Xonliklarning ma`muriy tizimdagi mansablari.
Xonliklarda ma`muriy boshqaruv tizimi bilan bog’liq tarixiy atamalar bir—biridan farq
qiladi.
Amir Buxoro amirligining oliy hukmdori, ya`ni cheklanmagan xoqimiyat egasi bo`lgan.
Uning xuzurida ijroiya hokimiyatni saroy a`yonlaridan quyidagilar amalga oshirgan:
Qushbegi — oliy mansab bo`lib, amirdan keyingi birinchi amaldor hisoblangan, ayni
vaqtda amirning o`rinbosari sanalgan. Mang’itlar sulolasi davrida barcha viloyat hokim va
beklari Qushbegiga bo`ysungan, amir poytaxtda bo`lmagan vaqtda u amirlikning barcha ishlarini
boshqargan. Qushbegi, shuningdek, Buxoro viloyatining hokimi ham hisoblangan. Qushbegi
ham poytaxt arkida yashagan. Qushbegi mansabidan keyingisi otaliq bo`lgan.
Amirlikdagi keyingi mansab — qushbegiyi — poyondir. U, asosan, moliya ishlarini
boshqargan, ayni vaqtda butun amirlik hududidagi zakot yig’uvchilar boshliri hisoblangan. SHu
boisdan ba`zan uni zakotchiyi — kalon deb yuritishgan.
Amaldori mexmonxona amir kabulxonasidagi ishlarni tashkil etgan.
Dodxox—amir saroyining yuqori lavozimlaridan biri bo`lib, u Buxorodagi YUqori xizmat
doirasida 10—toifadagi amal yoki mansab xigoblangan. U arz, iltimosnomalarni qabul qilib,
ularga yozma va ogzaki javob kaytargan.
Amir saroyining yirik mansabdorlaridan biri — mirzaboshi devonxona hokimi, mirzalar
boshliri hisoblangan.
Xazinachi – amir xazinasini muxofaza qilgan.
Tashrif buyurgan xorijiy mexmon va elchilarni kutib olish bilan udaychi shurullangan.
Kutvol — davlat qurilishlariga javobgar shaxs bo`lib, ark qurilishi, qal`a devorlari va
imoratlarini ta`mirlash uning zimmasida edi.
Parvonachi – amir farmonlarini yozib olib, ularni tegishli shaxslarga etkazgan, vazir
muovini sifatida farmon ijrosi bilan shug’ullangan.
Amir oshxonasining bosh oshpazi farroshboshi. Mehmonlarni kutib olish, dasturxon
yozish, taom keltirish bilan shurullanuvchi dasturxonchi, amir otxonasini boshqaruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |