Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
Download 407.5 Kb.
|
9. Симптоматические АГ - лекция - лот
Klinik manzarasi. Simptomatik gipertenziyalarning ayrim turlariga (Konn sindromi, Kushing sindromi, feoxromositoma) xos patognomik simptomlar vazorenal gipertenziyada yo‘q.
Bemorlarning shikoyatlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: Serebral gipertenziyaga xos belgilar: bosh og‘rig‘i, boshda og‘irlik hissiyoti, quloqlarda shovqin, ko‘z soqqalarida og‘riqlar, xotiraning pasayishi, qoniqib uxlamaslik va b. Yurak chap bo‘limlariga ortiqcha og‘irlik tushishi va koronar etishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan shikoyatlar: yurak sohasida og‘riq, taxikardiya, to‘sh ortidagi og‘irlik hissi va b. Bel sohasidagi og‘irlik sezgisi, kuchli bo‘lmagan og‘riqlar, buyrak infarkti bo‘lgan taqdirda - gematuriya. Boshqa a'zolar ishemiyasi belgilari (buyrak arteriyalari bilan birga boshqa a'zolar magistral arteriyalari shikastlanganda). Nospesifik aortoarteriitda umumiy yallig‘lanish sindromi uchun xos shikoyatlar. Ikkilamchi giperaldosteronizm uchun xos shikoyatlari: jinsiy zaiflik, paresteziyalar, tetaniya xurujlari, poliuriya, nikturiya, polidipsiya. Vazorenal gipertenziya taxminan 25% bemorlarda belgisiz kechadi. Bemorda quyidagi belgilar aniklansa vazorenal gipertenziya kasalligi borligiga taxmin qilish mumkin: ikkita yoki undan ortiq gipotenziv preparatlar va diuretiklarga rezistent bo‘lgan arterial gipertenziya; arterial gipertenziyaning 20 yoshgacha bo‘lgan ayollarda yoki 55 yoshdan keyin paydo bo‘lishi; tez avj olib boradigan yoki xavfli kechadigan gipertenziya; ateroskleroz kasalligining turli xil ko‘rinishlari borligi; APF ingibitorlari yoki angiotenzin II reseptorlarining blokator-larini qo‘llash fonida rivojlanadigan azotemiya; qorin aortasi va buyrak arteriyalari ustidagi sistolik shovqin; UTT da buyraklarning o‘lchamlaridagi 1,5 sm dan oshadigan farqlar; Yuqorida sanab o‘tilgan belgilar vazorenal gipertenziya to‘g‘risida ko‘pincha asoslangan taxmin qilishga imkon beradi, biroq ular bu diagnozni to‘liq tasdiqlash imkoniyatiga ega emas. Vazorenal gipertenziya diagnozini tasdiqlash yoki rad etish uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish zarur bo‘ladi. Vazorenal gipertenziya diagnostikasining eng ishonchli va to‘g‘ri usuli buyraklar angiografiyasi hisoblanadi, bu tekshirishni fakat qon-tomir kasalliklariga ixtisos-lashgan markazlardagina bajarish mumkin. Angiografiya stenoz jarayonining sababini aniqlashga, stenoz darajasi va uning joylashuviga baho berishga imkon beradi, bu esa xirurgik davolash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda katta ahamiyatga ega. Diagnostika uchun, bir qator kam invaziv, skrining usullari ham mavjud bo‘lib, ular buyrak arteriyalarning zararlanganini topishi, angio-grafiyaga ko‘rsatmalarni aniqlashi, gipertenziya genezini (kelib chiqishi) aniqlashi va ayrim bemorlarga angiografiya o‘tkazish shartmasligini belgilab beradi. Jumladan, AAF ingibitorlari bilan ssintigrafiya, doppler – ultrasonografiya, magnit-rezonansi va KT angigografiya yuksak sezuvchanlika ega bo‘lib, angiografiyagacha bo‘lgan davrda skrining usul sifatida qo‘llanilishi mumkin. Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan renossintigrafiya qilish. Buyrak arteriyasining funksional ahamiyatga ega stenozida AAF ingibitorlarini qo‘llanilishi, buyrak nefronlarida filtrasiya tezligining pasayishiga olib keladi. Bu hol efferent arteriolalar konstriksiyasini bartaraf etish yoki sezilarli susaytirish tufayli kelib chiqadi. Renogrammaning xarakterli o‘zgarishi buning oqibati bo‘lib hisoblanadi. Ssintigrafiyada AAF ingibitorlari induksiyalagan o‘zgarishlar renovaskulyar gipertenziya uchun eng spesifik diagnostik mezon hisoblanadi. AAF ingibitorlari qo‘llanilganda normal ssintigramma olingan bo‘lsa, VRG ehtimolini 10% dan kam desa bo‘ladi.
Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling