t/r
|
Xavfli omil
|
Xavfli omildan himoyalanish
|
|
Kuchlanish ostida bo‘lgan uskuna bilan aloqa
|
Elektr uskunalarida qo‘llaniladigan soz holdagi himoya vositalaridan foydalanish;
Elektr uskunalarning kuchlanish ostidagi qismlariga to‘satdan tegilib ketish ehtimolini oldini olish;
Elektr qurilmalarini zaminlash va boshqalar.
|
|
Harakatlanuvchi uskuna yoki uning harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari bilan aloqa
|
Uskunaning harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlariga imkon darajasida to‘siqlar o‘rnatish;
Uskunani ishga tushirish oldidan ovozli va yorug‘lik signallarini berish;
Harakatlanuvchi uskuna zonasini belgilash va belgilangan zonaga kirmaslik;
Uskunaning harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari yaqinida ushbu joy uchun ko‘zda tutilgan yakka tartibdagi himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va boshqalar.
|
|
Yuqori haroratli uskuna, buyum va materiallar shuningdek ochiq olovni qo‘llagan holda ishlovchi uskunalar bilan aloqa.
|
Olovbardosh yakka tartibdagi himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish;
Ochiq olovni qo‘llagan holda ishlovchi soz holdagi uskunalardan foydalanish.
|
|
Balandlikda bajariladigan ishlar
|
Xizmat ko‘rsatish maydonchalari bilan jihozlash;
Ishlarni faqatgina balandlikda ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan jihoz va moslamalarda bajarish;
Balandlikda ishlarni bajarish vaqtida saqlovchi kamar va himoya arqonlaridan foydalanish va boshqalar.
|
|
Temir yo‘l transporti, avtotransport vositalari yoki o‘ziyurar mashinalar harakatlanadigan hududlarda bo‘lish
|
Piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘lakchalardan harakatlanish;
Avtotransport vositalari yoki o‘ziyurar mashinalar tomonidan beriladigan signallarga e’tiborli bo‘lish;
Piyodalar yo‘lakchasi bo‘lmagan yo‘llarda harakatlanayotgan transport vositasiga qarama qarshi yo‘nalishda harakatlanish;
Temiryo‘llarni va avtomobil yo‘llarini belgilangan joylardan kesib o‘tish, temir yo‘l bo‘ylab harakatlanmaslik va boshqalar.
|
|
Yong‘inga va portlashga xavfli ob’ektlarda bo‘lish
|
Ochiq olovdan foydalanmaslik;
Chekmaslik;
Uchqun chiqarmaysdigan asbob va uskunalardan foydalanib ishlarni bajarish va boshqalar.
|
|
Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari xavfli hududi.
|
Yakka tartibda himoyalanish vosidalaridan foydalanish;
O‘rab olingan xavfli hudud ichiga kirmaslik va boshqalar.
|
|
Quduq va sig‘imlar ichida ishlarni bajarish
|
Quduq yoki sig‘im ichiga kirishdan oldin uning ichidagi havo konsentratsiyasi tarkibini tekshirish;
Yakka tartibda himoyalanish vosidalaridan foydalanish;
Quduq yoki sig‘im ichini tabiiy yoki sun’iy ravishda shamollatish va boshqalar.
|
|
Yovvoyi, vahshiy va nazoratsiz qoldirilgan, zaharli hayvonlar, hasharotlar va sudralib yuruvchilar
|
Korxona hududiga olib kirmaslik;
Ularni oziqlantirmaslik;
Qo‘lga o‘rgatishga urinmaslik va boshqalar.
|