Dehqonobod kaliy zavodi


Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam


Download 332.49 Kb.
bet24/26
Sana19.06.2023
Hajmi332.49 Kb.
#1621945
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
ДКЗ АЖ Кириш йўл йўриги сценарийси lotin

Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam.
Birinchi tibbiy yordam – bu, shikastlanuvchi hayoti va sog‘ligini tiklash yoki saqlash uchun yo‘naltirilgan, tibbiy xodim bo‘lmagan ishlovchilar (o‘zaro yordamni) yoki shikastlanuvchilar o‘zlari (o‘z- o‘ziga yordamni) amalga oshiradigan tadbirlar majmuidir. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy qoidalaridan biri uning zudligidadir, u qancha tez amalga oshirilsa, ijobiy natijalar shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun bunday yordamni o‘z vaqtida shikastlangan yonidagi kishi ko‘rsatishi lozim.
Baxtsiz hodisada shikastlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda muvaffaqiyat shartlaridan asosiylari: bosiqlik, topqirlik, chaqqonlik, o‘zi- o‘ziga yordamni yoki o‘zaro yordamni bilish va uddalash hisoblanadi.
Korxonalarning har bir ishlovchisi o‘z kasbiy vazifasini bajargandek yordam ko‘rsatishni ham yuqori malaka bilan bajara olishi lozim.
Yordam ko‘rsatuvchi quyidagalarni bilishi lozim:
-qon aylanish to‘xtaganda bosh miya zararlanadi, tomirlarda oquvchi qonlar bilan keladigan kislorod bo‘lmasa uning yashovchanligi 3-5 minutni tashkil etadi. Shu sababli shikastlanuvchini tiriltirish, tadbirlarini zudlik bilan qo‘llash;
-inson organizmi hayotiy muhim funksiyalari buzilishining asosiy belgilarini:
-birinchi yordam ko‘rsatish va uning usullarini, shikastlanuvchining jarohatlanish turiga qarab, qo‘llashning umumiy tarzlarini;
-shikastlanuvchini ko‘chirish va evakuvatsiya qilishning asosiy usullarini;
Yordam ko‘rsatuvchi quyidagilarni uddalay olishi lozim:
-shikastlangan kishi holatini baholashni va uning birinchi navbatda qanday yordamga muhtojligini aniqlashni;
-yuqori nafas yo‘llarining bemalol havo o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashni;
-sun’iy “og‘izdan-og‘izga” (og‘izdan burunga) nafas oldirishni, yurakni yopiq (qo‘l bilan ko‘krakni bosib) massaj qilishni va bularning samaradorligini baholashni;
-qon ketishini jgut quyib, bog‘lash bilan tomirlarni barmoqlar bilan bosib vaqtincha to‘xtatishni;
-zararlangan (jarohatlangan, kuygan, sovuq urgan lat yegan) da bog‘lab quyishni;
suyak singanda, og‘ir lat yeganlarda, termik zararlanishlarda tananing jarohatlangan qismini immobiyzatsiyalash ya’ni qimirlamaydigan qilib bog‘lashni;
-issiq yoki quyosh urganda, cho‘kkanda, o‘tkir zaharlanganda, qusganda, hushsiz holatlarda yordam ko‘rsatishni;
-shikastlanuvchini ko‘chirish, yuklash va tashishda qo‘l osti vositalaridan foydalanishni;
-shikastlanuvchini tez yordam mashinasida yoki yo‘lovchi transportida olib borishning maqsadga muvofiqligini aniqlashni;
-birinchi yordam dori qutichasidan foydalanishni.
Birinchi yordam ko‘rsatish tartibi:
-organizmga jarohat yetkazuvchi, sog‘liqqa va shikastlanuvchi hayotiga xavf to‘g‘diruvchi omillar ta’sirini bartaraf qilish, elektr toki ta’siridan ozod qilish, zararlangan atmosferadan olib chiqish, yonayotgan kiyimini o‘chirish, suvdan chiqarib olish va shikastlangan kishining ahvolini aniqlash;
-shikast (travma) lar turi va og‘irligi darajasini va uni qutqazishga oid tadbirlar birin-ketinligini aniqlash;
-shikastlanuvchini qutqazishga doir tadbir (sun’iy nafas olishni tiklash, tashqi yurak massaj, singan joyni immobilizatsiyalash, bog‘lash va sh.k.) larni bajarish;
-tibbiy xodim kelguncha shikastlanuvchining asosiy hayotini yashash belgilarini saqlab turish;
-tez tibbiy yordam yoki hakimni chaqirish yoki bo‘lmasa yaqin davolash muassasasiga shikastlanuvchini yetkazish uchun chora- tadbirlar ko‘rish;

Download 332.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling