Da’vo ishini yuritish


Download 263.77 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi263.77 Kb.
#1206077
Bog'liq
Davo Ishi yuritish S.Abdullayev

 Da’vo ishini yuritish.

Namangan Davlat Universiteti yuridik fakulteti kechki ta’lim AU-20 gurux talabasi Abdullayev Sanjar Sobirjon o’g’li

Sud tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar

  • Sud tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga, agar qonunchilikda ularni ko‘rishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqarolik, mehnat, oilaviy, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan da’volar bo‘yicha ishlar kiradi.

Da’vo ishini yuritishga doir ishlarni ko‘rish tartibi.

  • Da’vo ishni yuritishga doir ishlar ushbu kichik bo‘limda ko‘rsatilgan istisno va qo‘shimchalar bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘riladi.

Ishga tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha uchinchi shaxslarni jalb qilish.

  • Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimlarni yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimlarni ilgarigi ishiga tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga o‘tkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni uchinchi shaxs sifatida javobgar tarafida ishda ishtirok etish uchun o‘z tashabbusi bilan jalb qilishi shart.
  • Sud mehnat shartnomasining bekor qilinishi yoki boshqa ishga o‘tkazish ochiqdan-ochiq qonunni buzgan holda amalga oshirilganligini aniqlasa, shu protsessning o‘zidayoq aybdor mansabdor shaxs zimmasiga majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq to‘lash sababli tashkilotga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini yuklatadi. Bunday hollarda mansabdor shaxsdan undiriladigan summalarning miqdori mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.

Nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ish bilan birga ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan nizolar.

  • Er-xotinning mol-mulkini bo‘lish haqidagi talabi, agar bu nizoni to‘g‘ri hal etish uchun ishga uchinchi shaxslarni jalb qilish zarur bo‘lsa, nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ish bilan birga ko‘rilishi mumkin emas.

Alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha javobgarning sudga kelishi.

  • Sud alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha javobgarning sudga kelishini shart deb topishi mumkin. Agar bunday holda javobgar sud tomonidan uzrsiz deb topilgan sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmasa, u majburiy tartibda keltiriladi va fuqorolik protsesual Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda jarimaga tortiladi.

Alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar undirish.

  • Alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vaqtida sud zarur bo‘lgan taqdirda, ishni mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini hisobga olib, er (xotin) o‘z xotinini (erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi, bolalarni boqish va tarbiyalashga er-xotindan qaysi biri va qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi, shuningdek bolalardan qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli.
  • Sudning ajrimi darhol ijro etiladi.

Download 263.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling