Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan
Priorlar — katolik cherkovidagi ayrim monastirlarning nozirlari. Pastor
Download 468.41 Kb. Pdf ko'rish
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klermon yig’ilishi
- Salib yurishlari
- Guschilar harakati
Priorlar — katolik cherkovidagi ayrim monastirlarning nozirlari.
Pastor — protestant ruhoniysi. Rekonkista — V111–XV asrlarda Pirenei yarim oroli xalqlarining arablar va barbarlar tomonidan bosib olingan hududlarini jang orqali qaytarib olishi. 39 Episkop — xristian cherkovlarida yuqori lavozimli ruhoniy. Dastlabki xristian jamoalarida episkop jamoaning boy va e`tiborli kishilaridan saylanardi. CHerkovning xazinachisi bo`lardi. Keyinroq u oliy martabali ruhoniyga aylandi. Pravoslav cherkovida episkop davlat hokimiyati tomonidan tayinlana boshladi. Klermon yig’ilishi — 1095 yil noyabrida papa Urban II tomonidan Klermon shaxrida chaqirilgan cherkov yig’ilishi. Bu yig’ilishda cherkov erlari va boyliklarni egallab olish uchun turk — musulmonlarga qarshi salib yurish tashkil etishi xaqida qaror qilingan edi. Salib yurishlari — G’arbi Yevropa feodallarining 1096—1270 yillarda katolik cherkovi tashabbusi bilan Falastindagi xristian Avlielarini musulmonlar dini hukmronligidan ozod qilish uchun olib borilgan bosqinchilik yurishlari. Sholastika — o`rta asrlarda feodal jamiyatning diniy mafkraviy falsafasining umumiy nomi, sholastika xristian dini aqidalariga asoslangan. Teologiya (ilohiyot) – xudo va uning fazilatlari, diniy aqidalar to`trisida muquddas kitoblar va cherkov rivoyatlari xaqidagi ta`limot. Guschilar harakati — XV asrning birinchi yarmida CHexiya xalq ommasining feodal ekspluatatsiyasiga, katolik cherkoviga va chet el agressiyasiga qarshi olib borgan ko`p yillik kurashi. Guschilar harakatida CHexiya aholisining turli tabaqalari — dehqonlar, shahar hunarmandlari, burjuaziya va dvoryanlarning kattagina qismi qatnashgan edi. CHex dvoryanlari asosan nemis hukmronlari va katolik cherkovi qo`lida to`plangan cherkov mulklarining musodara qilishga, chex burjuasi esa nemis tirik burjuasini siqib chiqarishga intilar edi. Guschilarning bir qismi din sohasida cherkovni demokratlashtirish, ya`ni fuqaro bilan ruhoniylarning marosimlar o`tqazishdagi tengligini va chex tilida va`z aytishga yo`l quyilishini talab qilish bilan cheklandi. Dehqonlar bilan shahar hunarmandlari qat`iy talablar: din sohasida — Rim cherkovi bilan aloqani uzil—kesil uzish, ijtimoiy sohada erlarni musodara qilish, mulklardan voz kechish, soliq va o`lponlarni yo`qotish talablarini quyishdi. Guschilarning bu qismi o`zlarining istehkomli tayanchlariga aylantirgan joylarni nomi bilan Tabor so`zidan taboriylar deb atadilar. Taboriylarning sul kanoti adalitlar deb nom oldi. YAn Jelivkiy va YAn Jichka boshchiligida asosan hunarmand tabaqalarning 1419 yilgi Praga qo`zg’oloni uzoq davom etgan Guschilar urushlarining (1419—1434) boshlanishi bo`ldi. Avval Guschilarning barcha guruhlari dushmanga qarshi birga harakat qilishdi. 1420 yilda YAn Jichka CHexiya taxtini da`vo qilgan german imperatori Sigizmund qo`shinlarini tor—mor keltirdi. Turli sinfiy tabaqalardan iborat guschilar tezda bo`linib ketishdi. Puritanlar — Angliyada XVI asrning ikkinchi yarmida kelgan anglichan cherkovini katolitsizm qoldiqlaridan tozalashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan diniy harakatning 40 qatnashchilari. Puritanlarning diniy g’oyalari kal’vinizmning kuchli ta`siri ostida shakllandi. Puritanlarning sinfiy negizi: 1) boy savdo burjuaziyasi; 2) burjualashgan er egalari (yangi dvoryanlar) tashkil etdi, Kal’vinizmning burjuacha moxiyati xech qaerda ingliz puritanchiligidagidek yaqqol namoyon bo`lmagan edi. XVI asr oxirida absolyutizmga qarshi puritanlarning diniy qoppozitsiyasppozitsiyaga aylandi. Download 468.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling