Dehqonobod kaliy zavodi
Download 332.49 Kb.
|
ДКЗ АЖ Кириш йўл йўриги сценарийси lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr tokining insonga xavfli, xavfsiz va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan kuchi
Elektr xavfsizligi:
Elektr tokining inson tanasiga ta’siri; Elektr toki urishi darajasiga ta’sir qiluvchi omillar; Elektr shikastlanishining oldini olish choralari. Boshqa xavfli muhitlardan farqli o‘laroq, elektr toki rangsiz, hidsiz va ko‘zga ko‘rinmasdir. Elektr toki inson organizmiga quyidagi: termik, elektrolitik, biologik ta’sir ko‘rsatadi. Ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz. Termik ta’sir badan qismlarining kuyib qolishi, tomirlar va asab tolalarining qizib ketishiga sabab bo‘ladi. Ta’sirning ushbu turi yana issiqlik ta’siri deb nomlanadi. Chunki elektr toki ta’siridagi issiqlik energiyasi terida kuyishlarni hosil qiladi. Elektrolitik ta’sir inson organizmidagi qon va boshqa suyuqlik, elektroliz jarayoni oqibatida, parchalanishiga va buning oqibatida ushbu suyuqliklarning fizikaviy-kimyoviy tarkibi o‘zgarishiga olib keladi. Shikastlanishlarning pirovard natijasi molekular darajada - qonning quyilishiga, oqsil moddalarning zaryadi o‘zgarishiga hamda organizmda bug‘-gaz hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Elektr tokining organizmga biologik ta’siri inson organlarining bezovta bo‘lishi va yallig‘lanishi bilan birga kuzatiladi. Bu esa tomir tortishishi, tirishishlarni paydo qiladi. Bunday hollarda yurak va o‘pkaga bo‘lgan ta’sir yurak va nafas olish organlarining faoliyati to‘xtashi sababli o‘lim oqibatiga olib kelishi mumkin. Biologik ta’sir inson organlarining mexanik shikastlanishlarini paydo qiladi. Shuningdek elektr toki ta’siridagi mexanik shikastlanishlar odamni tepada yiqilib tushishiga sabab bo‘lishi mumkin. Elektr tokining insonga xavfli, xavfsiz va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan kuchi Elektr tokining qandaydir kattaligini inson uchun xavfsiz deb hisoblab bo‘lmaydi. Elektr tokini ko‘proq yoki kamroq xavfli kattaligi bo‘ladi. Har bir inson ichki qarshilikka ega bo‘lib, uning kattaligiga bir nechta omillar (terining qalinligi, xonaning va odam badanining namligi, tokning oqib o‘tish yo‘li) ta’sir etadi. Tokning oyoq-bosh, qo‘l-bosh yo‘nalishi bo‘yicha oqib o‘tishi eng xavfli bo‘lib hisoblanadi, chunki bu yo‘l yurak, miya, nafas olish organlari orqali o‘tadi. Tokning yuqori kattalikda bo‘lishi, yurak va nafas olish organi faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Aynan shu sabablar elektr toki urishida o‘limga olib kelish ehtimolini oshiradi. 500V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok tarmoqlaridagi tokka nisbatan, o‘zgarmas tokning xavfi kamroq deb hisoblanadi. Lekin 500 voltdan yuqori kuchlanishda o‘zgarmas tokning xavfi ortib boradi. Tarmoqning chastotasi elektr jarohatlanishning og‘irligi darajasiga bevosita ta’sir etadi. 50 Gs.ga teng sanoat chastotasi 500 Gs.li chastotaga nisbatan xavfi ko‘proq deb hisoblanadi. Yuqori chastotada “Skin-effekt” deb ataluvchi holatni kuzatish mumkin, unda tok butun o‘tkazgich bo‘ylab emas, balki faqat uning sirti bo‘yicha o‘tadi. Va demak, ichki organlarga bevosita ta’sir o‘tkazilmaydi. Shuningdek, elektr tokining insonga ta’siri xavfining darajasi, odamning tok ta’siri ostida bo‘lgan vaqtining davomiyligi bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bunda ta’sir chiziqli – ya’ni ta’sir ostidagi vaqt ko‘proq bo‘lgani sayin jarohatlanishlar va salbiy ta’sirlar shunchalik ko‘proq bo‘ladi. Download 332.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling