Davlatning tashqi funksiyalari bajardi: Mamadiyev a qabul qildi: Kunisheva n angren 2023
Download 198.5 Kb.
|
DAVLATNING TASHQI FUNKSIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning qiziqarliligi
- Дavlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi
Bu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki oxirgi paytlarda jahon hamjamiyatida juda katta o‘zgarishlar bo‘ldi, texnika rivojlanishi, tabiatning o‘zgarib borishi davlat funksiyalariga bir qancha o‘zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda. Agarda davlat o‘z funksiyalarini qayta taqsimlamas ekan bunday davlat oqsoqlanib jahon hamjamiyatidan orqada qolishi turgan gap.
Mavzuning qiziqarliligi shundan iboratki, ushbu mavzu to‘lig‘icha hayot bilan bog‘liq, har bir muammoli tomoniga hayotdan yorqin misol topish mumkin.Ushbu mavzuni amaliyotga yo‘naltirib katta-katta natijalarga erishish mumkin. Mavzuning ijtimoiyligini qayerda ko‘rish mumkin? Mavzuning ijtimoiyligi shunda ko‘rinadiki davlatning o‘zi muhim ijtimoiy hodisa bo‘lib hisoblanadi.Shunday ekan uning amalga oshiradigan vazifalari(funksiyalari) ham ijtimoiylik kasb etadi. Mazkur kurs ishida davlat funksiyasi tushunchasi, mazmuni va uni tasniflash, davlat funksiyalarining davlat maqsadi va vazifalari bilan o‘zaro nisbati, davlatning ichki va tashqi funksiyasi kabi masalalar yoritildi. Kurs ishini tayyorlashda mamlakatimizda va xorijda mavzuga oid e’lon qilingan yuridik adabiyotlar, ilmiy jurnal va ommaviy axborot vositalaridagi maqolalar va risolalar atroflicha o‘rganildi hamda tanqidiy jihatdan tahlil etildi. Дavlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi Davlat funksiyasi tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanida eng muhim kategoriyalardan biri hisoblanadi. Chunki davlat funksiyalari bilan bog‘liq masalalarini o‘rganish uning ma’no-mohiyati, jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy vazifasini yanada chuqurroq anglab olishga xizmat qiladi. Huquqiy adabiyotlarda «Davlat funksiyasi» tushunchasi hali yetarli darajada tadqiq etilmagani, bu borada nisbatan yagona fikrni yo‘qligini ta’kidlab o‘tish joiz. Biroq hamma mutaxassislar davlat funksiyasi, uning ma’no-mohiyati, majburiyati hamda maqsad-vazifalarini ifodalashini e’tirof etadilar. Falsafada funksiya deganda biron-bir obyekt xususiyatlarini ma’lum munosabatlar tizimidagi tashqi ifodasi tushuniladi. Funksiya – vakolat doirasidan kelib chiquvchi faoliyatdir. Chunki «funksiya» lotin tilidan olingan bo‘lib, «faoliyat» degan ma’noni anglatadi. U qo‘llanish vakolatiga ko‘ra proporsional ravishda o‘zgarib boradi. Davlat funksiyalarida uning mohiyati va ijtimoiy yo‘naltirilganligi, maqsad va vazifalari aks etadi. Shuni aytish kerakki, funksiya davlat tashkilotining ichida tadbiq qilinishi mumkin emas, ular jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etgan holda tadbiq qilinadi. Davlat jamiyatning mahsuli sifatida yuzaga kelib, unga nisbatan boshqaruvchi tizimga, unda ro‘y beruvchi barcha eng muhim jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchga aylandi. Davlat hech qachon inert ko‘rinishda namoyon bo‘lmaydi, u doimo harakatda bo‘ladi. Bu faol harakat uning yashash tarzi hisoblanadi. Bu bevosita davlatning tabiati va mohiyatidan kelib chiqadi. Davlatning funksiyalari - bu faoliyat yo‘nalishi, biroq yo‘nalishning aynan o‘zi emas. Funksiyalarni amalga oshirish faoliyati ma’lum tarixiy mazmun bilan to‘ldiriladi, binobarin, amalga oshirish jarayonida ularning o‘zaro nisbati (solishtirma vazni, har bir funksiyaning boshqa tizimdagi ahamiyati) orqali yuzaga keladi. Davlat faoliyati sohalari jamiyatda yuzaga keladigan munosabatlar kabi turli xil ko‘rinishda bo‘lgani sababli, davlat nazariyasi oldida uning sinfiy va umuminsoniy mohiyati hamda ijtimoiy ahamiyati aks etuvchi va konkretlashuvchi uning ichki va tashqi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash muammosi turadi. Shu bilan birga, davlatning funksiyalarida faqat uning mohiyati aks etadi, deb o‘ylash ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki siyosiy hukmronlik vaziyatida, davlatni boshqarish xususiyatidan kelib chiquvchi vazifa va funksiyalari paydo bo‘ladi. Asosiy yo‘nalishlarni ajratish bu umuman davlat faoliyatini (biroq uning organlari faoliyatini emas) «maydalash» demakdir. Bosh yo‘nalishlar – davlat faoliyatining ijtimoiy muhim tarmoqlari bo‘lib, ularni amalga oshirishga uning biror - bir alohida bo‘g‘inlari emas, balki barcha organlari jalb qilinadi. Aks holda jamiyatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati funksiyalarda o‘z aksini topmaydi, oxir- oqibatda esa, «davlatning funksiyasi» kategoriyasi o‘zining nazariy va amaliy ma’nosini yo‘qotib, mavhum (quruq muhokamaga asoslangan) bir tushunchaga aylanadi. S. A. Komarov davlatning funksiyalarini nafaqat uning faoliyat yo‘nalishlari, balki jamiyatdagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish mexanizmi sifatida talqin qilishni taklif etadi. U davlat jamiyat hayotining u yoki bu sohalarida ma’lum funksiyalarni bajara borib, bir vaqtning o‘zida, o‘tkazilayotgan islohotlar, turli o‘zgarishlar, ijtimoiy aloqalarni huquqiy tartibga solish vositasida jamiyatdagi jarayonlarning holatiga ta’sir ko‘rsatishiga ishora qiladi. Bundan kelib chiqadiki, davlatning jamiyatdagi jarayonlar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmini davlatning funksiyalari tushunchasiga kiritish u qadar to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki bunda davlatning funksiyalari umuman uning mexanizmi faoliyatiga yaqinlashtirish hamda davlatning faoliyatini turli huquqiy ta’sir vositalari bilan almashtirishga urinish ko‘zga tashlanadi, holbuki, fanda davlatning funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllari degan mustaqil tushuncha mavjuddir. Davlat funksiyalarining asosiy belgilari, ularning davlat mohiyati va ijtimoiy vazifalari bilan bevosita bog‘liqligi, ma’lum tarixiy bosqichlarda turlicha bo‘ladigan, davlatning oyoqqa turish, mustahkamlanish va rivojlanish jarayonida o‘zgarib boradigan vazifalarni davlat maqsadlarida hal qilishga yo‘naltirilganidan iborat bo‘lishi umumiy qabul qilingandir. Davlatning funksiyalarida uning mohiyati yanada konkret ifodasini topadi. Albatta, konkretlashtirish obyektiv xususiyatga egadir. Chunki davlatning funksiyalari obyektiv ravishda, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan maqsad va vazifalar hamda ulardan kelib chiquvchi ijtimoiy tabaqa, jamoa va butun xalq manfaatlarining ma’lum ta’siri ostida shakllanadi. Shuning uchun davlatning funksiyalari u mavjud bo‘lgan butun tarixiy davr mobaynida doimiy ravishda xos bo‘ladi. Agar hokimiyat tepasiga boshqa siyosiy kuchlar kelsa, u holda davlatning funksiyalari xam o‘zgaradi. Shu bilan birga, ma’lum davrlarda ustuvor manfaatlarning o‘zgarishi ham ro‘y berishi mumkin. Bu o‘z navbatida funksiyalarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Bunda birinchi o‘ringa birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalar chiqishi mumkin. Masalan, 2-jahon urushi davrida davlatning yalpi mudofaa funksiyasi asosiy o‘ringa chiqqan. Davlatning har bir funksiyasi siyosiy – predmet ta’rifiga ega bo‘ladi. Chunki uning mazmuni, faoliyat predmeti nimadan iborat ekani, u yoki bu maqsadlarga erishish yo‘lida qanday vositalar qo‘llanishini ko‘rsatadi. Albatta, davlat taraqqiyotining alohida bosqichlarida funksiyalarning mazmuni ham o‘zgarmay qolmaydi. Davlat tarzida uyushgan jamiyat hayotining turli sohalaridagi inqiloblar, radikal iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar davrida funksiyalar turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Uzoq davr mobaynida yuridik adabiyotlarda sinfiy yondashuv sun’iy ravishda ustunlik qildi, davlatning butun jamiyat manfaatlari yo‘lida faoliyat ko‘rsatish xususiyatiga kam e’tibor berildi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, xar bir davlat umumijtimoiy faoliyatni amalga oshiradi, butun jamiyat, barcha sinflar, ijtimoiy guruhlar va aholi qatlamlari manfaatlarini ifoda etuvchi vakil sifatida qatnashadi. Har bir jamiyatning tabiatidan kelib chiquvchi funksiyalarga davlat faoliyati bu jamiyat mavjudligining tabiiy shart-sharoitlarini qo‘llab-quvvatlashga doir barcha yo‘nalishlari kiradi va ular ham ichki, ham davlatlararo miqiyosda fan-texnika inqilobi sharoitida aynan shu funksiyalarning ahamiyati yanada oshib borayotir. Bunga misol tarzida ekologik muvozanatni saqlash zarurati; kasalliklar (shu jumladan, OITS)ga qarshi kurash; alohida mamlakatlarning manfaatlari doirasiga sig‘maydigan muammolarni hal qilishda xalqaro madaniy va ilmiy-texnik hamkorlik (koinotni o‘zlashtirish, jahon okeani resurslarini o‘rganish va ulardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, xalqaro standartlar va umumjahon radio kommunikatsiya aloqasini ishlab chiqish, transport vositalarini rivojlantirish va boshqalar). Shuni qayd etish lozimki, insoniyatni energiya manbalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir xalqaro iqtisodiy hamkorlik, alohida mamlakatlar doirasidan chiquvchi ilmiy hamkorlik, xalqlar o‘rtasida mustahkam tinchlikni o‘rnatish mohiyat-e’tibori bilan sinfiy xususiyatga ega emas. Biroq ularni amalga oshirish ham sinfiy, ham umumiy manfaatlarning hal qiluvchi ta’siriga bog‘liqdir. Davlatning umum ijtimoiy faoliyati davlat ichidagi munosabat va aloqalarning ma’lum darajadagi turg‘unligi, uning yaxlitligi va umumiy (iqtisodiy, madaniy, milliy va b.) manfaatlar negizida birlashishini ta’minlaydi. Umumijtimoiy funksiyalarning solishtirma vazni nechog‘lik katta bo‘lsa, davlatning ixtiloflarni bartaraf etish, jamiyatda murosaga kelishish, ijtimoiy aloqalarni barqarorlashtirish vositasi sifatida tutgan o‘rni shu qadar yuqori bo‘ladi. Davlatning bunday o‘rni uni o‘z amaliy faoliyatida kuch va zo‘rlik ishlatish usullaridan voz kechishga majbur qiladi. U ko‘proq umumdemokratik, taraqqiyparvar institut va g‘oyalarga, jumladan, huquqiy davlat g‘oyasi, ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning hukmronligi, inson huquqlariga rioya qilish, kam sonli millatlarni himoya qilish, aholining davlat va jamiyat hayotida ishtirokining turli shakllari, o‘z o‘zini boshqarish asoslarini qo‘llab-quvvatlash, matbuot erkinligi va oshkoralik, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoyalashni ta’minlash va shu kabilarga murojaat qila boshlaydi. Davlat uni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarning ongliligi hamda turli sinfiy, milliy va boshqa ijtimoiy manfaatlarni hisobga ola bilishi, bunda umuminsoniy, insonparvarlik qadriyatlariga tayanishi bilan kuchli bo‘ladi. Bundan boshqacha biror-bir davlatni taraqqiy etgan deb hisoblab bo‘lmaydi. Shuni yana bir bor e’tirof etish kerakki, davlatning funksiyasi tushunchasi masalasida olimlar haligacha umumiy bir to‘xtamga kelmaganlar. Masalan, A. Saidov va U. Tadjixanovning fikricha, «davlatning funksiyalari uning mohiyati va jamiyatdagi vazifalarini ifoda etuvchi faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridir». Z. M. Islomov funksiyalarga davlatning umumijtimoiy mohiyati va ijtimoiy burchidan kelib chiqadigan muayyan maqsadlarga erishish yo‘lidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha davlat faoliyatining bosh (asosiy) yo‘nalishlari (tomonlari, ko‘rinishlari) sifatida ta’rif bergan. V. M. Korelskiy va V. D. Perevalovning fikricha, davlat funksiyalari deganda, «davlatning asosiy harakat yo‘nalishlarini, mazkur yo‘nalishlar uning mohiyati va ijtimoiy zarurligini, davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda unga taalluqli vositalar va usullarga asoslangan maqsad va davlat vazifalarini» tushunish kerak. N. I. Matuzov va A. V. Malkolarning fikricha, «davlat funksiyalari deganda, davlatning tashqi va ichki faoliyatiga xos bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni tushunish kerak; mazkur yo‘nalishlarda davlatning sinfiy va umuminsoniy mohiyati asoslanganligi aks etadi va konkretlashadi». Bizningcha, davlatning funksiyasi deganda, uning faoliyat yo‘nalishini tushunish kerak, lekin hech qachon funksiyani bu faoliyatning o‘zi deb qabul qilish mumkin emas. Shu bois ushbu masalada Z. M. Islomovning quyidagi fikrlariga qo‘shilish mumkin: «Funksiyalarni ado etish bo‘yicha faoliyat konkret tarixiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi va uni amalga oshirish chog‘ida bu funksiyalarning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyati (salmog‘i, har bir funksiyaning boshqa funksiyalar tizimidagi ahamiyati) namoyon bo‘ladi». davlatning funksiyalari rivojlanishning ma’lum bir pog‘onasida bo‘lgan davlatning umumijtimoiy mohiyati, ahamiyati hamda xalq va jamiyat oldidagi ijtimoiy burchidan kelib chiqadigan Uning muayyan maqsad va vazifalarga erishishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Davlatning umumiy ishlar funksiyasi mavjudligi sinfiylikni birinchi o‘ringa ko‘tarishga imkon bermaydi. Bu funksiyaga mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy tartibotni o‘rnatish va muhofaza qilish, shu jumladan jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurash, butun millat, xalq manfaatlarini ko‘zlab umumiy iqtisodiy , ijtimoiy-madaniy (g‘oyaviy) ishlar olib borish, Sharqda esa, bulardan tashqari, sug‘orish inshootlarining davlat yordami bilan bunyod etilishi kiritilishi mumkin. L.I.Spiridonov mazkur funksiyani yanada keng ma’noda olib, uning umuman insonlarning hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilganligani ta’kidlaydi. Uning fikricha, bu funksiya tarkibiga kishilarning hayoti, soglig‘i va normal yashashi uchun zarur bo‘lgan tabiiy sharoitlarni ta’minlash; ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarni ta’minlash bilan bog‘liq davlat faoliyati kiradi. Umumiy ishlar davlatning bosh funksiyasi bo‘lish imkoniyatiga ega. To‘g‘ri, mazkur ishlar hozirgi zamonda davlatning boshqa funksiyalari mazmunida ham mavjud va ular orqali ham amalga oshirilmokda. Chunonchi, demokratik O‘zbekiston Respublikasida davlatning barcha funksiyalari ayrim sinflar uchun emas, balki butun xalqimiz manfaatini ko‘zlab amalga oshirilmokda. Bunday natijaga uzoq rivojlanish oqibatida erishildi, albatta. Download 198.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling