26
Qopchur — ko`chmanchi xalqlardan va qabilalardan undirilgan soliq. Qopchur solig’ining
miqdori
yuz bosh hayvondan birini, ba`zan kirkdan birini tashkil etgan.
Kalon — XIII asrdagi er
SOLIG
’
I
.
Kalon hosildan 10 dan 1 xajmda olingan.
SHulen — X1I1 asrda olingan oziq — ovqat solig’i.
Suyurg’ol — biror hukmdor tomonidan alohida xizmat ko`rsatgan
shaxslarga berilgan
in`om. Suyurg’ol berilgan er nasldan — naslga meros bo`lib o`tgan. Uning egasi davlat
soliqlaridan ozod etilib olgan daromadi va mahalliy aholidan o`z ixtiyoricha foydalanish
huquqiga ega bo`lgan. O`rta Osiyoda Suyurg’ol Amir Temur hukmronligi davri (1370—
1405)da keng tus olgan. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning ayrim viloyatlarini shu
erlarning sobiq egalariga, o`z o`g’illariga, nevaralariga, ba`zan alohida xizmat ko`rsatgan
amirlarga, qo`shin boshliqlariga Suyurg’ol qilgan. XVI asrdan boshlab Suyurg’olning avvalgi
tartibi o`zgardi. SHayboniylar hukmronligining so`nggi yillari va
ashtarxoniylar hukmronligi
davrida ayrim qishloqlar er maydonlari, xatgo shu erlardan undirilgan
soliqlarning bir qismi ham
Suyurg’ol tariqasida beriladigan bo`ldi. XVIII — XIX asrning birinchi yarmida suyurg’ol
xarakteri tubdan o`zgarib, uning faqat merosiyligi saqlanib qoldi.
Tarxon —1. O`rta asrlarda turkiy xalqlardagi faol nomi, 2.O`rta Osiyo xonliklarida
feodallarning davlat soliqlaridan ozod
qilingan, er—suv, mol—mulklari.
Do'stlaringiz bilan baham: