Dehqonobod kaliy zavodi


Ishlab chiqarish vibratsiyasi


Download 332.49 Kb.
bet12/26
Sana19.06.2023
Hajmi332.49 Kb.
#1621945
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
ДКЗ АЖ Кириш йўл йўриги сценарийси lotin

Ishlab chiqarish vibratsiyasi
Ishlab chiqarish vibratsiyasi mahalliy (muayyan joydagi) va umumiy bo‘lishi mumkin. Mahalliy vibratsiyani zarbli, zarbli-aylanuvchi qo‘l mashinalari hosil qiladi. Past chastotali umumiy vibratsiya umurtqa pog‘onalari oralig‘idagi disklarning va suyak to‘qimalarining shikastlanishiga, qorin bo‘shlig‘i organlarining siljishi, umurtqada degenerativ o‘zgarishlar paydo bo‘lishi va rivojlanishini keltirib chiqaradi. Mahalliy vibratsiya qo‘l tomirlari nervlarining kasallanishiga, teri sezgirligining pasayishiga va qo‘l panjalarida zaiflikka sabab bo‘lishi mumkin. Vibratsiyaning zararli ta’sirini oldini olishda texnik va tashkiliy-texnik tadbirlar yetakchi o‘rinda turadi. Vibratsiyaning zararli ta’siridan himoyalovchi shaxsiy himoya vositalariga maxsus qo‘lqop, oyoq kiyimi kiradi.
Mehnat jarayonining og‘irligi
Mehnat jarayonining og‘irligi – bu inson tanasining tayanch-harakatlanuvchi va asosiy funksional tizimlariga mehnat jarayonida tushadigan yuklama. Bu omil ishchining ish qobiliyatining pasayishiga va diqqatning susayishiga va buning oqibatida baxtsiz hodisa sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ushbu zararli omildan himoyalanish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ish vaqti ishchiga ortiqcha jismoniy yuklama tushishini oldini olish va dam olish soatlarini to‘g‘ri tashkil etish kerak.
Mehnat jarayonining tig‘izligi
Mehnat jarayonining tig‘izligi – ishchining asosan sezgi organlari va markaziy asab tizimiga tushuvchi yuklamani aks ettiruvchi mehnat jarayonining tavsifi. Ushbu zararli omil xam kasb kasalligi va baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin. Ushbu zararli omilni ta’sirini kamaytirish ishlarni manatonligini kamaytirish, mehnat va dam olishning ratsional rejimlarini ishlab chiqish va boshqa tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab qichish va ularni qo‘lllash orqaali amalga oshiriladi.
Dehqonobod kaliy zavodi” AJ uchun xos bo‘lgan xavfli omillar ro‘yxati va ulardan himoyalanish.


Download 332.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling