Tabiatda uchrashi. Cr, Mo, W tabiatda, asosan Fe(CrO2)2 — xromit, Pb(CrO4)2 - xromat, MoS2 - molibdenit, Pb(MoO4)2 — molibdat, CaWO4 — sheelit va (Fe, Mn)WO4 — volframit minerallari xolida uchraydi. Xromni to’rtta, molibdenni ikkita, volframni beshta tabiiy izotopi ma’lum.
Olinishi. Tarkibida xromitlar bo’lgan rudalarni qaytarib olinadi:
Fe(CrO2)2 +4SO -» Fe + 2Cr + 4 SO2
Xrom tuzlarining konsentrlangan eritmalari elektroliz k.ilinganda katodda toza xrom ajratib olinadi. Cr2O3 ni vodorod atmosferasida alyuminiy bilan k.aytarib xrom olish mumkin:
Cr2O3 + 2A1 2Cr+A12O3
Xrom galogenidlarini (CrJ2, CrJ3) chuglatilgan xrom simi ishtirokida xaydash usuli bilan ham olinadi. Tarkibida molibden bo’lgan rudalar boyitiladi. Xosil qilingan konsentrat tarkibida 40 - 50% molibden bo’ladi. Konsentratlar kislorod ishtirokida oksidlanadi, natijada MoO3 hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan MoO3 ruda bilan aralashgan bo’ladi. Bu aralashmani ammiakli suvda eritib, (NH4)2 MoO4 hosil qilinadi. Hosil bo’lgan (NH4)2 MoO4 ni termik parchalab, toza MoO3 ajratib olib, vodorod bilan qaytariladi. Hosil bo’lgan Mo kukun xolda bo’ladi, uni yuqori temperaturada suyuqlantirilib metallga aylantiriladi. Volfram olish uchun boyitilgan volfram rudasi soda bilan aralashtirilib, yuqori temperaturada suyuqlantiriladi, natijada hosil bo’lgan NaWO4 cho’ktiriladi. Chukma ajratib olingach, kislotada eritiladi va H2WO4 xosil qilinadi. Hosil bo’lgan volframat kislota termik parchalanadi:
H2WO4 WO3 + H2O
So’ngra WO3 ga chug’latilgan kumir ishtirokida yoki vodorod oqimida qaytarib volfram ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |