Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Kardinal — katolik chekovining oliy mansabdori. Kardinallar majlisi — konklav


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Kardinal — katolik chekovining oliy mansabdori. Kardinallar majlisi — konklav papani 
saylaydi. 
Papa viloyati (yoki CHerkov viloyati) — o`rta Italiyadagi poytaxti Rim bo`lgan 
cheklanmagan oliy hukmdor — papa boshchiligidagi davlat (756–1870 i.). 1870 yilda Rimning 
Italiya qirolligiga qo`shilishi natijasida papa davlati yo`q bo`lib ketdi. 
Kostel — katolik cherkovining nomi. 
Bulla — muhr bosilgan davlat va cherkov aktlarini tantanali shaklda e`lon qilishning 
G’arbi Yevropadagi eskicha nomi. Bu nom hozir ham papa hokimiyatidan chiqadigan tantanali 
aktlarga nisbatan qo`llaniladi. 
Nuntsiy — papa elchisi. Bir qator mamlakatlarda nuntsiy diplomatik korpusning boshlig’i 
hisoblanardi. 
Protestantizm — XVI asrdagi reformatsiya natijasida Rim – katolik cherkovidan ajralib 
chiqqan lyuteranlik, kal’vinizm kabi xristian diniy ta`limotining umumiy nomi. Protetantlar deb 
dastlab SHpeyerda (1528) chakirilgan german imperiyasi seymi a`zolarining reformatsiya 
harakatiga qarshi kurash xaqidagi ko`pchilikning harakatiga qarshi norozilik bilan chiqqan 


38 
(protest) ozchilik qismini atashgan edi. Protestantlar Austurdagi (1530) reyxstagda Martin 
Lyuter tomonidan tuzib chiqilgan yangi liniy ta`limot asosini takdim etdilar. Keyinroq 
reformatsiyaning hamma tarafdorlari Protestantlar deb ataladigan bo`ldi. SHvetsariyada, 
Frantsiya va Pol’shada TSvingli va Kalvin tarafdori yoki reformatorlar ham Protestantlar deb 
atalgan. AQSH, Angliya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda XVI — XVII asrlarda 
protestantizm negizida vujudga kelgan baptistlar, menonitlar, kvakilar va sho`nga o`xshash juda 
ko`p sektalar mavjuddir. 
Indul’gentsiya — o`rta asrlarda katolik cherkovi ish praktikasida qo`llanilgan pul 
barobarida yoki cherkov oldida ko`rsatilgan xizmatlari uchun ayb va gunohlarini kechirish va 
cherkov jazosidan ozod etilganligi xaqida beriladigan yorliq. Indul’gentsiya berish bilan uni 
sharm— xayosizlarcha sotish xalq ommasining g’azabini keltirdi va bu hol reformatsiya 
o`tqazishga qaratilgan harakatning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri bo`ldi. 
Inkvizitsiya — katolik cherkovida XII asrdan to XIX asrgacha mavjud bo`lgan 
bid`atchilar ishi yuzasidan ish quruvchi maxsus cherkov sudi. Bu bid`atchilar va antifekdalar 
xalq harakati qatnashchilarini sud, tergov qilish va jazolash muassasasi sifatida tashkil etilgan. 
Inkvizitsiya xar qanday erkin fikr qiluvchilarga, cherkov va u himoya kilayotgan feodal 
tuzumning xar qanday oppozitsiyasiga qarshi ayovsiz ravishda kurash olib bordi. XV asrning 
oxirlaridan boshlab faqat bid`atchilarga va yaxudiylarga ham qarshi karatilgan davlat qirollik 
muassasasiga aylandi. Inkvizitsiya, ayniqsa, Ispaniyada xalqka xaddan tashqari jabr o`tkazgan. 
Abbat — (bosh ruhoniy) boshchiligidagi katolik monastiri. CHerkovning yuqori 
boshqarish organlari — episkopga yoki papaga buysunadi, abbatga boshqa monastirlar qaram 
bo`lishi mumkin. Abbat G’arbi Yevropada VI asrda vujudga kelib, o`rta asrlarda diniy 
sohadagina emas, balki iqtisodiy va siyosiy hayotda ham muhim rol’ o`ynadi. U qaram 
dehqonlarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilgan. Abbat o`z tasarrufidagi qishloqlar, er-suvlar, 
o`rmonzorlar bilan birga feodal mulki (sen’or hisoblanib), feodal jamiyati tashkilotining 
mustaqil tarkibiy qismi edi. Reformatsiya davridan boshlab, o`zining ilgarigi ahamiyatini 
yo`qotgan bo`lsada, katolik mamlakatlarida saqlanib qolgan. 
Mitropolit — mamlakatning barcha ierarxlari o`rtasida bosh o`rinda turadigan ayrim 
episkoplarning oliy diniy unvoni. Hozirgi paytda pravoslav cherkovida ayrim episkoplarning 
faxriy unvoni. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling