Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati Reja
Download 210.27 Kb.
|
Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari s
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI guruh elementlari.
Niobiy va tantal. Niobiyning atom raqami 41, atom massasi 92,9064. Uning yagona tabiiy 93Nb izotopi ma’lum. Niobiy Erqobig’idamassasi buyicha 2 • 10-3 % ni tashkil etadi. Tantalning atom raqami 73, atom massasi 180,948. Tabiatda ikkita izotopi bor - birinchisi 180Ta barqaror va ikkinchisi 181Ta radioaktiv. Keyingi izotopning yarim emirilish davri 1012 yildan ortiqroqdir.
Tantalning Er qobig’idagi massa buyicha miqdori 2 • 10-4 % ni tashkil qiladi. Niobiy 1801 yilda Ch. Xatchet, tantal esa bir yildan keyin A. G. Ekeberg tomonidan ochilgan. Ammo toza niobiy 1903 yilda, toza tantal esa 1907 yilda olingan. Bu elementlar tabiatda kolumbittantalit gruppasidagi (Fe, Mn) (Nb, Ta)2O6 -piroxlor, (Ca, Na) (Nb, Ta)O6 • (OH, R) - loparit (Na, Ge, Sa)2 (T1, Nb, Ta)O3 minerallar tarkibida uchraydi. Niobiy va tantal oksidlarini yuqori temperaturada qaytarish yoki elektroliz qilish yuli bilan olinadi. Bunda metallarning kompleks ftoridlaridan xomashyo sifatida foydalanish mumkin. Niobiy bilan tantalning xossalari vanadiyga o’xshaydi. Niobiy va tantalning atom va ion radiuslarini bir xilligi ularning xossalaridagi o’zaro o’xshashlikdan darak beradi. Bu har ikkala element kulrang plastik metall bo’lib, yuqori temperaturada suyuqlanadi. Mexanik xossalari ularning tozaligi bilan bog’liq. Vodorod, azot va kislorod kabi aralashmalar bu metallarning mo’rtligini oshiradi. Niobiy bilan tantal agressiv muhit ta’siriga berilmaydi. Ularga HCI, H2SO4, HCIO4 va "zar suvi" ta’sir qilmaydi. Metallar yuzasida hosil bo’luvchi o’ta pishiq va kimyoviy mustaxkam yupqa oksid plyonkalari ularni himoya qiladi. SHu sababdan shu oksid plyonka Ta2O5 bilan reaksiyaga kirisha oluvchi yoki uning orasidan o’ta oluvchi birikmalargina tantalga ta’sir ko’rsata oladi. Bunday reagentlarga ftor bilan vodorod ftoridlar kirishadi. Niobiy va tantalning oksidlanganlik darajasi asosan +5 ga teng, ba’zan +1 dan +4 gacha boradi. har ikkala element yuqori temperaturada kislorod, azot, uglerod va galoidlar bilan reaksiyaga kirishadi. Niobiy va tantalning yuqori oksiddari Nb2O5 va Ta2O5 kislota tabiatiga ega. Ishqorlar bilan qizdirilganda niobat va tantalatlar hosil bo’ladi. Ushbu oksidlar suvda erimaydi. Ular kotishmalar tayyorlashda yarim xomashyo, o’tga chidamli buyumlar, kermetlar, IK-nurlarini o’tkazmaydigan yuqori sindirish koeffitsientiga ega bo’lgan shishalar komponenti sifatida ko’llaniladi. Niobiy va tantal galoidlari ularning oksidlariga SOCI2, SCI4 va S2CI2 lar ta’sir ettirib olinadi. Olingan galoidlar qisman gidrolizlanganda oksigaloidlar hosil bo’ladi masalan, Galoidli birikmalari - NbJ5, NbCI5, TaCI5, TaF5 va qator kompleks birikmalari — Na[NbF6], K2[NbF7], Kr2[NbOF5] • H2O, Na[TaF6], K2[TaF7], Na3[TaF8] ma’lum. Bular metallarni qoplashda va toza metallar olishda ishlatiladi. Niobiy va tantalning NbS2, NbS4, NbN, NbC, NbSi2, NbGe, NbGa, TaS2, TaCI2, TaB2, TaC, TaH va boshqa birikmalari ma’lum. Bular yuqori issiqlik ta’siriga chidamli qotishmalar, o’ta sezuvchan barometrlar tayyorlashda, televizor naylari, uzatuvchi nishonlarini ishlab chiqarishda va boshqa soxalarda qo’llaniladi. Niobiy va tantal hamda ularning birikmalaridan elektrotexnikada, mashinasozlikda, yadro energetikasida, yuqori temperaturali pechlarda, sun’iy tolalar sanoatida va tibbiyotda foydalaniladi. 7. VI guruh elementlari. Xrom, uning tabiiy birikmalari, fizikaviy va kimyoviy xossalari. Xrom (II, III) birikmalari: oksidlari, gidroksidlarining kislota-asos xossalari, tuzlari. Ularning olinishi va kimyoviy xossalari. Xrom (III) ning komplеks birikmalari. Xrom (VI) oksidi va xromat kislotalari, ularning olinishi, xossalari, tuzlari. Xrom qotishmalari va birikmalarining ishlatilishi. Molibdеn va volfram.Tabiiy birikmalardan molibdеn va volfram olinishi. Molibdеn, volfram va ular kotishmalarining xossalari, O‘zbеkistonda ishlab chiqarilishi. Molibdat va volframat kislotalar va ularning tuzlari. Xrom gruppasi D. I. Mendeleev davriy sistemasining oltinchi qo’shimcha gruppachasiga joylashgan bo’lib, xrom Cr, molibden Mo va volfram W ni o’z ichiga oladi. Bular d-elementlar oilasiga kiradi.Bu elementlarning Cr-Mo-W qatorda chapdan o’ngga o’tgan sari ionlanish energiyasi, atom va ion radiuslari ortib boradi. Gruppacha elementlarining oksidlanish darajalari Cr dan +6 gacha o’zgaradi. Xromning oksidlanish darajasi +3, +6 bo’lgan birikmalari, molibden va volframda esa +6 oksidlanish darajasiga ega bo’lgan birikmalari barq.aror moddalardir. Xrom, molibden, volframning koordinatsion sonlari 6 va 4 ga teng. Bu sonlar molibden va volframda 8 gacha etadi. Ko’pgina d-elementlariga o’xshab Sg, Mo, W past oksidlanish darajasiga ega bo’lganda kation kompleks birikmalar, yuqrri bo’lganda esa anion kompleks birikmalar xosil k.ilish xususiyatiga ega. SHuning uchun oksidlanish darajasi ortishi bilan ularning birik-malarini kislotali xossalari kuchaya boradi. Download 210.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling