Ishlab chiqarish sanitariyasi.
Ishlab chiqarishdagi asosiy salbiy sanitariya-gigiyenik omillar va ularning inson tanasiga ta’siri;
Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishchilarga zararli ishlab chiqarish omilarini ta’sirini oldini oluvchi vositalar, sanitarik-texnik gigienik va tashkiliy tadbirlar tizimidir.
Ishlab chiqarish sanitariyasining vazifasi – ishlab chiqarishda zararli omillarning ruxsat etilgan darajasi asosida sog‘lom va xavfsiz mexnat sharoitini yaratishdan iboratdir.
Qurilish me’yorlariga asosan, bitta ishchiga eng kamida 15 m3 hajmda, 4,5 m2 yuzaga teng bo‘lgan xona to‘g‘ri kelgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarining polidan shipigacha bo‘lgan balandlik 3,2 m, transport-omborxona xo‘jaligining balandligi 3,0-3,2 m va odam yuradigan yo‘lak kengligi 0,3-1,5 m bo‘lishi shart.
Kasb kasalliklari va zaharlanishning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va mehnat sharoitlarini yaxshilash choralari;
Kasb kasalliklari — yomon mehnat sharoitlari va kasbga aloqador zararlarning organizmga ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan kasalliklar. Kasb kasalliklarining kechishi unga sabab bo‘lgan zararli omillarning o‘ziga xosligi, kuchi, davomiyligi va ularning birgalikdagi ta’siriga bog‘liq. Kasb kasalliklarining fizik (kasbga aloqador karlik, vibratsiya kasalligi, nur kasalligi, kesson kasalligi, balandlik kasalligi va b.), biologik (infeksion va parazitar kasalliklar: brusellyoz, kuydirgi) va kimyoviy omillar ta’sirida (zaharlanish), ba’zi changlar uzoq vaqt nafasga olinganda (pnevmokonioz, bronxit va b.), shuningdek, jismoniy zo‘riqqanda yoki shikastlanganda (nevrit, bursit) vujudga keladigan turlari farq qilinadi. Kasb kasalliklarining kelib chiqishiga organizmning o‘ta toliqishi va kasallikka qarshi kurasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab bo‘ladi.
Kasb kasalliklari profilaktikasida ishlab chiqarish jarayonlarining modernizatsiyasi, avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish, distansion boshqaruv va robot texnikasidan foydalanish, zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishni cheklash, chang miqdorini, fizik omillar darajasini kamaytirishga yo‘naltirilgan texnologik chora tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishda mahalliy va umumiy havo almashtiruvchi ventilyatsiyani qo‘llash, xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, maishiy xonalar, ovqatlanish va dam olish uchun sharoitlar yaratish, mehnat rejimini to‘g‘ri tashkil etish kasbiy va umumiy kasalliklarning oldini olishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Kasb kasalliklari profilaktikasining eng samarali yo‘nalishlaridan biri ishchi va xizmatchilarni profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |