Davlatning tashqi funksiyalari bajardi: Mamadiyev a qabul qildi: Kunisheva n angren 2023


Madaniy va ilmiy-texnik hamkorlik


Download 198.5 Kb.
bet8/13
Sana18.06.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1594235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
DAVLATNING TASHQI FUNKSIYALARI

Madaniy va ilmiy-texnik hamkorlik har xil shakllarda va turli davlatlararo miqyoslarda amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotida bunday hamkorlikni muvofiqlashtirish bilan ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan muassasalar (YUNESKO), Atom energetikasi xalqaro agentligi (MAGATE) va boshqa tashkilotlar shug‘ullanadi. Madaniy va ilmiy-texnik rivojlanishning alohida masalalari esa davlatlar va nohukumat tashkilotlari (masalan, Jahon demokratik yoshlar tashkiloti, Ilmiy uyushmalar xalqaro kengashi, Xalqaro arxitektorlar uyushmasi, Xalqaro talabalar uyushmasi) o‘rtasidagi ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama shartnomalar asosida hal qilinadi. Xalqaro va ilmiy-texnik hamkorlik doirasida ilmiy ma’lumotlar, san’at asarlari, musiqa va sahna madaniyati yutuqlarini almashish, o‘zaro mutaxassislar tayyorlash, fan va madaniyat masalalariga doir turli konferensiyalar va festivallar, olimlar, madaniyat arboblari va sportchilar o‘rtasida bevosita aloqalar amalga oshiriladi.
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik sayyorada normal ekologik vaziyatni saqlash bo‘yicha ko‘pgina davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtiradi. Bu faoliyat qamrovli xususiyatga ega bo‘lib, insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ekologik sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. U BMTning ixtisoslashgan muassasalari yo‘nalishida hamda mintaqaviy va boshqa davlatlararo organlar doirasida faol amalga oshiriladi. Atrof muhitni muhofaza qilish uchun davlatlarning kosmonavtika, tibbiyot, biologiya va elektronika sohalaridagi eng so‘nggi yutuqlari qo‘llanadi.
Hozirgi zamon davlatlarining tashqi faoliyati xalqaro huquqiy normalarga asoslanadi hamda jahon hamjamiyatiga kiruvchi barcha xalqlarning tub manfaatlari va milliy xususiyatlarini hisobga oladi.
Mudofaa funksiyasi. Davlatning mamlakatni tashqi hujumdan mudofaa qilish funksiyasi davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Mamlakat ozodligi va erkinligi, uning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini tashqi agressorlardan himoya qilish zarurati davlat va jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lganini tarix tasdiqlaydi.
Vatan himoyasi, davlat hududini bosqinchilardan ozod qilish uchun urushlar xalqaro huquq nuqtai nazaridan qonuniy va adolatli hisoblanadi. Mamlakat mudofaasi funksiyasi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va harbiy usullar bilan amalga oshiriladi. Tinchlik davrida – bu mamlakatni tashqaridan qilinishi mumkin bo‘lgan hujumga har tomonlama tayyorlash. Harbiy davrda bu funksiya dushman bilan bevosita qurolli kurash shaklini oladi. Bu kurash jarayonida mamlakatdagi barcha kuchlarning g‘alabaga erishish uchun birlashishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon davlatlarining ko‘pchiligi mudofaa doktrinasini qabul qilgan bo‘lib, uning mohiyati boshqa davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan agressiyani bartaraf etish uchun maqbul darajada yetarli bo‘lgan kuch va vositalarni yaratishdan iborat. Harbiy qarshilik masalalariga bunday yondashuv xalqlar hayotida urushlar ro‘y berishi ehtimolini jiddiy kamaytiradi va kelgusida ularning sekin-asta yo‘qolib borishi istiqbolini nazarda tutadi. Mamlakat mudofaasi funksiyasi tushunchasi keng qamrovli va ko‘p qirralidir. U mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, tinchlik davri va harbiy davrda qurolli kuchlarning jangovar qudratini saqlash bo‘yicha davlat tadbirlarining butun tizimini o‘z ichiga oladi.

Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling