7-mаvzu. Yangi dаvrning tаriхiy аtаmаlаri
Rеjа:
1. Yangi dаvrdа vujudgа kеlgаn siyosiy аtаmаlаr.
2. Iqtisоdiy mаvzugа оid аtаmаlаr.
3. Diplоmаtik mаvzugа оid аtаmаlаr.
Ushbu davrning atamalarini tahlil qilib, shuni kuzatish mumkinki, ularning ko`pi yangi va
eng yangi davrda paydo bo`lgan. Ularning ko`pchiligiga lotin, arab va yunon, shuningdek, g’arb
va SHarq tillaridan o`zlashgan atamalardir.
Xalqaro atamalarni tarixiy atama sifatida kirib kelishiga xalqaro maydonda faol ishtirok
etayotgan davlatlarning o`rni bilan baholash to`tri bo`lardi. Bu kabi atamalarga ingliz, golland,
frantsuz, nemis, ital’yan tilidan kirib kelgan atamalarni kiritishimiz mumkin. Agar o`rta asrlarda
ma`lum bir atama aniq ma`noni anglatgan bo`lsa,yangi va eng yangi davrga kelib ular kengrok
ma`nodagi aniq tavsiflovchi xususiyatiga ega bo`ldi.
Hozirda qo`llanilayotgan atamalarning rivoji XIX va ayniksa, XX asrda davlatlar va
xalqlarning siyosiy rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir Jamiyatning rivoji, masalan, urush va
tinchlik muammolari, ilmiy—texnika inqilobi, ishlab chiqarishning jadal rivoji,
kommunikatsiyalar, ruhiy dunyoning milliy jixatlarining rivoji, milliy uzligini tanish
mamlakatlar va xalqlarning yaqinlashish elementlari bilan uygunlashgan holda ko`pgina tarixiy
jarayonlarni uygunlashtirdi. Xuddi shu davrda ko`plab xalqlar umumbashariy muammolar —
kolonializmlar, jahon urushlari va turli irhiy kamsitishlarga duch keldi. Totalitar, shovinistik,
ekstremistik aqidalarga qarshi kurashni ifodalovchi atamalar ham aynan shu davrda paydo
bo`ldi.
Xalqaro atamalarni tartibga keltirish va uni aniqlash ishlari ko`pgina mamlakatlar (AQSH,
Frantsiya, Angliya)da olib boriladi. Turli xalqaro tashkilotlar (YUNESKO, Standartlashtirish
bo`yicha xalqaro tashkilot, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi va xokazo) turli tillardan olingan
atamalarni muvofiklashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |