Davlatning tashqi funksiyalari bajardi: Mamadiyev a qabul qildi: Kunisheva n angren 2023


Download 198.5 Kb.
bet9/13
Sana18.06.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1594235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
DAVLATNING TASHQI FUNKSIYALARI

Davlatning mudofaa faoliyati uning harbiy doktrinasiga asoslanadi va besh asosiy yo‘nalishdan tashkil topadi.
1. Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlash. Fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlariga tayanadigan rivojlangan va samarali iqtisodiyot davlatning yuqori darajadagi mudofaa qobiliyatini ta’minlaydi. Bu faqat jamiyatning moddiy ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, mamlakatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti harbiy sanoatning zarur rivojlanish darajasini, texnika va qurol-aslahalarning eng yangi namunalarini ishlab chiqish, strategik xom ashyo va oziq-ovqatlar zaxirasi hamda davlat mudofaa salohiyatining boshqa komponentlarini yaratish imkoniyatini ta’minlaydi.
2. Qurolli kuchlarni tinimsiz takomillashtirish, ularning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi darajasini oshirib borish. Har bir davlat uning qurolli kuchlari qudratli, tezkor bo‘lishi, zamonaviy himoya vositalari bilan ta’minlanishi, harbiy texnika va qurol-aslahalarning barcha turlarini qo‘llay bilishi, yuqori darajali jangovar qobiliyat va tayyorgarlikka ega bo‘lishi, qonuniylik va xalqaro huquq qoidalari doirasida harakat qilishi haqida muntazam qayg‘urishi lozim.
3. Davlat chegaralarini qo‘riqlash. Bu faoliyat chegara qo‘shinlari yoki boshqa maxsus bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi va ma’lum davlatning qonunlari bilan belgilangan chegara rejimini ta’minlashni nazarda tutadi.
4. Fuqarolar mudofaasi tashkil qilish. Davlatlar tashqaridan qilinishi mumkin bo‘lgan hujumlarga qarshilik ko‘rsatish va harbiy davrda mamlakat iqtisodiyotining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida tinchlik davrida qator mudofaa tadbirlarini o‘tkazadilar. Bu faoliyat ommaviy qirg‘in qurollari bilan zarba berilishi ehtimoli katta bo‘lgan aholi punktlarida yashovchilarni evakuatsiya qilishni nazarda tutadi. U maxsus mudofaa inshootlarini barpo etish, qutqarish va tiklash ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq.
5. Qurolli kuchlar zaxirasini harbiy tayyorlash. Ko‘pgina mamlakatlarda harbiy hisobda turgan shaxslarni vaqti-vaqti bilan harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish tashkil qilinadi. Bu davlatlararo harbiy mojarolar chiqqan taqdirda qurolli kuchlarni tez kengaytirish va ularni malakali shaxsiy tarkib bilan to‘ldirish imkonini beradi. Davlat shuningdek o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikni tashkil qiladi.

Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling