Dda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Fermer xo‘jaligini tashkil etish tartibi


Download 61.71 Kb.
bet3/18
Sana18.06.2023
Hajmi61.71 Kb.
#1570417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
fermer xo`jaligi

6-modda. Fermer xo‘jaligini tashkil etish tartibi
Fermer xo‘jaligi shu xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi, u fermer xo‘jaligiga tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.
Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Fermer xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
(7-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Fermer xo‘jaligi bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘lishga haqli.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xo‘jaligining namunaviy ustavi”ning 2-bandi,Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
Fermer xo‘jaligi tashkil etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilgan yoki xo‘jalikning ustavi qonunga muvofiq bo‘lmagan taqdirda fermer xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish rad etilishi mumkin.
Davlat ro‘yxatiga olish rad etilganligi, shuningdek ro‘yxatga olish muddatlarining buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Download 61.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling