4-mavzu: Boshlang’ich sinf husnixat darslarida o’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish yo’llari reja


Download 349.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana17.01.2023
Hajmi349.84 Kb.
#1098045
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 MAVZU NAZARIY 3a639a2b71cc34863ad4247f723a774c



4-mavzu: Boshlang’ich sinf husnixat darslarida o’quvchilarning imloviy 
savodxonligini oshirish yo’llari 
REJA: 
1.Husnixat darslarida ko’rgazmali qurollardan foydalanish 
2.Boshlang’ich sinf husnixat darslarida o’quvchilarning imloviy savodxonligini 
oshirish yo’llari
3.Elektron vositalar – husnixat darslarining samaradorligini oshirish omili 
4.Maktablarda husnixat darslarini qat'iy nazorat qilish
5.Boshlang’ich sinf husnixat darslarida ta’limiy o’yinlar va ularning ahamiyati 
6.Talabalarning husnixat ko’nikmalarini takomillashtirish 
Tayanch iboralar: Ko’rgazmali qurollar, doska, daftar, jadvallar,
matnli,
raqamli, grafik, illyustratsiyali, aralash,bo’r, daftar, ruchka. 
Husnixat darslarida turli xildagi jadvallardan foydalanish. Boshqa 
darslarda bo’lgani kabi, husnixat mashgulotlarida ham ko’rgazma qurollardan 
foydalaniladi. Bunda oquvchilar harf va uning elementlarini to’liq va to’g’ri 
o’zlashtirib oladil ar. 
Husnixat mashg’ulotlarida quyidagi ko’rgazma usullardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
1. Harf va uning unsurlarini sinf taxtasi (doska)da yozib korsatish. 
2. O’quvchilarning daftarlarida harf va uning elementlarini yozib 
ko’rsatish. 
3. Husnixat daftaridagi harflarga qarab yozdirish. 
4. Turli xildagi jadvallardan foydalanish. 
Bularning ichida harf va uning unsurlarini sinf taxtasida yozib ko’rsatish 
asosiy usul hisoblanadi. Agar o’qituvchi sinf taxtasida harf va uning unsurlarini 
chiroyli va aniq yozib ko’rsatsa, o’quvchilar ham shunday yozishga kirishadilar. 
O’quvchilarda doskaga yozish malakasini hosil qilish uchun ularning 
barmoq va qo’l harakatlari o’stirilib, har flarning nisbatini tog’ri olish, bo’rni to’gri 
ushlash hamda bir xil yo’g’onlikdagi chiziqlarni chizish o’rgatiladi. 
To’g’ri chiziqlarni chizish mashq qilingandan so’ng har xil qiyaliklardan 
va aylanalar shaklidan iborat bo’lgan mashqlarga o’tiladi.Bunday mashqlarni 
bajarishda qo’lning harakatiga alohida e’tibor berish zarur. Mazkur rasmlarni 
o’quvchilarning o’zl ari dars boshlanishidan oldin bajarishni mashq qilib 
ko’rishlari mumkin, chunki bu ularning qo’l harakatini o’stirishga yordam bera di. 
O’quvchilarga harflarning yozilish usullarini tushuntirishdan oldin harf unsurlarini 
«Husnixat» daftarida berilganidek sinf taxtasida yozib ko’rsatish lozim. O’qituvchi 
harf va uning unsurlarini o’quvchilarga o’rgatish uchun quyidagilarga ahamiyat 
berishi lozim. 
1. O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan vaqtida shunday turishi kerakki, 
sinf taxtasiga yozilayotgan harf yoki uning unsurlari o’quvchilarga aniq ko’rinib 
tursin. 


2. Harflarni oldindan (tanaffus vaqtida) yozib qo’ymaslik kerak, chunki 
o’quvchilar o’qituvchining yozayotgandagi qo ’l harakatlarini ko’rmasalar, 
harflarni ko’r-ko’rona ko’chirib oladilar. 
Har bir harfning yozilishini o’quvchi to’g’ri o’zla shtirib olishi uchun dars 
jarayonida tushuntirib, ko’rsatib yozish maqsadga muvofiqdir. 
3. Sinf taxtasida harflarning bir tekis joylanishiga ahamiyat berish, sinf 
taxtasining to’g’ri kelgan yeridan yoza bermay, hamma o’quvchilarga ko’rinarli 
bo’lgan yeridan boshlash va harflarning kata-kichikligini doim bir tekisda olib 
borish kerak. 
Husnixat mashg’ulotlari uchun ishlangan ko’rgazma q urollarining harflari 
sinf taxtasiga yozilgan harflardan kichik bo’lmasligi kerak. Jadvallarni 30x50 sm 
o’lchamda bajarish mumkin. 
Ko’rsatilayotgan narsaning tasviriga, xarakteriga, yozilishiga yoki biron 
mavzuni yoritib borishiga qarab jadvallarni quyidagi besh guruhga bo’lish 
mumkin: 1) matnli; 2) raqamli; 3) grafik; 4) illyustratsiyali; 5) aralash. 
Ayrim o’qituvchilar ko’rgazma qurollarning turlariga yetarli e’tibor 
bermaydilar hamda ularning bir-biridan yaxshi ajrata olmaydilar. Har bir jadval o’z 
spetsifikasiga qarab ishlanadi va alohida bir vazifani bajaradi, shuning uchun ularni 
bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Quyida har bir jadvalning vazifasi 
bilan tanishib chiqamiz. 
1.Tekstli jadvallar. Bu jadval bir yoki bir necha alohida harflar, so’zlar, 
gaplardan tuziladi. Boshlang’ich sinfda tayyorlanadigan tekstli jadvalga misol qilib 
grammatika va orfografiyadan ishlangan jadvallarni ko’rsatish mumkin. 
2. Raqamli jadvallar. Bu jadval raqamlardan yoki raqamli materiallardan 
tuziladi. Raqamli jadvallarga misol qilib ko’paytirish, og’zaki hisoblash, sonlar 
qatori jadvallarini ko’rs atish mumkin. 
3. Grafik jadvallar. Grafik jadval qator shartli belgilar:chizmalarning 
sxemalari, diagramma va rasmlardan iborat bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda bunday 
jadvallarga misol qilib maydonlarning o’lchamlari, jismlarning hajmlarini o’lchash 
va ayr im rasmlarni ko’rsatish mumkin. 
4. Illyustratsiyali jadvallar. Bunday jadvallar alohida rasmlar, portretlar 
va fotorasmlardan iborat bo’ladi. 
Bunga misol qilib anatomik rasmlar, o’lchov birligi jadvallari va 
boshqalarni olish mumkin. 
5. Aralash jadvallar.O’quv jadvallarini asosiy yo’llanmalariga qarab, 
quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin: a) bilish; b)tushuntirish; d) mashq 

Download 349.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling