Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati Reja


Download 210.27 Kb.
bet7/15
Sana28.01.2023
Hajmi210.27 Kb.
#1136724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari s

Titan dioksidi TiO2- suvda va suyultirilgan kisotalarda erimaydigan oq kristall modda. Kislota va ishqorlik xossalari kuchsiz namoyon bo’luvchi amfoter oksiddir. Tabiatda rutil, anataz va brukit nomida uch modifikatsiyada uchraydi. Titan belilalar, emallar, shisha, glazur, tuldirgich va pigment tayerlashda keng kullaniladi.
Sirkoniy dioksid ZgO2 - kimyoviy reagentlar ta’siriga berilmaydigan va termik kengayish koeffitsienti o’ta kichik bo’lgan birikma. Keramika va o’tga chidamli buyumlar, emallar, maxsus shisha, glazur, lazer materiallari" va qimmmatbaxo toshlar—fianitlar olishda qo’llaniladi. Qattiq holdagi elektrolit va pezoelektrik sifatida ishlatiladi.
Gafniy dioksid HfO2 – 2780 0C da eruvchan va 5400 0C da qaynaydigan birikma. HF va H2SO4 da eriydi. Yadro reaktor- larida boshqaruvchi sterjen, ximoya ekranlari, maxsus shisha va o’tga chidamli buyumlar tayyorlashda qo’llaniladi.
Sirkoniy gidroksidlari kristall yoki gelsimon moddalar bo’lib, o’zgaruvchan tarkibga ega: ZrOn(OH)4-2n . xH2O bu erda: n = 0 ÷ 4
Bular ZrO2 va toza sirkoniy olishda xomashyo sifatida ishlatiladi.
Metatitanat kislota H2TiO3 va ortotitanat kislota H4TiO4 tuzlari titanatlar deb nomlanadi. Ishqoriy metallar titanatlari 800—1000°C da eriydi, suvda gidrolizlanadi. Ikki valentli elementlar titanatlari yanada qiyinroq eriy­di, suvda erimaydi va faqat konsentrlangan kislotalardagina parchalanadi.
Titan, sirkoniy va gafniy galogenidlarida +2, +3 va +4 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. MeG4 holatda barqaror bo’ladi. Bigalogenidlari beqaror bo’lib, qaytaruvchi xususiyatiga ega. Galogenidlar tutun shashkalari Sigler-Natta katalizatorlari komponenti, maxsus shishalar tayyorlashda va payvandlash ishlarida flyus sifatida qo’llaniladi.

6. V guruh elementlari. Bu elеmеntlar atomlari xossalarining umumiy tavsifi. Vanadiy, niobiy, tantal. Tabiiy birikmalari, olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari. Vanadiy, niobiy va tantalning xossalari va birikmalari, qo‘llanilishi. Bu gruppachaga beshinchi gruppaning qo’shimcha gruppasi elementlari bo’lgan vanadiy (Vanadium) V, niobiy (Niobium) Nb va tantal (Tantalum) Ta kiradi. Atomlarining tashqi elektron qavatlarida ikkita yoki bitta elektron saqlagan xolda ular asosiy gruppacha elementlaridan metallik xossalarining yuqoriligi hamda vodorodli birikmalarining yuqligi bilan farqlanadi.


Vanadiy gruppachasi elementlari o’z birikmalarida ko’pincha +5 oksidlanish darajasini namoyon kiladi. Tabiatda bu elementlar - patronit VS2, karnotit K2(UO2)2 (VO4)2 • ZH2O, roskoelit KJ2(A1Si3O10)(OH)2, kolumbit - tantalit (Ca, Na)(Nb, Ta)2O6, proxlor (Fe, Mn)(NbTa)2O6, loparit (Na, Ge, Co)2(Ti, Nb, Ta)O4 va mikrolit (Na, Ca)2 (TaTi)2O6(F, OH) kabi minerallar tarkibidd uchraydi.
Vanadiy shu element bulgan shakllardan, niobiy va tantal oksidlarini uglerod bilan qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi. Erkin holdagi vanadiy, niobiy va tantal kimyoviy reagentlar ta’siriga unchalik berilmaydi. Ularning erish temperaturalari yuqoriligi sababli qiyin eruvchan metallar xisoblanadi.

Download 210.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling