Protektoriat (lot. Protector dan — himoyachi, homiylik qiluvchi) — kuchli davlatning
kuchsiz davlat ustidan rasmiy homiylik qilish. Amalda Protektoriat imperialistik davlatlar
tomonidan iqtisodiy va giyosiy jixatdan kuchsiz mamlakatlarga majburan qabul qildirilar edi.
Protektoriat ko`pincha Protektoriat o`rnatilgan davlat hududining okkupatsiya qilish bilan
birga amalga oshirilar edi. Protektoriat qaram mamlakatning to`la bosib olish va uziga qo`shib
olishda ayrim hollarda faqat o`tish formasi bo`lardi, holos. Xalqaro munosabatlar tarixida
Protektoriat ko`pincha bir tomonlama akt o`rnatilar edi. Buyuk Britaniya 1914 yilda Misr ustidan
Protektoriat o`rnatdi, aslida esa uni 1882 yilda bosib olgan edi. 1939 yilda gitlerchilar
Germaniyasi CHexiya va Moraviya ustidan Protektoriat o`rnatdi, aslida esa ular fashist
agressorlarini qurboni bo`lgan edi,
Repatriatsiya (lot. Repatriate — vatanga kaytish) — urush yoki emigratsiya natijasida o`z
mamlakatidan tashqarida qolgan harbiy asirlarni va grajdan shaxslarni vataniga qaytarish.
Repressalii (lot. Reprehendere — to`xtatib turish, to`xtatish, tanbeh berish) — xalqaro
munosabatlarda biror davlat tomonidan o`zining xuquqlarini boshqa davlat buzganligiga
javoban, ana shu davlatni o`zi qabul qilgan tadbirlarni bekor qilishga majbur qilish maqsadida
qilingan tadbir yoki harakat.
Ratifikatsiya (lot. Ratus — tasdiklangan va fasere dan qilmok) — ahdlashuvchi
davlatlarning muxtor vakillari tomonidan tuzilgan xalqaro shartnoma yoki bitimning olib davlat
hokimiyati organlari tomonidan tasdiklanishi. Ratifikatsiya shartnomaga yuridik kuch beradi.
Prolongatsiya (fr. Prolongation, lot, Prolongare — chuzish, uzaytirish) – biron shartnoma,
bitimning amal qilish muddatini cho`zish.
Denonsatsiya (fr Denoncer — e`lon k,ilish, bekor kilmok) — denonsatsiya qilish — bir
davlat tomonidan ikkinchi davlatga o`zlari o`rtasida tuzilgan shartnoma yoki bitimning bekor
qilinganligi to`g’risida xabar qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |