4-mavzu: Boshlang’ich sinf husnixat darslarida o’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish yo’llari reja


Download 349.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana17.01.2023
Hajmi349.84 Kb.
#1098045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 MAVZU NAZARIY 3a639a2b71cc34863ad4247f723a774c

Xatolarni tuzatish 
Dastur talablariga muvofiq, 4-sinfning oxiriga kelib, har bir o'quvchi tez va 
chiroyli yozilishi lozim. Ammo shunday o'quvchilar ham uchraydiki, ular yozuv 
malakasini to'la egallab ololmaydilar, harflarning shaklini pala-partish, katta-
kichik qilib har xil yozadilar. O'qituvchilar tomonidan noto'g'ri yozilgan harflarni 
tuzatish har bir predmet o'qituvchisining eng muhim va qiyin vazifalaridan biridir. 
Bu masalani ehtiyotlik bilan hal etish lozim. 
Kamchilikarni tuzatishga kirishishdan oldin uning asosiy xatosi nimada 
ekanligini aniqlash zarur. O'quvchilarning yozuvlarida keng tarqalgan 
kamchiliklardan biri ayrim harflaning noto'g'ri ifodalanishi sababli xatning o'qib 
bo'lmasligidir. Ayrim o'quvchilar esa harflarni quyidagicha buzib, har xil balandlik 
va qiyalikda yozadilar: 
Bu o'z navbatida o'qishni qiyinlashtiradi, yozilgan matnni noaniqlikka olib 
keladi. 
Ayrim o'quvchilar esa har bir harfni alohida-alohida ajratib qo'l harakatini 
uzib yozadilar: Aksincha, ayrim o'quvchilar esa juda yirik, haddan tashqari mayda, 
yozuv qo'lni charchatadi, o'qishni qiyinlashtiradi, yirik yozuv esa yozuv tezligini 
kamaytiradi va o'quvchi buning uchun ko'p vaqt sarflaydi. 
Shuning uchun o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarni o'z vaqtida, 
ya'ni harflarning shaklini yozishga o'rganayotgan vaqtda tuzatish lozim. 
Quyida o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolarni 
ko'rsatib o'tamiz: 
1. Tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishda siniq chiziq 
hosil qiladilar va quyidagicha tor yoki keng qilib yozadidar
2. Tagi va usti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni quyidagicha 
buzib yozadilar; 
Biz o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolar faqat
kichik harflarga taalluqli bo'lganini ko'rsatib o'tdik bunday 
kamchiliklar bosh harflada ham uchrashi mumkin. Bosh harflarda 
uchraydigan tipik xatolarni ham ona tili darslarida ko'rsatib, tanishtirib borish 
mumkin. 
Harflarning shakli buzilishiga ishning to'g'ri tashkil etilmaganligi, yozuv 
qurollaridan to'g'ri foydalanmasak ham sabab bo'ladi. 
Xati xunuk o'quvchi ko'pincha avtoruchkani noto'g'ri ushlaydi yoki o'zi 
noto'g'ri o'tiradi. Avtoruchkada siyohning yetarli bo'lmasligi yoki sharikli 
avtoruchkaning pastasi qotib qolishi ham yozuvning buzilishiga olib keladi. 
Ayrim hollarda o'quvchining ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lmasa ham yozuv 
buzilishi mumkin. 
O'qituvchi o'quvchilarning yozuvlari buzilish sabablarini aniqlash bilan 
birga, uni bartaraf etish yo'llarini topishi kerak. 
Agar o'quvchilar harflarning shaklini butunlay noto'g'ri yozsalar yoki 
harflarning baland va qiyaligiga e'tibor bermasalar, unda o'quvchilar bilan qaytadan 


mashqlar o'tkazish lozim. Qayta mashq o'tkazishda o'qituvchi o'quvchilarining 
diqqatini ko'proq, butunlay o'zgacha yoziladigan harflarning shakliga qaratishi 
lozim. 
Yozuv malakasi past bo'lgan o'quvchilarni ravon, tekis qilib yozishga 
o'rgatish, chamalash qobiliyatini o'stirish va harflarni umumiy qoidaga amal 
qilishga o'rgatiladi. Harflarning qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatishda qo'l va 
barmoq muskullarining harakatini o'stiruvchi mashqlar muhim rol o'ynaydi. 
Yomon yozadigan o'quvchilarning har bir bajargan mashqlarini o'qituvchi 
kuzatib va tekshirib borishi zarur. 
Davr o'zgarishi bilan yozuv qurollari ham takomillashib bormoqda. Ularga 
bo'lgan munosabatlar ham o'zgarmoqda. Ayniqsa. soddalashtirilgan yozuv 
sistemasining tezligiga va harflarni qo'l harakatini uzmay bog'lab yozishga talab 
kuchaydi. 
Xalq maorifi sistemasini qayta qurish davrida maktablarimiz oldida 
chiroyli yozuvga o'rgatishni takomillashtirish borasida qator yechilmagan 
muammolar mavjud. 
Boshlang'ich sinflarda chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun faqat 
harflar namunasidan, husnixat darsliklari bilan kifoyalanib qolmasdan, turli texnika 
vositalari: diafilm, epidiaskoplardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. 
Husnixat malakasini shaklantirish bundan keyin ham yanada takomillashib 
boriladi. 
Bu harfni yozishda pastdan yuqoriga qiya chiziqcha chiziladi, yuqoridan 
pastka kichik tayoqcha tushiriladi va qo'l harakatini uzmasdan turib yana tagi 
ilmoqli kichik tayoqcha tushiriladi. 
O'quvchilarni 
komanda 
bilan 
turg'azib, 
oldin 
o'rganilgan 
badantarbiya mashqlaridan 2-3 tasini bajartiriladi. Bu mashqlar 2-3 
daqiqadan 
oshmasligi 
kerak. 
Mashq 
tugagandan 
so'ng 
yana 
yozuv 
mashqlari davom ettiriladi. 
Husnixat mashg'ulotlarini yuqorida ko'rsatilgani kabi uyushtirish chiroyli 
va to'g'ri yozish malakasini hosil qilish, o'quv mashg'ulotlarini puxta 
o'zlashtirishga yordam beradi. 
Didaktikaga asoslangan holda biz o`quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim 
jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to`g`ri va muvaffaqiyatli 
o`tish uslubini ham to`g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni 
ko`rgazmali va texnika vositalari bilan o`tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga 
boy o`tadi. O`qituvchi izlanuvchan bo`lishi, darslarni rang-barang usulda o’tishi 
kerak.Dars qiziqarli o`tishi uchun faqat ko`rgazma qurollardan foydalanib qolmay, 
o`yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim. 
O`yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda 
konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang`ich sinf 
o`quvchilariga mo`ljallangan. Ular bu yoshda o`yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati 
tarqoq bo`ladi. O`yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilari yosh bo`lgani uchun ularga sodda tilda 
tushunarli holda bilim berish va darslarda o`yin elementlaridan foydalanish lozim. 
Bola hayotining asosiy qismi o`yin bilan o`tadi. O`yinlar faqat didaktik vosita 


bo`lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o`yinning nozik 
tomonlarini egallamay turib, o`yin faoliyatini boshqarishini o`rganmay turib 
oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz. 
O`yin bolalar faoliyatining asosiy turi. Bola o`yin orqali materiallarning 
ko`rinishi, rangi, tuzilishi turli o`simlik va hayvonot olamidagi o`zgarishlarni 
anglaydilar. 
O`yin- bu bolalar uchun o`qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, 
darsning asosiy qismini o`yin darsiga aylantirib qo`ymaslik lozim. 
Bola hayotining asosiy turi o`yindir. “Bola uchun o`yin voqelik”- deb 
yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, tevarak atrofdagi voqelikdir. U bolaga 
xususan tushunarli bo`lgani uchun qiziqdir, o`yin bolaga shuning uchun 
tushunarliki, unda qisman bolaning o`zi yaratgan narsa bor. 
Bolalarning o`yin faoliyati maktabgacha yoshda paydo bo`lib, o`z 
taraqqiyotida oddiy taqlid qilishdan murakkab rolli o`yinga qadar bo`lgan yo`lni 
bosib o`tadi, bu o`yin dastlab kishilarning predmetlar bilan bog`liq faoliyatini, 
so`ngra o’ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi. o`yin o`qituvchi bilan o`quvchi 
o`rtasida bevosita munosabat yaratishga va bolalarning orqada qolishi sabablarini 
chuqurroq anglashga yordam beradi. Bunda o`ituvchining quyidagi kabi mantiqiy 
topishiriqli o`yin mashqlarini o`tkazishi maqsadga muvofiqdir. 
1. 
O`qituvchi yoki o`quvchilardan birontasi bir so`z aytadi, bolalar ana 
shu so`zga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli so`z topib aytadilar. Masalan: osh-
mosh, tosh, bosh… 
2. 
o`qituvchi yoki tarbiyachi bolalarga kaptok otadi. Kaptok 
otayotganda, o`qituvchi masalan: “anor”-, deydi. O`quvchilar esa sholi-poli, uy-
o`y, rom-pom, uch-o`ch degan so`zlarni topib aytishlari kerak. 
3. 
Har bir o`quvchiga stol ustida turgan rasmlardagi bir-biriga nomlari 
yaqin bo`lganlarini topib aytishi topsiriladi. Grammatik o`yinlar til o`rgatishdagi 
qiyinchiliklarni yengishga, ona tilidan olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam 
beradi. 
Ayniqsa birinchi sinfga kelgn bolalarning ancha kamchilikari bo`ladi. 
Masalan: 
Ular r,z,s,t,sh kabi tovushlarni to`g`ri talaffuz eta olmaydilar. Shuning 
uchun ham boshlang`ich sinf o`yin mashqlari ovoz, havo yo`lining ishlashini 
normallashtiradi, tovushlarni to`g`ri talaffuz qilib, eslab qolishga yordam beradi. 
1-sinfda talaffuz etilishi qiyin bo`lgan so`zlar ishtirokida turli o`yinlar 
o`tkaziladi. 
O`qituvchi bir necha so`zni (olma, shahar, gulzor) aniq, lekin juda tez 
aytadi. 
O`quvchilar 
bu 
so`zarni 
yaxshilab 
eshitib 
olishga 
va 
uni takrorlashga harakat qiladilar. Bu o`yin bolalarning eshitush qobiliyatini 
mustahkamlashga yordam beradi, ularni intizomli bo`lishga o`rgatadi. 
O`yin elementlari bolalarni bilim saviyasini, nutqini, o`qishini o`stiradi. 
Harflarni esda saqlash” o`yini. 

Download 349.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling