4-mavzu: Boshlang’ich sinf husnixat darslarida o’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish yo’llari reja
Download 349.84 Kb. Pdf ko'rish
|
4 MAVZU NAZARIY 3a639a2b71cc34863ad4247f723a774c
Ta’limiy yozma ishlar quyidagilar:
1. Harflarga doir bo’lgan so’zlar yozish 2. O’tilgan harflarga oid so’zlar yozish 3. O’tilgan mavzuga taalluqli matn yozdirish. 4. Mavzuga taalluqli diktant yozdirish. 5. Bayon yozdirish. 6. Insho yozdirish. Ta’limiy yozma ishlarning orasida eng asosiysi diktantdir. Diktant-eshitib idrok qilingan so'z, gap, matnni yozishdir. O'quvchilaming og'zaki yozma nutqini o'stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati katta. O'quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada o'zlashtirganliklariga bog'liq bo'ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar bilan bog'liq bo'ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o'z navbatida grammatik qoidalarni ham bilish zarur. Boshlang'ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga rioya qilish zarur: 1. Matnning monologik nutq shaklida bo'lishi. Unda ko'chirma gapiar, undalmali, kirish so'zli, ajratilgan bo'lakli gapiar, qo'shma gap bo'lmasligi lozim. 2. Matn hajmi 1—4-sinf o'quvchilarining o'qish sur’tiga asos langan bo'lishi. 3. Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog'liq bo'lishi. 4. Diktant matni o'quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi. 5. Tanlangan matn g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo'lishi, bolalar hissiyotiga ta’sir qilishi. 6. Matn tarbiyalovchi xarakterda bo'lishi. 7. Matnda o'rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi. O`quvchilar yozma ishlarida yo`l qo`ygan xatolarini tugrilash ustida o`zlari ham mustaqil ishlaydilar. Buning uchun ular xato yozgan so`zlarini tug`rilab ko`chirib yozish bilangina chegaralanmay, ularni hisobga oladilar. Oradan ma`lum vaqt o`tgach, O`qituvchi frontal suhbat vaqtida yoki O`quvchidan o`tilgan mavzuni so`rayotgan paytida zarur bo`lgan so`zlarni yozib berishini va qoidasini tushuntirishini so`raydi. Bu hildagi ish O`quvchilarni aktivlashtiradi. O`qituvchi chorak oxirida, yarim yilda, yil oxirida o’quvchilar ishida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni to`la analiz qilishi mumkin. U tipik xatolarni yozib borish va ularni O`quvchilar o`rgangan qoidalari asosida klassifikasiya qilish natijasida sinfdagi O`quvchilarning grammatika va imlodan o`zlashtirishi haqida to`la tasavvurga ega bo`ladi. O’qituvchi o’quvchilar yo`l qo`yayotgan xatolarning sababini bilishi muhim ahamiyatga ega. Xatolarning kelib chiqish sabablari turlicha bo`lib, asosiylari qo`yidagilar hisoblanadi: 1. O`quvchi qoidani bilmaydi; 2. Qoidani biladi, lekin uni yozuvda qo`llay olmaydi; 3. Qoidalarni aralashtiradi; 4. Yozayotgan so`zlarini ma`nosini tushunmay xato qiladi; 5. ayrim nutq tovushlarini xato eshitadi, yoki noto`g`ri talaffuz qiladi, yozish jarayonida o`zini tekshirib bora olmaydi. O`quvchilarning grammatik bilim va to`gri yozuv malakalarini hisobga olib, ona tilidan o`zlashtirishlari baholanadi. Boshlang`ich sinflarda bitta baho qo`yiladi, bunda O`quvchilarning savodli yozishi hal qiluvchi rol o`ynaydi. Ona tilidan bilim va malakalarini baholash me`yori I - IV sinflar rejasiga berilgan. O`quvchilar yo`l qo`ygan xatoning oldini olish va to`grilashda yozma ishlarni tahlil qilish darslari katta ahamiyatga ega. Bunday darsning ko`rilishi kontrol ishning xarakteriga ko`ra turlicha bo`ladi. Diktant tahlilida O`qituvchi bolalar diqqatini jamoa ishiga jalb etish uchun daftarlarni avval tarqatmaydi. Sinfda O`quvchilar yo`l qo`ygan tipik xatolar ustida ishlanadi. O`qituvchi doskada, boshqa o`quvchilar daftarlariga sinfdagi ko`p o`quvchi xatoga yo`l qo`ygan so`z, yoki gaplarni yozadilar; U yoki bu so`zning qanday yozilishi, nima uchun shunday yozilishi aniqlanadi; To`g`ri yozuv qoidalari takrorlanadi; Tipik xatolar juda ko`p bo`lmaydi, shuning uchun O`qituvchi ular tahlilini tez tugatib, takrorlangan qoidaga oid so`z tanlash, shu so`zni qatnashtirib gap yoki so`z birikmasi to`zish va uni yozishni mashq qilishi yaxshi natija beradi. Darsning ikkinchi qismida O`quvchilarning individual xatolari tahlil qilinadi. O`qituvchi O`quvchilar daftarlarini tarqatadi. Ular O`qituvchi tomonidan to’grilangan so`zlarni topadilar va daftarlariga yozadilar, ular ishtirokida gaplar tuzadilar va xokazo. Faqat bunday darslardagina emas, balki boshqa darslarda ham xatolar ustida izchil ravishda ishlab boriladi. Har bir dars, har bir o’quvchining javobi, har qaysi yozma ish o’quv predmetida berilgan bilimlarini o`zlashtirish darajasini ko`rsatib, o’qituvchi o’quvchilar duch keladigan qiyinchiliklar, keyingi darslarda nimaga ko`proq e`tibor berish kerakligi haqida ma`lumot beradi. O`qituvchi alohida o’quvchi va butun sinf bilan olib boriladigan ishlarning aniq rejasini tuzish uchun sinf ishini diqqat bilan kuzatishi, og`zaki va yozma javoblarni to`g`ri baholab borishi, o`z daftarchasiga zarur ma`lumotlarni yozib borishi lozim. Grammatikadan - yozma grammatik tahlil, ma`lum sxema asosida gap bo`laklari, so`z turkumi yoki so`z tarkibi jihatidan tahlil qilib, gap bo`laklari, so`z turkumlari haqida chizish bilan, so`z qismlarini ma`lum belgilar bilan gapdagi so`zlarning bog`lanishini sxema bilan ko`rsatish va shu kabilar. Orfografiyadan- kontrol diktant: kerakli so`zlarni yoki tinish belgilarini qo`yib, bo`sh formada berilgan so`zlarga ko`shimchalar ko`shib gap tuzib, kitob yoki doskadan ko`chirib yozish; berilgan tema asosida gap tuzish; hikoya tarzidagi tekst asosida bayon yozish; kichik hikoya yozish; ba`zan lug`at va kontrol diktantdan ham foydalanish mumkin. Maktab tajribasida grammatik bilim bilan orfografik malaka birga tekshiriladi, masalan: diktant yozdirilib, matndagi ayrim so`z, so`z birikmasi yoki gap tahlil qilinadi; Grammatik tahlil uchun ikki yoki uchta topshiriq berilishi mumkin. Diktant matnini o`qib, ayrim tushunarsiz so`zlarni yo`l - yo`lakay tushuntirib boriladi, O`quvchilar yozmay, faqat eshitib esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qilinadi. Matn diktovka bilan yozdiriladi. O`qituvchi matnni yana bir marta sekin o`qiydi, O`quvchilar yozganlarni tekshiradilar. O`qituvchi matnni adabiy til normalariga rioya qilib o`qib berishi zarur. O`quvchilarni ishlari yig`ib olinib tekshiriladi. Tekshirilishi lozim bo`lgan BKM elementlari nomi va soni: 1. Gapda bosh harflar bilan yoziladigan so`zlarni aniqlash. 2. Xat boshidan yozish. 3. Atoqli otlarni aniqlay olish va ularning imlosi. 4. Ko`plik qo`shimchalarini to`gri yozish. 5. Kema-ket kelgan bir xil undoshlarni yozish. 6. Chiroyli yozuv. Diktant O`quvchilarni yozma nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega, diktant uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U sintaktik va leksik jixatdan sodda va tushunarli bo`lishi zarur. Diktant uchun tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Birinchi sinfda diktant yozishda mo`ljallangan matn to`rt-besh gapli bo`ladi. O`qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o`qiydi. Har bir so`zni diktovka qilib yozdiradi. Har bir gap tugagandan so`ng takrorlab o`qiydi. O`quvchilarga yangi gap bosh harflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo`yilishini ham o`rgatiladi. O`qituvchi qaysi chorakda, nechta va qachon diktant yozdirilishini oldindan rejalashtirgan holda, oldindan tayyorlab boriladi va aytiladi. O`quvchilarni diktant yozishga tayyorlash, ular yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni oldini olish ustida muntazam ishlash odatlantirishning sharti hisoblanadi. Informatsion texnologiyalarning jadal rivojlanishi keyingi yillar ichida insoniyat shaxsining shakllanishiga ma’lum darajada iz qoldirdi. Yangi axborotlar, reklamalarning tezda kirib kelishi, televideniyada kompyuter texnologiyalarining qo’llanishi, elektron o’yinchoqlar va kompyuterlarning keng tarqalishi bola tarbiyasiga ta’sir ko’rsatmoqda. Natijada u yaxshi ko’rgan o’yinlar, sevimli qahramonlari va qiziqishlari ham o’zgaradi. Eskirgan o’quv dasturlari va metodik usullar o’quvchilar bilimining pasayishiga olib keladi. O’qituvchilardan esa o’qitishning yanada zamonaviy usul va vositalarini izlashga undaydi. Bunday vositalardan biri bu kompyuterdir. Televizor, videomagnitafon, kitoblar imkoniyatlarni mujassamlashtirib, universal o’yinchoq hisoblanib, turli xil o’yinlarga qodir bo’lgan zamonaviy kompyuter shu bilan birga bola uchun uning savol va harakatlariga javob bera oladigan teng huquqli hisoblanadi. Maktabning o’quv va o’quv jarayonidan tashqari faoliyatida kompyuterlarning qo’llanilishi bolada o’qish motivatsiyasi o’sishining va ijodiy imkoniyatlari rivojlanishining samarali xususiyatlaridan biridir. Bir qator pedagoglar boshlang’ich sinf o’quvchilarida kompyuter savodxonligining rivojlanishiga ikkilanadilar. Ularning ba’zilari kompyuterlar faqat sinfda bolaning e’tiborini chalg’ituvchi yana bir vosita deb hisoblasalar, boshqalari esa hisoblash texnikasi sohasida jiddiy professional tayyorgarliksiz o’qituvchilarning darslarda kompyuterlardan foydalanishi va kompyuter savodxonligiga bolalarni o’rgatish mumkin emas deb ta’kidlaydilar. Uchinchilari esa kompyuterlardan doimiy foydalanish maktabda shunday bir holatga olib keladiki, unda insoniyat kompyutersiz sonlarni na qo’shish, na hisoblay olishga qodir bo’lishi xavfini ifodalaydilar. Yana bir muhim qarshilik mavjud bo’lib, u bolalarning bir-biri bilan kam muloqotda bo’lishi muammosidir. Chunki kompyuter zamonida ular vaqtlarining ancha qismini kompyuterda o’tkazishadi. O’quv-tarbiyaviy jarayonda kompyuterlarning qo’llanishi diapazoni juda katta: kompyuter ham ta’lim ob’yekti, ham ta’lim vositasi (usuli)dir. Ya’ni kompyuterlashtirish ta’limotining 2 yo’nalishi bo’lishi mumkin: informatika o’rganish va turli predmetlarni (fanlarni) o’rganishda undan foydalanish. Bunda kompyuter ta’im, o’ganish samaradorligining oshirilish usuli hisoblanadi. Kompyuter o’quv ma’lumotlarini taqdim etish imkoniyatlarini ancha kengaytirdi. Rang, grafika, tovush, videotexnikaning zamonaviy vositalarini qo’llash turli holat va muhitni modellashtirishga imkon beradi. Kompyuter o’quvchi motivatsiyasini kuchaytiradi. Kompyuterda ishlab turib, o’quvchi topshiriqning yechimini kerakli yordamga tayangan holda oxirgacha yetkazish imkoniga ega bo‟ladi. O’quvchi bajarayotgan topshiriqlarning tiplari anchagina kengayadi: tuzish, dasturlash va hokazo. Kompyuter o’quvchi faoliyati ustidan nazoratni sifatli o’zgartirishga imkon beradi, kompyuter barcha javoblarni tekshiradi, ko’pgina hollarda esa nafaqat xatoni hisobga olib ko’rsatadi, balki uning paydo bo’lish sababini o’z vaqtida aniqlab, bekor qilish uchun xarakterini aniq belgilaydi. Kompyuter o’quvchilarga “2” baho qo’ysa, ular tezda buni tuzatishga shoshiladilar. O’qituvchi o’quvchini tartib-intizom va e’tiborli bo’lishga chaqirishi shart emas. Chunki ekranda 2-3 daqiqadan so’ng keyingi topshiriq paydo bo’ladi. Kompyuter o’quvchilarda o’z faoliyatlari refleksiyasining shakllanishiga yordam beradi. Kompyuter texnikasining qo’llanilishi darsni yanada qiziqarli, zamonaviy qiladi, individual o’rganish sodir etiladi, nazorat va yakuniylarni xulosalash, o’z vaqtida va obyektiv bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling