Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


miroxur, jamoat tartibini saqlash va uni tashkil etuvchi mirshab


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

miroxur, jamoat tartibini saqlash va uni tashkil etuvchi mirshab kabi mansablar ham bo`lgan. 
Mirshablar boshlig’i — mirshabboshi deyilgan. 


49 
Beklik — Buxoro amirligida bek tomonidan idora etiladigan ma`muriy hudud. Buxoro 
amirligi XX asr boshlarida 27 ta beklikdan iborat bo`lgan. Bek — O`rta Osiyo xonliklarida 
shahar yoki viloyat boshlig’i. Bek o`zi boshqaradigan beklikda cheksiz huquqqa ega bo`lib, u 
faqat amipra bo`ysungan. SHuningdek, bek so`zi aslzoda, hukmdor, janob, ma`nolarida 
ishlatilgan. 
Xivada xon Devoni bir necha tarmoklarga bo`lingan. Bosh vazir va vazirlar, qushbegi,
otaliq, rais, kozi kalon, shayxulislom, mirzaboshi, to`pchiboshi, inok, devonbegi, 
xazinachi, moliya ishlari vaziri, saroy munshisi, yasovulboshi, maxramboshi kabi mansablar 
shaxsan xar tomondan tayinlangan. Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar— inoq, otalik va 
biy mansablari bo`lgan. 
Qo`qon xonligida ham bir necha saroy unvon va mansablari bo`lgan Oliy darajali unvon va 
mansablar: otalik, beklarbegi, biy, devonbegi, xazinachi, inok, eshikorasi, parvonachi, 
dodxox, dasturxonchi, sarkor, sharbatdor, oftobachi, korovulbegi, tunqator, qushbegi. 
O`rta darajadagi unvon va amallar: kitobdor, risolachi, bakovul, mirzaboshi, 
sarmunshi, maxtari zakotzona, miroxur, shirovul. 
Past darajadagi mansablar: salomoga, mirzo, fayzi, munshi, surnaychi, karnaychi, 
dafchi, chovkuchi, jarchi (boshi), shotir, zinbardor (egarchi), jilovdor. 
Harbiy va diniy mavzudagi tarixiy atamalar. 
Harbiy ishlar bilan bog’liq atamalar ham xilma — xildir. Buxoro amirligida harbiy ishlarni 
to`pchiboshilari lashkar mansabidagi kishi boshqargan bo`lib, bu unvon ikkita bo`lgan: biri 
to`pchiboshi lashkar, vaziri xarb (harbiy vazir) nomlari bilan atalib, Buxoro shaxri harbiy 
gornizonining boshlig’i bo`lgan. Ikkinchisi to`pchiboshiyi arki—oliy ya`ni qal`a 
artilleriyasining boshlig’i bo`lib, u poytaxt qal`asiga komendantlik qilgan. 
Qurol—aslaxa omborining boshlig’i jevachi deb yuritilgan. 
Xivada poytaxt xavfsizligini saqlash to`pchiboshi, Ichan—qal`a va Dishan—qal`a kutvoli 
(komendanta) zimmasida bo`lgan. 
Qo`qon xonligida harbiy ishlarga asosan mingboshi, bekliklardagi sarbozlarga beklar 
qo`mondonlik kilardilar. Urush boraetgan davrlarda ham eng tajribali mingboshini amiri 
lashkar (oliy bosh qo`mondon) k,ilib tayinlar, uning xuquq va vakolatlari yanada oshirilar edi. 
Diniy atamalarga to`xtaladigan bo`lsak, Buxoro amirligi hayotida qozikalon alohida 
ahamiyatga molik bo`lganligiga duch kelamiz. Qozi— shar`if, xaqam, xuquqiy ishlarni xal etib, 
vasiylikka, vasiyatning bajarilishiga, meros taqsimotiga doyr ishlarni amalga oshirgan. 
Vaqfni ham qozi nazorat qilgan. Qozi hukmi qat`iy bo`lib, uning yuzasidan amirgagina shikoyat 
qilish mumkin bo`lgan. 
Qozi-ul-kuzzot —qozikalon o`rinbosari bo`lgan. 


50 
Amirlikda ilohiyot ilmida erishgan yutuklari uchun maxsus 3 ta ilmiy unvon belgilangan. 
Ularning oliysi o`rok, keyingisi sudur va oxirgisi sadr deb atalgan. 
Qo`qon xonligida diniy mansablarning eng oliysi shayxulislom bo`lib, uni 1818 yil 
Umarxon joriy etgan. Xoja—kalon fiqx olimining faxriy unvoni. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling