Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Antisemintizm — millatchilikning semit xalqi yahudiylarga qarshi qaratilgan 
ko`rinishlaridan biri. 
Koalitsiya (lot. Coalitio, coales care dan — birlashish) — davlatlar, siyosiy partiyalar
kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlarning umumiy siyosiy, harbiy, iqtisodiy maqsadlarga 
erishish uchun tuzgan uyushmasi, ittifoqi, bitimi. Ikkinchi jahon urushi jarayonida antigitlerchi 
koalitsiya tashkil topdi. 
Aparteid (aparxeyd) — (afrikaane (bursk). Apartheid — alohida— alohida yashash) 
Janubiy Afrika Respublikasining hukmron reaktsion doiralari tomonidan Afrikaning tub 
aholisiga ko`proq, Hindistondan ko`chib kelgan kishilarga nisbatan olib borilayotgan shafqatsiz 
irqiy kamsitish va segregatsiya siyosati. Afrikaliklarni rezervatlarda (1959 yilda bantustanlar 
deb atala boshladi) yashashga majbur kdladilar, ular grajdanlik xukukidan maxrum qilganlar, ok 
tanlilarga qaraganda ancha kam ish haki olardilar va xokazo. Alohida — alohida yashash 
tartibini buzish jinoiy tartibda ta`qib qilinadi. BMT qabul qilgan bir kancha xujjatlarda aparteid 
insoniyatga nisbatan qilingan, xalqaro xuquq printsiplarini, jumladan, BMT Ustavi maqsadlari 
va printsiplarini buzuvchi, tinchlikka va xalqlar xavfsizligiga jiddiy taxdid soluvchi jinoyat deb 
e`lon qilindi. 
Natsizm — Germaniya fashizmining nomlaridan biri. Germaniya fashistlar natsional—
sotsialistlar partiyasi nomidan kelib chiqqan. 
Kolloboronistlar (fr. Collaboration — hamkorlik) — Ikkinchi Jahon urushi davrida fashist 
bosqinchilari bilan hamkorlik qilgan shaxslar. 


55 
Tred—yunionlar (ingl. Trade — xunar, kasb va union — birlashma) — ingliz kasaba 
uyushmalari harakatidagi oqim. Asosiy maqsadi hayotning shart—sharoitlarini yaxshilash uchun 
kurash. 
Neokolonializm — imperialistik davlatlar va monopoliyalarning imperializmning 
mustamlakachilik sistema barbod bulayotgan sharoitda mustamlaka qaramligidan ozod bo`lgan 
mamlakatlar ustidan yangi, ancha tadbirli usullar bilan o`z hukmronligini saqlab qolish va bu 
mamlakatlar xalqlarini ekspluatatsiya qilishga qaratilgan mustamlakachilik siyosati. 
Neokolonializm Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning xaqikiy 
mustaqillik tomon harakatiga, bu mamlakatlarda chet el monopoliyalari mulkining 
natsionalizatsiya qilinishiga va iqtisodiyotning davlat sektoriga aylaniiga to`sqinlik qiladi.
Neokolonializm hukmronlikning uslublari rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy va siyosiy 
shartlar asosida «yordam» berishni, teng xuquqli shartnomalar va bitimlar tuzishni, bu 
mamlakatlarni imperialistik davlatlar homiyligida turli blok va ittifoqlarga tortishni, mustaqil 
rivojlanish yo`liga o`tib olgan mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, ko`girchok rejimlar 
tuzishni va xokazolarni o`z ichiga oladi. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling