Davlatshayxning o‘g
Download 75.48 Kb.
|
8-o\'zbek yangi malumotlar
xususiy va vaqf yerlariga bo‘lingan.
Amlok yerning ma’lum qismi xonga tegishli bo‘lgan va u 3 qismga bo‘lingan. Birinchisi xos mulk deb atalgan. Undan olingan daromad saroy ahli va soqchilari xarajatlari uchun sarflangan. Ikkin- chi qismi esa taqiq yer (qo‘riq yer) deb atalgan va u yaylov, qa- mishzor va chakalakzorlardan iborat bo‘lgan. Uchinchi qismi esa chek yerlar deb atalib. bevosita xonga tegishli bo‘lgan. Xususiy yer egaligi yirik davlat amaldorlariga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer ajratib berish, shuningdek, xususiy kishilarga sotish (mulki hur xolis) orqali vujudga keltirilgan. Xususiy yer egasi bo‘lgan birinchi toifa vakillari yerga emas, balki undan olinadigan daromadga hamda shu yerda qurgan imoratiga egalik qilganlar. Shuningdek, yetishtirilgan hosilning 1/5 qismi miqdorida soliq to‘laganlar. Yerni meros qilib qoldirish huquqiga ega bo‘lmaganliklari uchun hozircha egalik qilib turgan yerlarning ma’lum qismi farzandlarida saqlanib qolishi uchun vaqf avlod qilganlar. Ma’lumki, vaqf yerlar sotilmaydi, hadya qilin- maydi va meros qilib ham qoldirilmaydi. Shuning uchun diniy mu- assasalar ixtiyoriga vaqf avlod qilingan yerdan olinadigan daromad- ning vaqf hujjatida ko‘rsatilgan qismi yerni vaqf mulki ixtiyoriga o‘tkazgan amaldorning avlodlariga tegishli bo‘lardi. Ikkinchi toifa esa sotib olingan yerga bevosita egalik qilgan. Bunday yerlardan soliq olinmagan. Davlat yerining sotilganligi va sotib olinganligi to‘g‘ri- sidagi hujjat qozixonalarda imzolangan. Unda yer sotuvchining, ya’ni xonning o‘zi ham ishtirok etgan. Xususiy yer-mulk egaligi harbiy xizmatchilarga yer berish orqali ham shakllantirilgan. Harbiylarga berilgan yerlar tanho yerlari deb atalgan 1832-yilda imzo- langan Qo‘qon—Xitoy shartnomasiga ko‘ra, Qo‘qon xoni Qashqarda savdogarlardan boj yig‘ish huquqini olgan. 1842-yilda Qo‘qon mus- tahkam devor bilan o‘raldi. Tarixchi olim, akademik A. Muhammadjonovning ta’kidlashicha, ,,Andijon“ soy bo‘yidagi shahar, degan ma’noni anglatadi. 37-mavzu Erdonabiy hukmronligi davrida Xitoy jung‘orlarni tor-mor etib, qozoq juzlari yeriga hujum boshladi va Toshkent chegaralariga ya- qinlashib keldi. Sharqda esa 0‘sh viloyatini (hozirgi Qirg'iziston Respublikasi hududida) bosib oldi. Andijon, Marg‘ilon va Namangan bekliklari esa Xitoyga vassalligini tan oldilar. Shunday sharoitda Erdonabiy Xitoy bilan Qo4qon xonligi uchun tahqirli shartnoma imzo- lashga majbur bo‘ldi. Unga ko‘ra, Qo‘qon xonligi o‘zining Xitoyga qaram ekanligini tan oldi. Xitoyga katta tovon to‘ladi, imperatorga esa qimmatbaho sovg‘a-salomlar jo'natdi. Sharqiy Turkiston (Qashqar) - uyg‘ur xalqining vatani. Uni Xitoy bosib olgach, Qashqar hukmdorlari Qo‘qondan boshpana topgan edilar. Xitoy hukumati Umarxonga ularni Qashqarga o‘tkazmaslik shartini qo‘ydi. Madalixon davrida Qo!qon-Xitoy munosabatlari yanada kes- kinlashdi. Bunga Madalixonning Xitoyga umuman bo‘ysunmaslikka qaror qilganligi hamda davlat chegarasini tobora Sharqiy Turkiston tomon kengaytirib borayotganligi, shuningdek, 1825-yilda Qashqar aholisining Xitoyga qarshi ozodlik kurashini qo'llab-quvvatlagani sabab bo‘ldi. Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi hududi shayboniylar va ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi tarkibida bo‘lganligiga urg‘u berishi, avvalo, ikki davlat munosabatlarida dushmanlik kayfiyatining ustunlik qilishiga sabab bo‘ldi. Umarxon davrida Buxoro amiri Haydar hatto butun musulmon olamining xalifasi deb e’tirof etilgan Usmonli davlati sultoni Mahmud II ga Xiva va Qo‘qon xonliklari ustidan arz qilib xat ham jo‘natgan. U xatida Movarounnahr, Qo‘qon, Dashti Qipchoq, Marv, Balx, Ko‘- lob va Badaxshon avvaldan Buxoroga bo‘ysunib kelganligini, Qo‘- qon va Xiva xonlari esa Buxoro amirligining oliy hokimiyatini tan olmayotganligini qayd etgan. Biroq sulton Mahmud II Qo‘qon xonli- gining Buxoro amirligi oldida mustaqil davlat maqomini tan olganligi Umarxonga katta ma’naviy quvvat bag‘ishladi. Madalixon ham Usmonli sultonligiga elchi jo‘natgan. Sulton no- miga yozilgan xatda Madalixon sultonning „musulmonlar xalifasi“ maqomini tan olishini, Xitoyga qarshi muqaddas urush olib bor- ganligini ma’lum qildi. Ayni paytda, sultondan Qo‘qonga qurol-aslaha ustalarini yuborishni so‘radi. Ustalarning yuborilishi Buxoro-Qo‘qon munosabatlari tobora keskinlashayotgan bir davrda juda muhim edi. Biroq bu iltimos rad etildi. 1831-yilda Rossiyaga elchi yubordi. Lekin elchilik muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Buning asosiy sababi har ikki davlatning ham 0‘rta juz qozoqlari homiysi bo‘lishga da’vogarligi edi. Shuning uchun ham Rossiya hukumati Qo‘qon elchilarini Orenburgdan nariga o‘tkazmaslik haqida ko‘rsatma berdi. Tabiiyki, Madalixonning qurol-yarog4 sotish va artilleriya zobitlari yuborish haqidagi iltimosi ham rad etildi. Nihoyat, oradan 10 yil o‘tgach, 1842-yilda Madalixondan keyin taxtga o‘tirgan ukasi sulton Mahmudxon Rossiyaga ikkinchi elchilar guruhini jo‘natdi. Chunki xonlikka Buyuk Britaniya xavf solishi ehtimoli aniq bo‘la boshlagan edi. Bu xavfga qarshi tura olish uchun Rossiyaning madadiga erishish juda muhim masala edi. 0‘rta Osiyoda Rossiya-Buyuk Britaniya manfaatlari to‘qnash kelayotgan bir paytda Qo‘qon elchilari Rossiya imperatori Nikolay I tomonidan qabul qilindi. Ayni paytda, asosiy e’tibor ikki davlat o'rtasida savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, Qo‘qon xonligiga tog‘-kon mutaxassislarini yuborish ma- salasiga ham qaratildi. Biroq 1842-yilning bahorida Buxoro amirligining Qo‘qon xonligiga hujumi elchilik natijalarini yo‘qqa chiqardi. Endi Rossiya Qo‘qon xonligining zaiflashib qolganligidan foydalanib qolishga qaror qildi. 39-mavzu Xonlikda 350 ta maktabxona faoliyat ko‘rsatgan. Boshlang!ich maktab bolalarga umumiy ma’lumot beruvchi va xat-savod chiqarish maskani edi. Unda arab imlosida savod chiqarish, yozish va o!qish ko‘nikmalari shakllantirilgan. Shuningdek, hisoblash qoidalari va ko‘nikmalari hosil qildirilgan. Tevarak- atrof, jamiyat, islom dini haqida bilim va tushunchalar berilgan. Shuningdek, odob-axloq me’yorlariga amal qilish o‘rgatilgan. 0‘g‘il bolalar maktabxonalarining aksariyati masjidlar, madrasalar, qorixonalar qoshida, shuningdek, xususiy maktabdor xonalarida ochilgan. Qiz bolalar maktabxonalari otin ayollar uylarida yoki ba- davlat kishilarning maktab yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan. Ana shu otinlardan biri Dilshodi Rahimqul so‘fi qizi (taxallusi Dilshod Otin, Bamo, Dilshodi Barno) edi. XIX asrda Qo‘qonda ijod qilgan shoira. U, ayni paytda, maktabxona maktabdori bo‘lib ham faoliyat yuritgan. 0‘zining maktabdorlik (otinlik) faoliyati haqida, jumladan, shunday deb yozgan edi: „Mening suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste’dodli shoiralar edi. 51 yil davomida men maktabdorlik (o ‘qituvchilik) qildint va yiliga о ‘rtacha 20 nafardan 30 nafargacha о ‘quvchilarim bo‘lib, 890 nafar qizning savodini chiqardim. Bulardan deyarli to‘rtdan bir qismi she’riyatga qobiliyatli bo ‘lib, shoira va о ‘z davrining aqlli hamda dono odamlari edilar“. Xususan, Anbar Otin uning iqtidorli o‘quvchilaridan bo‘lgan. Dilshod Otinning qalamiga mansub „Muhojirlar tarixi“, „Inson ma- tonati va muhojirlar tarixi" hamda „Barnoning tanlangan she’rlari" asarlari bizgacha yetib kelgan. Asarlarida xonlikdagi o‘zaro urushlar, uning xalq ommasi turmushiga ko'rsatgan ayanchli ta’siri kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Shoira, ayni paytda, yaxshi kunlar kelishiga ishonib asarlarining birida: „Bu jabr-u zulmat albat muvaqqat“, deb yozgan. Shuningdek, turkistonliklami do‘st va inoq bo‘lib yashashga ham da’vat etgan. Maktabxona maktabdorligiga (o‘qi- tuvchiligiga) masjid mutasaddilari ishga taklif etishgan. Maktabdorga maktabdan uzrsiz ketib qolmaslik sharti qo‘yilgan, Maktabxonalarda ‘quvchilar soni 10-60 nafarni tashkil etgan. 0‘qishga 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilingan va o‘qish 5-7 yil davom etgan. Kimning maktabxonada necha yil o‘qishi o‘qituvchining mahoratiga, o‘quvchining zehniga va oilasidagi muhitga bog‘liq edi. Maktabxonalarda dars mashg‘ulotlari quyosh cbiqishidan to kech- gacha davom etgan. Juma va bayram kunlari dars mashg‘ulotlari bo‘lmagan. Yoz fasli va ramazon (ro‘za) oyida o‘quvchilarga ta’til berilgan Dars mashg’ulotlari avval kalimai shahodat va toyiba yod olinganidan so ng arab alifbosini o‘rganishdan boshlangan. Alifbe darslarida dastlab harflarning yozilishi mashq qilingan. So‘ng harflarning turli o‘rinlardagi shakllari o‘rganilgan. Keyin esa zeru-zabar, ya’ni harflarning osti va ustiga qo‘yiladigan farqlovchi belgilar va ularning qo‘llanishi, shuningdek, ular yordamida bo‘g‘in tuzish qoidalari o‘rgatilgan. Maktabdor (o‘qituvchi) harflami yog‘ochga yoki qattiq lavhalarga yozib devorga osib qo‘ygan. Unga qarab harflar yod olingan. Harflami bir-biriga qo‘shib yozish mashq qilingan. Duoyi salomni yoza olgan o‘quvchi „xati chiqqan“ hisoblangan. Alifbe o'rganilib bo‘lingach, ,,Haftiyak“ (muqaddas Qur’oni Karim- ning 1/7 qismi ko‘chirib yozilgan kitob)ni o‘rganishga kirishilgan. ,,Haftiyak“ tugallangach, ,,Tavjud“ (Qur’oni Karimni qiroat bilan o‘qish san’ati to‘g‘risidagi ilm)ga o‘tilgan. Undan so‘ng esa bevosita „Qur’oni Karim“ ning o‘zini o‘qitish boshlangan. Shundan so‘ng „Farzi ayn“, ya’ni shariatga ko‘ra barcha musul- monlarga buyurilgan va bajarilishi shart bo‘lgan amallar haqida tu- shunchalar berilgan. U o‘rganilib bo‘lingach, islom dinining asosiy qoidalari bayon etilgan „Chor kitob“ (,,To‘rt kitob“)ni o‘rganishga kirishilgan. Undan keyin kattaqo‘rg‘onlik So‘fi Olloyorning „Sabot ul-ojizin“ („Ojizlar saboti“) kitobi o‘qitilgan. Mazkur asarda islom dinining asosiy qoidalaridan tashqari, go‘zal insoniy fazilatlar, axloqiy tarbiyaga oid hikmatlar, ibratli hikoyalar, she’r va dostonlar o‘rin olgan. „Sabot ul-ojizin“dan so‘ng shu asarning fors tilida yozilgan va „Maslak ul-muttaqin“ („Taqvodorlar maslagi“) deb atalgan asl nusxasi o‘rganilgan. „Sabot ul-ojizin“ „Maslak ul-muttaqin“ning turkiy tilda qisqartirib yozilgan nusxasi bo‘lib 12 ming baytdan tuzilgan ilohiy ma’rifatning she’riy talqinidir So‘fi Olloyor asari o‘rganib bo‘lingaeh, Sharq olamida mashhur bo‘lgan, XIII asrda yashab o‘tgan Sa’diy Sheroziyaing „Bo'ston" va „ Guliston" asarlari o‘rganilgan. Sa’diy asarlari boshqa Sharq shoirlaridan hayratlanarli darajada hayotiyligi bilan alohida ajralib turadi. ,,Bo‘ston“ va „Guliston“ ha- yotiy hikoyalardan tashkil topgani. donishmand shoirning bu hiko- yatlar so‘ngida qissadan hissa tarzida keltirgan she’rlari kundalik tur- mushdan chiqarilgan xulosalar ekanligi bilan jahon ilm-u adab ahlini birday o‘ziga tortib kelmoqda. Download 75.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling