4-mavzu: Boshlang’ich sinf husnixat darslarida o’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish yo’llari reja
Kompyuter yordamida “Yashiringan harfni top” o’yini
Download 349.84 Kb. Pdf ko'rish
|
4 MAVZU NAZARIY 3a639a2b71cc34863ad4247f723a774c
Kompyuter yordamida “Yashiringan harfni top” o’yini
“O’z-o’rningni top” o’yini O’yinning borishi. O’qituvchi bolalarga xohlagan bir so’zni yo gapni aytadi, masalan, “Vatan” so’zi aytilib kompyuterlarga kiritiladi. O’quvchilar har bir harfni ekranga chiqarish uchun bir amalni bajarishlari lozim bo’ladi. Masalan, “V” harfini chiqarish uchun qanday amal bajarishdan qat`iy nazar, natijasi 21 chiqishi lozim. Chunki “V” harfi alfavitda 21- o’rinda joylashgan. Shunday qilib, o’quvchi “Vatan” so’zini ekranga chiqarish uchun beshta amal bajaradilar. Qaysi o’quvchi tez va to’g’ri bajarsa, kompyuterda ma’lum bir kuy bilan o’quvchi taqdirlanadi va o’qituvchi qaysi o’quvchi topshiriqni birinchi bo’lib bajarganini aniqlaydi. O’yin davomida yo’l qo’yilgan xatoliklarni kompyuter tahlil etadi. Bu o’yin husnixat va matematika darslarining o’zaro uyg’unligi, bog’liqligini ta`minlaydi. Bola bu o’yinni aynan kompyuterda bajarsa, yaxshi natija beradi. O’yin jarayonida nafaqat matematik ifodalarni tuzib yechish, balki lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosiga joylashgan harflarning nomi va o’rni xotirasiga muhrlanadi. Ular alfavitda qaysi harf qayerda, nechanchi o’rinda joylashganini ham xotiralarida saqlab qoladilar. Bu bilan birga ko’paytirish, bo’lish, sonlarning yig’indi va ayirmasini topish jadvalini o’zlashtiradi. Keyingi yillarda bizga ma'lumki maktablarda boshlang'ich sinf o'qituvchilari chiroyli yozuv faniga kam e'tibor bermoqdalar. Buning oqibatida bolalar orasida hulq-atvorida juda ko'p nuqsonlar vujudga kelib, ular aynan yozuv darsiga taaluqlidir. Hozirgi kunda olimlarimiz tomonidan grofologiya degan fan tadbiq etilgan bo'lib, ushbu fanning mazmun mohiyati insonlarning yozuv faoliyatidagi fe'l-atvorni belgilashga qaratilgan. O'qituvchining bosh vazifasi o'quvchilarga darslardagi rejani to'liq amalga oshirish jarayonida bevosita ko'rsatilgan har bir mavzuni chuqur idroq etib, o'zining ijodkorona yondashishi bilan ta'lim vositalaridan keng foydalanib, husnixatga mos bo'lgan shart va tamoyillarni, tartib qoidalarni o'z o'rnida qo'llab, uslubiy usullarni ko'rgazmalilik- tamoyili asosida amalga oshirsagina maqsadga erishadi. Ularni amalga oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak: 1. O'quvchilarning yozuvidagi kamchiliklarni o'z o'rnida tuzatish va izoh, berish. 2. Yozayotganda berilgan topshiriqni to'g'ri yozishi haqidagi barcha xato va kamchiliklarni o'z o'rnida tuzatib borish. 3. Ko'proq matnlar yozdirish. Har bir matnni yozilishini birma-bir tahlil qilish. 4. Rasm asosida hikoya tuzishga o'rgatish. Tuzilgan hikoyani bayon shaklida yoritish. 5. O'quvchilarga qaysi bir berilgan topshiriqda kamchiliklar uchrab turgan bo'lsa, shu kamchiliklar asosida mustaqil ishlar berish. 6. O’quvchilarning ijodiy qobilyatlarini oshirish uchun har bir bayram yoki muhim sanalarga atalgan mavzular asosida insholar olish (har bir chorakda). Maktablarda chiroyli yozuv fanini qat'iy holda o'quvchilarga yanada shakllantirish uchun quyidagi metodik tavsiyalar beriladi: Yozayotganda berilgan topshiriqni to'g'ri yozishi haqidagi barcha xato va kamchiliklarni o'z o'rnida tuzatib borish. Ko'proq matnlar yozdirish. Har bir matnni yozishini birma-bir tahlil qilish. Rasm asosida hikoya tuzishga o'rgatish. Tuzilgan hikoyani bayon shaklida ' yoritish. O'quvchilarga qaysi bir berilgan topshiriqda kamchiliklar uchrab turgan bo'lsa, shu kamchiliklar asosida mustaqil ishlar berish. O’quvchilarning ijodiy qobilyatlarini oshirish uchun har bir bayram yoki muhim sanalarga atalgan mavzular asosida insholar olish (har bir chorakda). Maktablarda chiroyli yozuv fanini qat'iy holda o'quvchilarga yanada shakllantirish uchun quyidagi metodik tavsiyalar beriladi: Har bir harf shaklini berilgan namunaga qarab taqqoslatish hamda bir xil -yozdirilishiga erishish. Noto'g'ri yozilgan harf va so'zlarni o'chirg'ich bilan o'chirishga ruxsat etilmaydi. Noto'g'ri yozilgan joyning ustidan bir chiziq chizib, so'ngra ustiga to'g'ri- yozuvni yozib ko'rsatish mumkin. Har bir darsda partada to'g'ri o'tirish qoidalariga amal qilish, bosh chapga chapga yoki o'nga osiltirib o'tirmaslik. Ko'z bilan daftar orasidagi masofani to'g'ri saqlash. yozuvning qiyaligini 65 gradusdan oshirmaslik. Har bir harfning shakli "Husnixat " kitobida ko'rsatilganidan farq qilmasligi. Bosh va kichik harflar bir xil holda yozilmasligi hamda bir-biridan ajratilishi lozim. Bunda bosh harflar kichik harfing hajmidan bir barobar katta bo'lishi kerak. Bunda kichik harflar hajmi 4 mm, katta harflar 8 mm bo'lishi kerak. O'quvchilarning ishlarini tekshirish uchun faqat qizil rangli avtoro'chkadan foydalaniladi. Shuningdek yo'l qo'yilgan xato harflarning ustiga chiziq tortilgan holatda ilova etiladi. Agarda harflarning orasida birorta harf tushib qolgan bo'lsa belgi asosida xatosi ko'rsatiladi. So'ngra bolalarning yozuvidagi xato va kamchiliklar daftar hoshiya chizig'idan o'tkazilib alohida ko'rsatilishi kerak. Bunda xato yozilgan harf tagiga chiziladi va to'g'ri namuna hoshiya chizig'idan tashqarida ko'rsatiladi. Agarda matnda hamma harflarning ichida 3,4 noto'g'ri yozilsa, bunday holda o'qituvchi tomonidan berilgan harf alohida to'g'irlangan holatda 2 chiziqdan yozilishi tavsiya etiladi va o'qituvchi tomonidan qizil ruchkada namuna beriladi. 12.Agarda avzas bilan boshlanuvchiga bo'ladigan bo'lsa, bola shu gapni avzasdan emas balki gaplar orqasidan ajratmagan holda yozgan bo'lsa o'qituvchi tomonidan bu belgi qo'yiladi. 13.Bola bo'g'in ko'chirish qoidasiga rioya qilmagan holda yozganda o'qituvchining vazifasi uning bo'g'in ko'chirish qoidasi asosida tuzatishga qaratiladi. 14.Doskada bo'r bilan yozilgan yozuvlar yozuv qoidalariga mos bo'lishikerak. O'qituvchi doskaga o'tayotgan materiali joylashtira bilishi hamkatta ahamiyatga egadir. 15.Maktabda chiqarilgan har e'lonlar, maktab devoriy gazetasidagi maqola matnlari ham chiroyli qilib, yozuv qoidalariga amal qilgan holda yozishi kerak. Xulosa qilib aytganda, yuqorida ko'rsatib o'tilgan shartlar amalga oshirilsa maktabda qat'iy yozuv rejimini amalga oshirishi mumkin. Chiroyli yozuv qoidalarini eslatib turish bilan bir qatorda, uni bir rejimga tushirib olish har bir o'qituvchining muhim vazifasidir. Agar maktabda yozuv rejimi to'g'ri tashkil etilsa, o'quvchilarning chiroyli yozuv malakalari bir umrga saqlanib qoladi. Buning uchun boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchilardan hosil qilgan chiroyli yozuv malakasini yuqori sinflarda har bir fan o'qituvchisi eslatib turishi lozim. Aks holda, ular boshlang'ich sinfda olgan chiroyli yozuv malakasini unitib yuboradilar. Download 349.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling