“Defektologiya” yo'nalishi 11-guruh tinglovchisi Tosheva Nasiba Chinpo'latovnaning Sigmatizm –turlari va bartatraf etish metodikasi


I.BOB Dislaliya nima ,nutq kamchiliklari va ularning turlari


Download 487.32 Kb.
bet2/6
Sana09.02.2023
Hajmi487.32 Kb.
#1183006
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nasiba Tosheva slayd

I.BOB Dislaliya nima ,nutq kamchiliklari va ularning turlari
1.1 Dislaliya turlari, kelib chiqish sabablari
Dislaliya termini grekcha so’ zdan olingan bo’ lib, dis , buzilish, lalia , nutq degan ma’ noni anglatadi.
Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko’ p tarqalgan kamchilikdir..
O’ zbekistonda M. Ayupova ma’ lumotiga ko’ ra 5 yoshli bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar 41,5%, 6 yoshli bolalarda esa 22,9% ni tashkil etadi.
M. Ayupova ma’ lumoti bo’ yicha 5 yoshli bolalarda sirg’ aluvchi (s, z) 32,1%, shovqinlilar (sh, j) 38,4%, «r» tovushi talaffuzida 60,7%, til orqa tovushlari 25%, chuqur til orqa tovushlari (q, g’ ) 7,1, «l» tovushi 5,4% tashkil etgan.
1. Hozirgi vaqtda dislaliya nutq apparat inervatsiyasi saqlangan va eshitish normada bo’ lganda tovushlar talaffuzidagi kamchilik deb talqin etiladi.
Etiologik1 belgilarga ko’ ra dislaliya ikki shaklga bo’ linadi: mexanik (organik) va funksional dislaliya.
Buzilgan tovushlarning soniga qarab dislaliya yana oddiy va murakkab turlarga bo’linadi. Agarda to’rtta tovush talaffuzida kamchilik bo’lsa, oddiy dislaliya, agar beshta va undan ortiq tovush talaffuzida kamchilik bo’lsa, bu , murakkab dislaliya deb ataladi.
Agar bir fonetik gruppaga kiruvchi tovushlar talaffuzida kamchiliklar bo’lsa (masalan, sirg’aluvchi s, z, j) bu-monomorf dislaliya. Agar u ikki va undan ortiq artikulyatsiya guruhiga tegishli bo’lsa (masalan, rotatsizm, sigmatizm va lambdatsizm), bu , polimorf dislaliya bo’ladi.
Talaffuzidagi kamchiliklar o’z xarakteriga, ma’lum tovushlar gruppasiga tegishli bo’lishiga ko’ra dislaliya quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Sigmatizm (grekcha «sigma» «s» harfining nomini bildiradi). Bunda sirg’aluvchi (s, z) va shovqinli (sh, j, ch) tovushlar talaffuzida kamchiliklar qo`zatiladi. Sirg’aluvchi va shovqinli tovushlarning boshqa tovushlarga almash­ti­rilishi parasigmatizm deb yuritiladi. Masalan, soat , «toat», jo’ja , «ho’da», choynak , «toynak».
2. Rotatsizm (grekcha «ro» harfi nomidan olingan bo’lib, «r» tovushni bildiradi) , r tovushning talaffuzidagi kam­chi­liklardir. R tovushini boshqa tovushlar bilan almashtirilishi pararotatsizm deb yuritiladi. Masalan, raketa , «yaketa», rom , «lom», ruchka , «yuchka».
    • Sigmatizm turlari va kelib chiqish sabablari

    • S, Z tovushlari. Bu tovushlar sirg’ aluvchi tovushlar gruppasiga kiradi. Ularning talaffuzidagi kamchiliklarni to’ g’ rilash, yuqorida qayd etilganidek, bolada bu tovushlarni eshitib, ularni bir-biridan farqlash malakalarini rivojlantirishdan boshlanadi. So’ ngra artikulyatsion mashqlar o’ tkaziladi. Keyin esa shu tovushlarning to’ g’ ri artikulyatsiyasi o’ rgatiladi. S tovushining talaffuzida artikulyatsion apparat quyidagi holatda bo’ ladi talaffuz vaqtida lablar iljaygansimon ochiq;
      pastki va ustki tishlar esa bir-biriga tegar-tegmas darajada yaqin holatda
      bo’ ladi; tilning uchi yoyilib, yuqori milkka tegar-tegmas holatda bo’ ladi,
      ya’ ni tilning sathi bilan qattiq tanglay orasidagi masofa torayib boradi, yumshoq tanglay esa biroz ko’ tariladi.
      Havo okimi til va yuqori milkdan sirg’ alib chiqadi.
      Z tovushining talaffuzi s tovushi artiqo`lyatsion holatiga o’ xshashdir, faqat unga ovoz qo’ shiladi.


Download 487.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling