradi. Vaqt o‘tishi bilan ular jahon taraqqiyoti tajribasidan unumli foydalanib, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda yanada uyushqoq davlatlararo hamkorlikka o‘tishlari mumkin.
BMT hozirgi zamon davlatlarining siyosiy manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi asosiy xalqaro organ hisoblanadi. Nizolarni, shu jumladan qurolli mojarolarni tartibga solish masalalari bilan BMTning doimiy ishlovchi organi – Xavfsizlik Kengashi shug‘ullanadi. Unga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, davlatlararo munosabatlarning turli sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keng huquqlar berilgan.
Jahonda siyosiy barqarorlik va xavfsizlikni saqlash ishiga mintaqaviy xalqaro tashkilotlar: Arab davlatlari ligasi, Afrika birdamlik tashkiloti, Amerika davlatlari tashkiloti va boshqalar ham munosib hissa qo‘shmoqdalar. Siyosiy xususiyatga ega bo‘lgan ko‘pgina masalalarni davlatlar bevosita diplomatik yo‘l bilan, ikki yoki ko‘p tomonlama muzokaralar asosida hal qilmoqdalar.

Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling